MILLIY XAVFSIZLIK VA MAMLAKAT MUDOFAA QOBILIYATINING
MUSTAHKAMLANISHI
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasining
Davlat
mustaqilligi
asoslari
to‘g‘risida»gi
Qonun
va
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari
surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz
mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil
etish huquqiga ega» (2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
XXVI bob. MUDOFAA VA XAVFSIZLIK
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston
Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch
hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi
va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun
yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»
O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab
mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga
alohida e’tibor berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi
Farmoni
bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1991-yil
26-sentabrda
O‘zbekiston
Prezidentining
Farmoni
bilan
O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi
Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati
oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni
ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat
milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning
huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.
Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga
mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib
o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq
va batafsil yoritib berildi.
1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston
Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi.
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash
masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan
shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim,
yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun
loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish,
milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish
prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat
sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq
to‘qqizinchi
sessiyasi
«O‘zbekiston
Respublikasining
Milliy
xavfsizlik
konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Qurolli
Kuchlarining
vujudga
kelishida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n
ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida
joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari,
harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi
tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki
tashkiliy davri amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan
o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar,
Shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul
qilindi.
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari
1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati
faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda
«O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-
siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday halqaro tashkilotlardan
chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu
Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida
integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy
o‘quv
yurtlari
va
boshqa
harbiy
qismlardan
iborat.
U
O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch
hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun
mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
Quriqlikdagi qo‘shinlar.
Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.
Maxsus qo‘shinlar.
Milliy gvardiya brigadasi.
Chegara va ichki qo‘shinlar.
Milliy xavfsizlik xizmati.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida
bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi
qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi
hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy
strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina
talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident
mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli
Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy
harbiy unvonlar beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa
qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti,
hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar
qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni
olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi
sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat
to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar
safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari
bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |