Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishi 322-guruh talabasi Koʻcharov Anvarning Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanidan tuzgan slaydi
XX asrning oxirgi 20 yili insoniyat tarixida katta o`zgarishlar yuz bergan davrlardan biri bo`ldi. 1980 yillarda sobiq ittifoqda iqtisodiy krizis yetildi. 1981 yildan boshlab mamlakat iqtisodiga faqat noxush ko`rsatgichlar xos bo`ldi.

Afg`on urushi esa davlatning bu siz ham og`ir iqtisodiy va siyosiy ahvoliga qattiq zarba berdi. Butun bir sosialistik tizim chuqur islohotsiz yashashga noqobil ekanligini yaqqol ko`zga tashlandi va shunday islohot 1885 yil aprelda «qayta qurish» nomi bilan boshlandi. Ko`rinishidan yuzlab millatlarni porloq kelajak yo`lida birlashtirgan Ittifoq qayta qurishning birinchi zarbalaridanoq parcha-parcha bo`lib ketdi. Olma-ota, Boku, Tbilisi, Vilnyus shaharlarida bo`lib o`tgan voqealar SSSR ning millatparvarlik siyosatning shunchaki yuzaki ekanligini ko`rsatish bilan birga demokratik jarayonlarning tezlashishiga sabab bo`ldi.
Vatanimiz O`zbekiston ham ushbu voqealardan chetda qolgani yo`q. Asrlar davomida orzu qilingan, kurashib kelishgan mustaqillikka erishish uchun imkoniyat vujudga keldi. Bu imkoniyatni qo`ldan boy bermaslik shart edi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi davlat tili to`g`risidagi qonunni qabul qildi. Davlat tili to`g`risidagi qonunning qabul qilinishi O`zbekistonning mustaqillik uchun qo`ygan ilk qadami edi. «Qizil imperiya» davrida yagona sovet xalqini shakllantirish orzusi o`zbek xalqining ma`naviyati, milliy urf-odatlari bilan birga tiliga ham katta ziyon yetkazdi.

I.Karimovning 1989 yil 20 sentabrdagi KPSS Markaziy Komiteti Plenumida «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o`zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo`yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz», deb ta`kidlashi O`zbekiston o`ziga mustaqillik yo`lini tanlaganini yana bir bor ko`rsatdi. Ittifoqda esa «buyuk rus shovinizmi», qog`ozbozlik, byurokratik tartib, turli xil iqtisodiy va ijtimoy cheklovlar o`z natijalarini ko`rsatib mamlakat og`ir ahvolga kelib qoldi. SSSR hukumati inqirozdan chiqish yo`lini topa olmas, xalqning esa turmush darajasi xavfli darajada pasayib bormoqda edi. Xalq orasida ishonchsizlik kayfiyati vujudga kelib hukumatning obro`si tushib ketdi.

O`zbekistonda esa ittifoqdan farqli iqtisodiga oid muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda edi. 1989 yil 25 noyabrda bo`lib o`tgan O`z.bekiston SSR Oliy Soveti sessiyasida «O`zbekiston SSRni iqtisodiy- ijtimoiy rivojlantirishning 1990 yilgi davlat rejasi to`g`risida»gi masalaning muhokama qilinishi ham shundan dalolat beradi. Siyosiy sohada ham katta o`zgarishlar yuz bermoqda edi. 1990 yil 23 martda O`z KP MK Plenumida amaldagi hokimiyatni O`z KPdan xalq deputatlari sovetlariga berish, prezidentlik lavozimi va suverinitet masalalari ko`tarildi. 1990 yil 24 martdagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining sessiyasida vatanimiz tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta`sis etish to`g`risida qaror qabul qilindi.