O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
108
zamonaviy texnologiyalar, jumladan geoaxborot
texnologiyalarini qo‘llagan holda yer resurslari
to‘g‘risidagi aniq va shaffof ma’lumotlarni
shakllantirish, tahlil qilish va yangi xizmat turlarini
yaratishda ilg‘or xorijiy va mahalliy innovatsion
tajribalarni o‘rganish, eng yaxshi yechimlarni joriy
etish bo‘yicha tizimli va keng ko‘lamli ishlar olib
borilmoqda.
Vazirlikning Geoaxborot tizimini yaratish,
ishga tushirish, uni barqaror ishlashini ta’minlash
hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan ma’lumotlar
almashinuvni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash
yuzasidan maxsus tashkilot – Qishloq xo‘jaligi
vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish
markazi” davlat massasasi mas’ul etib belgilangan
[4].
Ushbu markaz shuningdek:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan,
suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar
holatini nazorat qilishning idoraviy va idoralararo
axborot tizimlarini joriy etish;
agrosanoat
majmuidagi
tashkilotlar
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan,
davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida
maqsadli loyihalarni amalga oshirish;
biznes-startap loyihalarni amalga oshirish
va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish
uchun agrar sohadagi tadbirkorlik sub’ektlariga
ko‘maklashishga yordam beradi.
Qishloq
xo‘jaligi
yerlarini
raqamlashlashtirishda amalga oshirilgan tajriba –
“pilot” va tijoriy loyihalar amalga oshirilgan. O‘tgan
davr mobaynida agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha
xorijiy hamkorlar, shu bilan birga mahalliy dasturiy
ta’minot ishlab chiqaruvchilar hamkorligida bir nechta
pilot va tijoriy loyihalar alohida hududlarda amalga
oshirildi. Geoaxborot texnologiyalari, jumladan yerni
masofadan zondlashning texnologiyalari yordamida
olingan kosmik suratlarning tahliliga asoslangan
platformalardan respublikada foydalanish bo‘yicha
qator xususiy kompaniyalar o‘z echimlarini taqdim
etgan, jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilarining
Buxoro viloyati Vobkent tumandagi 14 ta hududlarda
joriy etilgan “Buxoro Agroklaster” MCHJ tomonidan
«Smart map» axborot tizimi, Andijon viloyatining
145 000 gektar ekin maydonlari bo‘yicha
foydalanilgan “Monterra Agro” platformasi,
shuningdek xorijiy kompaniyalarning Cropio,
Agroplatforma va Onesoil platformalari yordamida
pilot va tijoriy loyihalar amalga oshirilgan.
Bu borada, eng zamonaviy texnologiyalar,
jumladan geoaxborot texnologiyalarini qo‘llagan
holda yer resurslari to‘g‘risidagi aniq va shaffof
ma’lumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va yangi
xizmat turlarini yaratishda ilg‘or xorijiy va mahalliy
tajribani o‘rganish, eng yaxshi yechimlarni joriy
etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bunday tizimlardan biri bu - ham davlat idoralari
ham qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar
uchun qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali
foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini
amalga oshirish imkonini beruvchi Geoaxborot
tizimi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: