O’zbekistonda atrof-muhitni muxofaza qilish bo’yicha chora tadbirlar



Download 17,57 Kb.
Sana14.12.2019
Hajmi17,57 Kb.
#30190
Bog'liq
2 5442646934756001178

O’zbekistonda atrof-muhitni muxofaza qilish
bo’yicha chora tadbirlar.

“Ekologiya” – “Bu boradagi ishlar zamirida odamlarning sog’lig’i, turmush farovonligi yotibdi. Shu bois, bu masala bilan har bir tumanda va doimiy shug’ullanish kerak”, – deydidlar davlatimiz rahbari [1]. Ekologiya – bu nafaqat inson, hayvonot, o’simliklar hayotiy jarayonlarining atrof muhitga, atrof muhitni esa ularga ta’siridir. Ekologik holatning ijobiy yoki salbiy jihatdan o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ichida insonga teng keladigan kuch yo’q. Ekoloik muammolar, ya’ni suv, havo, tuproq, atmosfera yuqori qatlamlarining yemirilishi, shuningdek, ularni inson salomatligining yomonlashuviga, umriga fojiyali ta’sirlarini o’z ichiga oladi. Xozirgi kunda ekologik muammuolarni bartaraf etish borasida nafaqat davlat boshqaruv organlari balki, jamiyatning har bir a’zosi o’z xissasini qo’shmog’i lozim.


Davlatimiz rahbarining 2017- yil 21-apreldagi farmoniga muvofiq, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilib, 2017-2021- yillarda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan dastur qabul qilinib, moliylashtirish manbalari aniq belgilab berildi [2]. Atrof muhitni chiqindi mahsulotlaridan tozalash va ularni qayta ishlash maqsadida, tizimda 13ta “Toza hudud” DUK va ularning 174ta tuman (shahar) filiali tashkil etildi. Korxonalar xisobiga 1ming 300ta maxsus texnika, 1mingta chiqindi to’plash maydonchasi, 5ming 800ta konteyner o’rnatish ishlari tashkil etildi.
Xaqiqatdan ham, ushbu tadbirlarning amaliy isboti sifatida ayrim viloyatlar chekka xududlaridagi aholi turar joylarida chiqindi tashlash maydonchalarining tashkil etilganligini guvohi bo’ldik. Maishiy chiqindilarning 20-25 foizidan energiya olish mumkin, qolgan qismin esa xavfsiz usulda yoqish orqali iqtisodiy samaraga erishish va atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirsa bo’ladi . Xorijiy davlatlar amaliyotida

2- Prezident Shavlat Mirziyoev Miromonovich. Ekologik holatni yaxshilash va atrof muhit muhofazasi bo’yich yig’ilishdagi nutqi. 2018-yil.

ekologiya sohasidagi siyosiy partiyalar jamiyat hayotida muhim o’ringa ega. Jumladan, yuzga yaqin davlatarda ekologik partiyalar faoliyat olib boradi. Shu jumladan “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunning 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo’yicha mamlakat fuqarolaridan iborat guruh ham shakillantirildi [3]. 2019-yil 8-yanvar kuni O’zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida yangi siyosiy kuch, O’zbekiston Ekologik partiyasi ta’sis etildi.
“Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” (50-modda). Bundan ko’rishimiz mumkinki, fuqarolarning ekologik burchi konstitutsiyada ham belgilangan. Fuqarolar nafaqat atrof muhitga, balki tabiiy resurslardan ham oqilona foydalanishga, shu bilan birgalikda salomatlikka ta’sir etuvchi salbiy omillarni qisqartirishga mas’uldirlar. Ekologik muammoga faqatgina abiotik omillardagi o’zgarishlar emas, inson salomatligini, yosh avlod kelajagini xal etuvchi muammoli masaalar ham kiradi. Tarbiya – xoh u ilmiy, xoh ekologik yoki madaniy tarbiya bo’lsin, bolaning yoshligidan shakillantiriladi. Har bir fuqaroning atof muhit va o’z salomatligiga munosabati uning oila a’zolari, do’stlari va murabbiylari xarakatlaridan o’rnak olib shakillanadi. Masalan: ayrim muassasalarda tamaki mahsulotlaridan foydalanayotgan o’quvchi yoshlarga tanbeh berilsa, ular o’qituvchi murabbiylarining o’zlari ham o’quv muassasi hududida ushbu mahsulotlaridan foydalanishlarini ro’kach qilishadi. To’g’ri, har kim o’ziga tegishli har bir narsadan o’z ixtiyoricha foydalanishi qonunda ham belgilangan. “Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart” (54-modda).
Ammo, mulkdan erkin foydalanish – tabiatga yoki jamiyatdagi insonlarga ta’sir etish mumkin degani emas. Har qanday ekologik qonunbuzarlik uchun ham javobgarlikka tortiladi. 52-modda. Ekologiya nuqtaiy nazaridan zararli faoliyatni to’xtatish borasidagi da’vo talablari. Yuridik va jismoniy shaxslar atrof tabiiy muhitga, inson

3- Prezident Sh. M. Mirziyoev. O’zbekiston ekologik partiyasini tuzish masalasi muhokama majlisi. 2018-yil.



salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xo’jaligiga ziyon yetkazayotgan ekologiya jihatidan zararli faoliyatni to’xtatish to’g’risida sudga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidirlar. Mamlakatimizda atrof muhitga zararli ta’siri chegaraviy miqdordan oshib borayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va xar qanday shaxslar qonunda belgilangan tarzda zararni qoplashlari shart. Shuningdek, tabiatning tabiiy holatiga va aholi salomatligiga real xavf soluvchi tashkilotlar faoliyatini kamaytirish yoki butunlay to’xtatish ishlari amalda qo’llaniladi. Chet ellarga mahsulot olib ketish va chet eldan olib kelishda hududning belgiilangan ekologiya sig’imini, ekologiya normalarini, qoidalarini buzish holatlari doimiy nazoratdadir.
Aholida ekologik madaniyatni avvalo yoshlikdan boshlash kerakligi barchamizga ma’lum. Shuning uchun ham yurtimizdagi deyarli barcha ta’lim muassasalarida ekologiya kurslari joriy qilingan. Tabiatdan xususiy usulda (korxona, tashkilotlar qurish) foydalanmoqchi bo’lgan shaxslar ekologik ruxsatnomaga ega bo’lishlari lozim. Faoliyat yuritayotgan muassasalar esa doimiy ravishda ekologik ekspertiza yoki davlat sanitariya o’rganlarining nazorati ostida bo’ladi. Atrof muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi natijasida muassasalar mol-mulki, fuqarolarning hayotiga, salomatligiga zarar yetishi xisobga olingan holda ixtiyoriy va majburiy ekologik sug’urta qilinadi. Ekologik sof mahsulot ishlab chiqarganlik uchun rag’batlantiruvchi narxlar va qo’shimcha haqlar beriladi. Har yili tumanda (shaharda) atrof-muhitni muhofaza qilish holati to’g’risida xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga hisobot topshiradilar. “Ekologik xavfsizlik birinchi navbatda, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish doimo e’tiborimiz markazida turishi shart” –deydilar prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev. Saylov jarayonida faol ishtirok etayotga O’zbekiston Ekologik partiyasi ham atrof muhit muhofazasi, salomatlikni saqlash ekologik holatni barqarorlashtirish sohasidagi ishlarga, sohaga investitsiyalar jalb etishga katta e’tibor qaratishmoqda.
Download 17,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish