O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish



Download 20,71 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi20,71 Kb.
#49687
Bog'liq
Mustaqillikning o'rnatilishi


O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi.Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish.

Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jaxon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi. Darhaqiqat, Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir.


Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.

Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi. Istiqlolga erishgan xalqimiz jaxon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash imkoni tug’ildi. O’zbekistonda mustaqil sharoitda siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Mustaqil g’oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Saylov komissiyalari tashkil qilinib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar va referendum to’g’risidagi qonunning bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston fuqarolariga o’z xohishlarini erkin bildirish, Prezidentlikka nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29 dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizdan ko’prog’i o’z ovozini berdi.

Markaziy Saylov komissiyasi okrug komissiyalari bayonnomalarni ko’rib siqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A.Karimov birinchi O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi to’g’risida qaror qabul qilindi. I.A.Karimov 1991 yil 31 dekabrdan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. Ovoz berishda ro’yxatga olinganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Qatnashganlarning 98,2 foizi mustaqillikni qo’llab ovoz berishdi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish uchun boy tabiiy resurslar va keng imkoniyatlarga egadir. O’zbekistonda foydali qazilma boyliklarining 2.700 dan ortiqroq o’rni aniqlangan. Har yili Respublika hududidan 5 mlrd. dollardan ortiqroq qimmatdagi foydali yer osti boyliklari qazib olinmoqda. Respublika oltin zahirasi bo’yicha jahonda to’rtinchi, qazib chiqarish bo’yicha jaxonda 7-8 o’rindadir. Rangli metallar, fosforitlar, tabiiy gaz, neft, ko’mir va boshqalarning zahira manbalari aniqlangan.

O’zbekiston yeri juda ham hosildor bo’lib, bu yerda paxta, don, sabzavot va mevalardan yuqori hosil olish mumkin. Respublika energetikasi bugun 11 mln. kilovatt-quvvatdan ko’proq kuchga ega bo’lgan, 37 issiqlik va gidroelektrostansiyani o’z ichiga oladi. Transport yo’llari bo’yicha katta imkoniyatga ega. Respublikada sanoatning 100 dan ortiq sohasiga oid 2 ming atrofida zavod va fabrikalar ishlab turibdi. Mustaqil O’zbekiston moddiy boyliklar bilan birga katta ilmiy va ma’naviy imkoniyatlarga ham ega.

Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g’oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko’p o’tmay, iyun oyida Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslariniishlab chiqarish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashagn Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlariga Deklaratsiyasiga tayanadi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o’rganildi. Loyihaning dastlabki nusxasi 1991 yil noyabrida tayyorlanib, har tomonlama ko’rib chiqildi va 1992 yilning sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.

. 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo’limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti; xalq hokimiyati; fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish; shaxs va davlat birligini ta’minlash; qonuniylik; jamiyatni ajratish; mahalliy o’z o’zini boshqarish; sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya preambula, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi fuqarolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning strategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g’oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi barcha qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari huquqiy hujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi. Jaxon sivilizatsiyasida alohida o’rin tutadigan,ko’p asrlik boy tarixga ega O’zbekiston diyorida butun dunyoga nomi ketgan olimlar, davlat arboblari voyaga yetgan. Buyuk zotlarni buyuk xalq,buyuk el yaratadi.

Xalqimizning ko’p yillar davomida olib borgan kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko’r-ko’rona) ravishda emas, balki ilm-fan yutuqlariga, jahon taraqqiyotining, xususan, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga asoslangan g’oyalarga amal qilib ro’yobga chiqadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatchilik poydevori yaratildi, hokimiyatning yangicha, o’zimizga xos va mos bo’lgan ko’rinishlari paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlarining ko’rinishi quyidagicha: Qonun chiqaruvchi; Ijro etuvchi; Sud hokimiyati; Ommaviy axborot vositalari. O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi 1994 yildan Oliy Majlis deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yildan ikki palata: Senat va Qonunchilik palatasiga bo’lingan.



Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydi.

Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning «O’zbek modeli» ga (o’zbek yo’li) uning asoschisi va yo’lboshchisi I.A.Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bormoqda. 1996 yili Venada (Avstriya) «XX asr xalqlar dohiylari» nomida bosib chiqariladigan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob mualliflaridan biri, garvard Universitetining professori Donalьd S. Karlayl «…Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir» deb tan beradi.
Download 20,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish