O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
101
va to‘g‘ri yuritishni tashkil etishda ma’lum bir
muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot natijalari va ularning
muhokamasi.
Ishlab chiqarishning ibtidoiy-
jamoa tuzumida hisob-kitob ishlari juda sodda
va oddiy bo‘lib, u faqatgina joydagi ma’lum
bir jamoaning manfaatini ko‘zlagan holda
shakllangan. Jumladan, ilmiy manbalarning
dalillik berishicha, Markaziy Osiyoda aholining
asosiy qismini ma’lum bir manzilgohlarda
yashagan ko‘p oilalik jamoalar tashkil etgan.
Bunday jamoa a’zolari o‘z qo‘shnilari bilan
birgalikda yashayotgan manzil atroflarida bo‘sh
turgan yerlardan foydalanganlar va mazkur
yerlarda asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirganlar. Bu yerlarning bir qismi ekin
yerlarni, boshqa qismi esa yaylovlar va
pichanzorlarni tashkil etgan va ular asta sekinlik
bilan shu joylarda istiqomat qiladigan oilalarga
bo‘lib berilgan. Bu turdagi jamoa onalik huquqiga
asoslangan oiladan shaxsiy oilaga o‘tishda g‘oyat
katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shunday qilib,
qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan oilalar
negizida va ularning to‘planishi asosida qishloq
jamoalari paydo bo‘lgan.
Qishloq jamoalarida mahsulotlar maxsus
omborlardan belgilangan me’yorlarga ko‘ra
oilalarning ehtiyojiga ko‘ra taqsimlab borilgan.
Bu davrda yerlardan foydalanish holatlari,
irrigatsiya masalalari va qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini yetishtirish bilan bog‘liq ishlar
jamoatchilik asosida birgalikda bajarilgan. Jamoa
oqsoqoli yoki uning eng keksa vakili barcha
ishlarni boshqargan hamda jamoa ichidagi mehnat
va turmush jarayonini tartibga solib turgan.
Hatto jamoa doirasida ijtimoiy tabaqalanishning
vujudga kelishi yoki badavlat oilalarning ajralib
chiqishi mumkin bo‘lganda ham, Markaziy
Osiyoning iqlim sharoitlari, doimiy irrigatsiya
ishlarining zarurligi jamoa aloqalarini barqaror
va uzoq muddat davom etishiga asos bo‘lgan [9].
Albatta, yuqoridagilarning barchasi
ushbu yerda o‘z navbatida hisob - kitob ishlarini
ham yuqori saviyada olib borishni taqozo
qilgan. Ishlab chiqarish vositalariga xususiy
mulkchilikning paydo bo‘lishi bilan hisob-kitob
ishlarini yanada katta hajmlarda olib borishga
ehtiyoj tug‘ilgan. Xususiy yer egalaridan tashqari
quldorlik davlatining o‘zi ham hisob-kitob
ishlarini olib borgan. E’tirof etish zarurki, yerga
xususiy mulkchilikning bo‘lmaganligi Markaziy
Osiyoning ijtimoiy - iqtisodiy tarixida muhim
omil edi. Cho‘l va issiq iqlim sharoitidagi sun’iy
sug‘orish qishloq xo‘jalik ishlarining asosiy
sharti hisoblangan [9].
Markaziy Osiyo quldorlik ishlab chiqarish
usulini chetlab o‘tgan. Bu yerda feodal tuzum
qaror topguniga qadar bo‘lgan ishlab chiqarish
usulini asosini yerga davlat mulkchiligi,
qishloq jamoasining hukmronligi, urug‘-
qabila tuzumining saqlanganligi, ko‘chmanchi
qabilalar bilan hamkorlik va o‘zaro munosabat
hamda Buyuk ipak yo‘lida qizg‘in savdo sotiq
tashkil etilgan. Shu munosabat bilan davlatda
olib boriladigan hisob-kitob ishlari ham
takomillasha borgan. Davlat asosan olinayotgan
soliqlardan kelayotgan foydani davlatda
shakllangan qo‘shinni saqlashga sarflanadigan
sarf-harajatlarni, foydalanishga berilgan yer
maydonlarini va boshqalarni hisob-kitob qilib
borgan. Shu davrga kelib qishloq xo‘jaligida
asosiy ishlab chiqarish vositasiga aylangan yer
ham asta sekinlik bilan hisob-kitob ob’ektiga
aylangan. Ushbu davrdayoq mavjud yerlarning
hisob-kitobi tadbir sifatida yer kadastri vujudga
kelgan va u keyinchalik, feodalizmda ancha
rivojlangan.
Dunyodagi boshqa mamlakatlar kabi
O‘zbekiston hududida ham feodalizm davrida
feodal xo‘jaligini boshqarish va nazorat qilish
maqsadlarida ayniqsa ichki xo‘jalik hisob-
kitobi tez rivojlangan. Bu davrda yer kadastri
tizimida yerlarga xususiy mulkchilik xuquqini
qonunlashtiruvchi tadbir - yerlarni ro‘yxat qilish,
ya’ni yer maydonlarining hisobini yuritish
vujudga kelgan [9].
Shunday qilib, yerlarni hisobga olish
davlatning vujudga kelishi va soliq tizimining
rivojlantirilishi bilan birlamchi zaruriyatga
aylandi. Jamiyat rivojining ma’lum bosqichida
yer maydonlarining miqdori bilan bir qatorda
ularning sifat holati ham hisob-kitob qilina
boshladi, keyinchalik esa turlicha unumdorlikka
ega bo‘lgan yerlardan olinayotgan foyda
miqdorini ham hisob qilish zaruriyati tug‘ildi.
Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur davrida
Do'stlaringiz bilan baham: