Bozor munosabatlariga o‘tish va taraqqiyotning „o‘zbek modeli“
Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yagona va universal, ya’ni hamma mamlakatlar uchun yaroqli bo'lgan yo'li yo’q ekanini ta'kidlab o'tgan edik. Endi ana shu fikrni O'zbekiston misolida tasdiqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shuni aytib o'tish kerakkq bozor iqtisodiyotiga o'tishning ?archa mamlakatlar uchun umumiy bo'lgan jihatlari rnavjud. Bular Itiazkur tizimning mohiyati va asosiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Markazlashgan rejali iqtisodiyotga asoslangan sobiq Ittifoq parchalanib, 0‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, u hech ikkilanmay, bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanladi. Biroq, bozor iqtisodiyotiga „hamma dardning davosiu sifatida qarash yaramaydi. U keng, tekis va ravon yo‘l emas. Unga o‘tish hech qachon muayyan talafotlarsiz ro‘y bermaydi. Shuning uchun 0‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o'tishining asosiy g‘oya va tamoyillarini ishlab chiqdi. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan ushbu g‘oya va tamoyillar mamlakatimizni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishining yaxlit bir dasturini tashkil etadi.
Bu dasturning ibratli tomoni shundaki, u faqatgina butun mamlakatimizda yashab turgan fuqarolarning taqdirini o‘ylab tuzilgan emas, balki kelajak avlodlar taqdiriga ham bevosita aloqador bo'lib, ularga ozod va obod vatan qoldirishni nazarda tutadi. Rejali iqtisodiyot tizimi hukmronligi bilan bog‘liq bo'lgan illatlami tezroq bartaraf qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqarorva yuqori sur'atlar bilan rivojlanishini ta'minlash, pirovard natijada 0 ‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish dasturning bosh maqsadini tashkil etadi. Marnlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos va mos yo'li bugungi kunda jahonga Yurtboshimiz nomi bilan tanildi va bu yo‘l adolatli tarzda taraqqiyotning „o‘zbek modeli“ deb atalmoqda. Ushbu yo‘lni amalga oshirish mamlakat iqtisodiyotida tub islohotlar o‘tkazishni taqozo etadi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, islohotlar islohotlar uchun emas, balki odamlar uchun, ularning farovonligini oshirish uchun o‘tkaziladi. „Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo‘Iib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqining asosi bo‘lib xizmat qiladi“O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi I.A.Karimov tomonfdan ishlab chiqilgan quyidagi besh muhim tamoyilga tayanadi: ‘Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan to‘la xoli qilish va uni siyosatdan ustun turmog‘i.
Bu tamoyilga ko‘ra, iqtisodiyot va uni barqaror hamda yuqori sur'atlar bilan rivojlantirish davlat siyosatining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o'tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Buning ma'nosi shundan iboratki, davlat bu davrda butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Islohotlar jarayonining tashabbuskori rolini bajaradi. Uchinchidan, barcha ijtim oiy-iqtisodiy jabhalarda qonun ustuvorligini ta'minlash taqozo etiladi. Har qanday iqtisodiy tizimning amal qilishi va iqtisodiyotning /taraqqiyot darajasi ko‘p jihatdan mulkchilik shakllari va munosa- /^atlariga bog'liq. Iqtisodiy faoliyat erkinligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning turliligi va teng huquqliligi, ular o‘rtasidagi raqobat, tadbirkorlik tashabbuskorligi, o'zini o‘zi boshqarish va moliyalashtirish kabi bozor tamoyillarining mavjudligi haqida yuqorida fikr yuritgan edik.
Bozor iqtisodiyotining mazkur tamoyillari o‘z navbatida ularga mos keluvchi mulkchilik shakllari va munosabatlarini shakllantirishni talab qiladi. Shuning uchun mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar o‘tkazish dasturi, birinchi navbatda, mulkchilik munosabatlariga tub o'zgarishlar kiritishni nazarda tutgani tabiiy holdir. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda rejali iqtisodiyot tizimi davrida hukmron mavqega ega bolgan ijtimoiy mulk bir qator kamchiliklari tufayli o‘zini to‘la-to‘kis badnom qilib, iqtisodiy taraqqiyotning to‘sig‘iga aylangan edi. Buning sababi shundan iborat ediki, ijtimoiy mulk hukmron bo‘lgan sharoitda u xususiy mulkchilikning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, xususiy mulkchilik rivojlanmagan mamlakatda bozor iqtisodiyoti to'g'risida so‘z yuritishning o‘zi hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish, awalambor, xususiy mulkchilik shakllari va munosabatlari joriy etishni va shu maqsadda davlat mulkini xususiylashtirishni taqozo etadi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, iqtisodiy o‘zgarishlar va jamiyatning yangilanish jarayoni mamlakatda amal qiluvchi qonunlarga tayangan holda amalga oshiriladi. To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish aholining kam ta’- minlangan qismini moddiy qo'llab-quwatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan qo'shib olib boriladi. Davlat korxonalarini tanlov yoki kimoshdi savdolari (auksionlar) orqali xususiy shaxslar, xorijiy sarmoyadorlar va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarga va korxonalar aksiyalarini barcha xohlovchilarga sotish xususiylashtirishning eng rivojlangan usullari hisoblanadi. 0 ‘zbekiston o'zining davlat mustaqilligini qo'lga kiritib, bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutar ekan, uning oldida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, aniqrog‘i, uni xususiylashtirish kechiktirib bo'lmaydigan vazifaga aylandi. Shuning uchun xususiy mulk shakllari va munosabatlarini qaror toptirish mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning boshlang'ich nuqtasi sifatida belgilandi. Mustaqiilikning dastlabki 10 yili ichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga qaratilgan 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ulami amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan 1 mln. dan ortiq kvartiralaming 98 foizi fuqarolaming xususiy mulkiga aylantirildi, o'rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga va ijara korxonalariga aylantirildi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi.
Buning uchun davlat kishilarning islohotlarga ruhan tayyorlash va ulami ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli va ta'sirchan siyosat olib boradi. Beshinchidan, yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich, ya'ni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshiriladi. Bundan shu ma'no chiqadiki, birbosqich tamomlangandan keyingina va zamr shart-sharoitlar yaratilgandan so‘ng keyingi bosqichga o‘tiladi.
O‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra u quyidagi qoidalarga tayanadi: —ijtimoiy yohialtirilgan bozor iqtisodiyoti va huquqiy-demokratik jamiyatni barpo etish; —xalqning boy tarixiy tajribasi, mentaliteti va an'analari hamda islohotlarning u yoki bu bosqichdagi o'zgarishlarga tayyorgarlik darajasini hisobga olish; —bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan rivojlangan davlatlarning boy tajribasidan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda foydalanish. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o'tishning „o‘zbek modeli“ga binoan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish islohotlarning ustuvor yo'nalishi deb tanlandi. jtisodiy islohotlami amalga oshirishning dastlabki 10 yillik tajribasi snuni ko'rsatadiki, yangilanish va taraqqiyot dasturida belgilangan ko‘pgina ishlami amalga oshirishga muvaffaq bo'lindi. Qisqa vaqt ichida yaratilgan mustahkam huquqiy me'yorlar negizida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich kirib, barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishildi. fikrimizning dalili sifatida bir necha misollar va raqamlarni keltiramiz. 2000-yilda korxona va xo‘jaliklaming 88 foizini xususiy mulk, aksiyadorlikjamiyatlari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar va shirkat xo‘jaliklari tashkil etdi. Iqtisodiyotda band bo'lganlarning 76 foizi, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaruvchilarning 70 foizi, sanoat bo'yicha 65,4 foizi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchilaming www.ziyouz.com kutubxonasi 99 foizi nodavlat sektoriga to‘g‘ri keldi. 1997-yildan boshlab yalpi ichki mahsulotning 4—5 foizlik yillik o‘sishiga erishildi. Eng muhimi mamlakatimizning don va yoqilg'i mustaqilligiga erishildi. 'X' Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishini ta’minlovchi bank, moliya, soliq tizimlari, xomashyo birjalari, sug'urta, auditorlik, lizing kompaniyalari va bozor infratuzilmasini tashkil etuvchi boshqa yangi tizimlar vujudga keltirildi. „Tarixan qisqa vaqt ichida o‘tkazilgan agrar islohotlar, kichik va xususiy biznesni rivojlantirishda erishilgan yutuqlar, sanoatning avtomobilsozlik, mikrobiologiya, selluloza-qog‘oz, qand, farmatsevtika kabi tarmoqlarini yangidan yaratilgani—bular hammasi (taraqqiyotning „o‘zbek modeli" mevalaridir.
Xulosa
Fanni o‘rganishning dolzarbligi. Respublikamizdagi iqtisodiy, siyosiy va badiiy madaniyat tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun, uning turmushining barqaror bo‘lishi uchun katta imkoniyatlar tug‘diradi. Respublikamiz Prezidentimiz ko‘rsatib berganidek, «Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib sharoit yaratib berish borasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda»1. Bunday shartlardan biri – jamiyatdagi muammolarga ilmiy yondashishdir. Bu yondashuvda mazkur fan muhim o‘rin tutadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishida sharq olimlarining buyuk mutafakkirlarining o‘rni beqiyosdir. Yurtimizda yaratilgan bunday imkonyatlardan biz yoshlar munosib javob qaytarishimiz keraklgini xar bir o’zbek farzandi bilishi shart va zarur. Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy ko‘plab fanlarning rivojlanishiga asos solganlar. Xorazmiy o‘zinig xayoti davomida algebra, astranomiya, geografiya geometriya va boshqa fanlarga ulkan xissa qo‘shgan.
2 TA
Do'stlaringiz bilan baham: |