O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat asoslarining barpo etilishi va xususiyatlari
Reja:
1. O`zbekiston Mustaqillikka erishishining shart-sharoitlari.
2. O`zbekiston o`zgarishlar davrida.
3. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
4. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.
5. Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o`tish.
6. O`zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
7. Ko`p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat.
8. Mustaqillik yillarida ma`naviy hayot.
9. Milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi.
10. Ta`lim to`g`risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
XX asrning oxirgi 20 yili insoniyat tarixida katta o`zgarishlar yuz bergan davrlardan biri bo`ldi. 1980 yillarda sobiq ittifoqda iqtisodiy krizis yetildi. 1981 yildan boshlab mamlakat iqtisodiga faqat noxush ko`rsatgichlar xos bo`ldi.
Afg`on urushi esa davlatning bu siz ham og`ir iqtisodiy va siyosiy ahvoliga qattiq zarba berdi. Butun bir sosialistik tizim chuqur islohotsiz yashashga noqobil ekanligini yaqqol ko`zga tashlandi va shunday islohot 1885 yil aprelda «qayta qurish» nomi bilan boshlandi. Ko`rinishidan yuzlab millatlarni porloq kelajak yo`lida birlashtirgan Ittifoq qayta qurishning birinchi zarbalaridanoq parcha-parcha bo`lib ketdi. Olma-ota, Boku, Tbilisi, Vilnyus shaharlarida bo`lib o`tgan voqealar SSSR ning millatparvarlik siyosatning shunchaki yuzaki ekanligini ko`rsatish bilan birga demokratik jarayonlarning tezlashishiga sabab bo`ldi.
Vatanimiz O`zbekiston ham ushbu voqealardan chetda qolgani yo`q. Asrlar davomida orzu qilingan, kurashib kelishgan mustaqillikka erishish uchun imkoniyat vujudga keldi.
Bu imkoniyatni qo`ldan boy bermaslik shart edi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi davlat tili to`g`risidagi qonunni qabul qildi. Ittifoqda esa «buyuk rus shovinizmi», qog`ozbozlik, byurokratik tartib, turli xil iqtisodiy va ijtimoy cheklovlar o`z natijalarini ko`rsatib mamlakat og`ir ahvolga kelib qoldi. SSSR hukumati inqirozdan chiqish yo`lini topa olmas, xalqning esa turmush darajasi xavfli darajada pasayib bormoqda edi. Xalq orasida ishonchsizlik kayfiyati vujudga kelib hukumatning obro`si tushib ketdi. O`zbekistonda esa ittifoqdan farqli iqtisodiga oid muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda edi. 1989 yil 25 noyabrda bo`lib o`tgan O`z.bekiston SSR Oliy Soveti sessiyasida «O`zbekiston SSRni iqtisodiy- ijtimoiy rivojlantirishning 1990 yilgi davlat rejasi to`g`risida»gi masalaning muhokama qilinishi ham shundan dalolat beradi.
Siyosiy sohada ham katta o`zgarishlar yuz bermoqda edi. 1990 yil 23 martda O`z KP MK Plenumida amaldagi hokimiyatni O`z KPdan xalq deputatlari sovetlariga berish, prezidentlik lavozimi va suverinitet masalalari ko`tarildi. 1990 yil 24 martdagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining sessiyasida vatanimiz tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta`sis etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Sessiyada yakdillik bilan I.A.Karimovning O`zbekiston SSR Prezidenti etib saylash to`g`risida qaror qabul qildi.
Bularning barchasi osonlik bilan kechgani yo`q, chunki Moskvaning qarshiligi juda kuchli edi. L.Levitin va D.S, Karlaynlar shunday eslaydilar:- 1990 yilning mart oyida u (Islom Karimov -muallif) o`sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo`lib, Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda yomon qabul qildi. Gorbachev ochiqdan-ochiq g`azablandi. Karimovdan qutilish uchun, uning o`zining (I.Karimovning -muallif ) gapiga qaraganda tazyiqning barcha yo`llaridan foydalanib ko`rishdi. Gorbachev uni o`taketgan amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va ho`rlangan O`zbekistonning obro`sini ko`tarish xaqida uylardi va bu kurashda Karimov o`zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yo`lboshchi sifatida g`olib chiqdi»( L.Levitin, S.Donald, Korlayn. Islom Karimov - yangi O`zbekiston Prezidenti. Toshkent. 1996 yil.). O`zbekiston tarixidagi asosiy voqealardan biri 1990 yil 20 iyunda sodir bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida «Mustaqillik deklarasiyasi» qabul qilindi.
Huquqli Respublika bo`lib qolishga rozimisiz?» - degan savol kiritilgan edi. Mustaqillik uchun ovoz beruvchilar soni 9.215.571 tani ya`ni umumiy saylovda qatnashganlarning 93,9 foizini tashqil etdi. Referendum natijalari Respublika rahbariyati va O`zbekiston xalqining birdamligini hamda tanlagan yo`limizning to`g`riligini oshkor etdi.
O`zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi 1991 yil 22 iyunda xalqning qo`llab -kuvvatlashiga tayangan holda Mustaqillik deklerasiyasiga asoslanib «O`zbekiston SSR hududida joylashgan ittifoqqa bo`ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashqilotlarini «O`zbekiston SSRning huquqiy tabeliga o`tkazish to`g`risida» qaror qabul qildi.
Iqtisodiy ahvol ittifoqda bo`lganidek juda og`ir edi. Aholining turmush tarzi pasayib ittifoqka nisbatan ishonch kun sayin susaydi. 1991 yil fevralda Toshkent Siyosatshunoslik va Boshqaruv Instituti Toshkent, Samarkand va Farg`ona shaharlarida 10 sanoat korxonasida 400 kishi bilan sosialogik so`rov o`tkazdi.
Natija shuni ko`rsatdiki, so`ralganlarning 67,8 foizi mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning yaxshilanishiga ishonmagan, 72 foizi odam hayotdan qoniqmayotganini, faqat 4,5 foiz kishi umumittifoq idoralariga ishonishini, 32,5 foiz ishchilar esa Respublika davlat idoralariga ishonch bilan qarashlarini bildirganlar. Shunday bir vaziyatda Ittifoqda ijtimoiy-siyosiy uch yo`nalishdagi kuchlar manfaatlari to`qnash keldi:
1) SSSR ni saqlab qolish, iqtisodiy rivojlanishning sosialistik yo`lidan voz kechmaslik, markazdan boshqaruv tarafdorlari bo`lgan - birinchi kuchlar ( platforma):
2) SSSRni tarqatib yuborish, suveren, mustaqil respublikalar ittifoqini tuzish, xususiylashtirish, umuman, sosialistik yo`ldan voz kechish tarafdori bo`lgan - Shatalin S. dasturi tarafdorlari:
3) SSSR ni saqlab qolish, murosa qilish, markazlashtirishdan voz kechmaslik, «Shokovaya terapiya» tarafdori bo`lgan - M. S. Gorbachev platformasi.
1991 yil 19 - 21 avgust kunlari Moskvada Favqulodda holat davlat komiteti ( GKCHP) tomonidan davlat to`ntarishiga urinish yuz berdi. G K CH P chilar noqonuniy ravishda aholining orzu umidlariga to`sqinlik qilish, respublikalar mustaqilligini bo`g`ish va ilgarigidek «qizil imperiya» ga qaytish maqsadida hokimiyatni qo`lga olmoqchi bo`ldilar. Demokratiya havosidan nafas olgan, eskilik sarqitiga qaytishni xohlamagan xalq demokratik kuchlar timsolida g`alaba kozondi. 1991 yil 19 avgust kuni Hindiston safaridan qaytish bilan prezident I.Karimov voqealarga nisbatan O`zbekiston nuqtai-nazarini bildirdi: «Markazda kim bo`lishidan qat`iy nazar, qonunga xilof ko`rsatmalar bajarish mumkin emas». O`zbekiston Prezidenti Farmoni bilan favqulotda holat davlat komitetining g`ayrikonstitusiyaviy huquqka qarshi qarorlari va boshqa ko`rsatmalari noqonuniy deb e`lon qilindi. Markaz va respublikalar o`rtasidagi munosabatlar yanada taranglashdi. Ahvol shunday ediki, faqatgina mustaqillik bilangina iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy krizisdan chiqish mumkin edi.
Shu maqsadni ko`zlab 1991 yil 31 avgustda chaqirilgan respublika Oliy Kengashi XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi o`z ishini boshladi. Sessiyadagi asosiy masala «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to`g`risida»gi qonun edi. Qonun moddami-modda muhokama qilindi. Unda Respublikaning suveren mustaqil davlat ekanligi, xalq hokimiyati, ma`muriy boshqaruvi, hokimiyatning uch tarmoqka bo`linishi, iqtisodiy asoslari, respublika fuqaroligi, davlat ramzlari, Qoraqalpog`iston bilan munosabati, tashqi siyosati xaqidagi masalalar o`z o`rnini topgan edi. O`zbekiston SSR O`zbekiston Respublikasi nomi bilan suveren mustaqil davlat deb e`lon qilindi. Mustaqillik belgilangan kun - 1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e`lon qilindi. 1991 yil 18 dekabrdagi mustaqillikni xalq tomonidan mustahkamlash maqsadida Oliy Kengash IX sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Referendumini o`tkazish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Ana shu narsalarni milliy mafkura belgilab beradi.
1. Mustaqillik g`oyasi, mafkurasining xalqimizga to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg`unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib Prezidentimiz I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki kunlarida, 1993 yil 6 may O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq XII sessiyasida "Oldimizda turgan eng asosiy masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir", -degan edi.
2. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni -xalq, millatni -millat qilishga xizmat etsin». (Prezident I.A.Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblaridan. 1998 yil).
- Siz mafkura deganda nimani tushunasiz? Jamiyat faoliyatida, xususan, O`zbekistonnning bugungi hayotida mafkura qanday o`rin tutadi?
Javob: Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy bo`shliq vujudga kelsa, o`sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi tayin. Buning isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan ko`plab misollar keltirish qiyin emas» (Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent: Sharq, 1999.B. 32).
Do'stlaringiz bilan baham: |