Oʻzbekistonda aholiga transport xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish



Download 42 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi42 Kb.
#767954
Bog'liq
Temirova Marxabo Arabboyevna


Oʻzbekistonda aholiga transport xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish
Andijon viloyati Paxtaobod tuman 45- maktab Geografiya fani oʻqituvchisi Temirova Marxabo Arabboyevna
Anotatsiya:Ushbu maqolada Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Transport,avtovokzal,avtobus,aholi,yo‘lovchilar,avtostansiyalar,daryo transport,xalqaro avtomobillar.
Transport xizmatlari – havo yoʻllaridagi, quruqlikdagi va suvdagi barcha yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlarini qamrab oluvchi murakkab iqtisodiy tizim hisoblanadi. Transport xizmatlarini samarali tashkil etish uchun yuk va yoʻlovchi tashishga boʻlgan talab shakllanishiga taʼsir qiluvchi omillarni oʻrganish zarur.Transport vazirligi tashkil etilgandan soʻng, vazirlik tomonidan Transportning barcha turlari va yoʻl xoʻjaligi rivojlanishi uchun muhim boʻlgan “Transport toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Oʻzbekiston Respublikasi transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihalari ishlab chiqilib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritildi.Shuningdek, Transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani mustahkamlash maqsadida 2017-2020-yillarda jami 32 ta normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorini bajarish yuzasidan, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatining zarur darajasini, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida transport vositalari harakati maromini, belgilangan jadvallar va intervallarni, shuningdek tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlari .
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining yangilangan namunaviy tuzilmasi .
2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 53 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 43 nafar etib belgilansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda — avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalarini, to‘xtash bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini amalga oshirish tarmoq jadvallarining bajarilishi yuzasidan muntazam monitoringni ta’minlasinlar;
yangi avtostansiyalar, oxirgi to‘xtash bekatlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishda ularni yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan joylarda, yo‘lovchilar to‘planadigan yirik punktlarda (temir yo‘l vokzallari, aeroportlar, bozorlar va boshqalarda), asosan xususiy investorlarni jalb etib, ularga yo‘lovchilar harakati xavfsizligiga to‘sqinlik qilmaydigan faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish imkoniyatini bergan holda, joylashtirishni nazarda tutsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda — har yili faoliyat ko‘rsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yo‘nalishlarida yo‘l sharoitlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat bo‘lganda, ta’mirlash ishlari o‘tkazilishini ta’minlasinlar;
yo‘lovchi tashishning amalda vujudga kelayotgan xarajatlarini qoplashni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda shahar yo‘lovchi transportida yurish tariflarini o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda — tadbirlarni amalga oshirish natijalarini har tomonlama tahlil qilish asosida, zarurat bo‘lganda, 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
4. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklansin:
avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud bo‘lishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida (O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari) xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
5. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
tadbirkorlar tomonidan tegishli davlat xizmatlarini olishda ruxsat beruvchi va litsenziya tartib-taomillarini maksimal soddalashtirishni, so‘raladigan hujjatlar sonini, ularni taqdim etish muddatlarini qisqartishni nazarda tutuvchi yagona-axborot-integratsiya tizimi joriy etilishini 2017-yilning birinchi yarim yilligida tugallasin;
fuqarolarning Internet tarmog‘i, “ishonch telefoni”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlariga tezkor munosabat bildirilishini ta’minlasin;
yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish transportida xizmat ko‘rsatish yuzasidan namunaviy kontraktlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin, ularda yo‘lovchilar huquqlariga rioya etilishini ta’minlash va tender kontrakt shartlari bajarilmasligi yoki zarur tarzda bajarilmasligining har bir aniq holati uchun avtomobilda yo‘lovchilar tashuvchilarga nisbatan choralarni nazarda tutsin hamda yo‘lovchi tashishni tashkil etish bo‘yicha barcha hududiy komissiyalar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi uchun yetkazsin;
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud bo‘lishini, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni, shuningdek Agentlikning nazoratni amalga oshiruvchi xodimlariga nisbatan malaka talablarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Agentlik xodimlarini formali kiyim-bosh bilan ta’minlash yuzasidan ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1461-moddasida (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165-moddasida (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish), 1763-moddasida (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 1764-moddasida (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish,), 198-moddasida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi protokollar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining inspektorlari tomonidan tuziladi;
undiriladigan jarimalar summasining 25 foizi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus bank hisob raqamiga o‘tkaziladi va ulardan Agentlikning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
7. “O‘zavtosanoat” AK:
yetkazib berish va moliyalashtirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qat’iy muvofiq ravishda avtobuslarning xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlasin;
respublikada yo‘lovchilar tashish mikroavtobuslari ishlab chiqarishni tashkil etishni yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan ishlab chiqishni jadallashtirsin va takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.Oʻzbekistonda transport xizmatlari tahlili .Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etish lozim. Yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tarmogʻi 2006 yilga nisbatan 1,4 baravarga ortdi, respublikada 117 ta yoʻlovchi avtovokzali va avtostansiyasi faoliyat koʻrsatmoqda, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan toʻliq foydalanilmayapti. Avtotransport xoʻjaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti. Mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari va zahiralaridan toʻlaqonli foydalanilmayapti. Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yoʻlovchilar tomonidan yoʻl haqini elektron tarzda toʻlash samaradorligi, tushumning yigʻilishi va toʻlaligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi amalga oshirayotgan ishlar mintaqalardagi yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda. Avtomobilda tashishlar va yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat choralarining tubdan kuchaytirilishi yoʻlovchilar avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha profilaktik choralar koʻrishni talab etadi. Shu maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11-yanvarda «Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi hamda 2018 yil 6-martdagi PQ-3589 sonli «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi Qarorlari qabul qilindi. «Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorga koʻra yoʻlovchi tashish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, aholiga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish, onlayn GPS orqali masofadan boshqarish va aholiga ishonch telefonlari orqali xizmat koʻrsatishni tashkil etish, 2017-2021 yillarda yoʻlovchi tashiydigan yangi yoʻnalishlarni ochish, yangi avtobus va mikroavtobuslar sotisb olish, avtostansiya, avtovokzal va bekatlar qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash ishlarini olib borish, 2018 yil 1-iyuldan shahar markazlarida yoʻlovchilarni tashish transportida yoʻl kira uchun naqdsiz toʻlovni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi vazifalar belgilandi.«Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi Qarorda esa Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzavtotrans” agentligi deb ataladi) etib qayta nomlandi va uning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari belgilab berildi. Biz bilamizki turizm sohasini tashkil etuvchi eng asosiy infratuzilmalardan biri transport xizmatlari va yoʻl infratuzilmalari hisoblanadi. Shu maqsadda ushbu Qaror asosida quyidagi vazifalar belgilab olindi: Hududlarda qishloq va tumanlarni bogʻlovchi yangi yoʻnalishlar tashkil etish; Hududlarda yangi avtovokzal, avtostansiyalar va bekatlar qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash; Yoʻlovchi sifati va xavfsizligini oshirish; Xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va xalqaro avtobus yoʻnalishlarini ochish. Avtobuslar va mikroavtobuslarni masofadan turib kuzatish va naqd pulsiz yoʻl chiptalarini tashkil etish uchun kerakli uskuna va jihozlarni ishlab chiqaruvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzish orqali xarid qilishga ruxsat etildi.Bugungi kunda Oʻzbekistonda transport xizmatlarini koʻrsatish holati kundan-kunga holati oʻsish koʻrsatgichlarini koʻrsatmoqda. Transport turlari bo`yicha yo`lovchi tashish va yo`lovchi aylanmasi(2011-2016 yillardagi)ni jadvalda koʻrish mumkin. Shuningdek, yoʻlovchi aylanmasi 2011 yilda 82,5 mlrd yoʻlovchi kmni tashkil etgan boʻlsa, 2016 yilga kelib 110,8 mlrd yoʻlovchi kmga yetgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 17-son, 300-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 27.05.2019-y., 09/19/429/3185-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish