O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
97
bunda u ushbu mevaning shu mintaqada keng
tarqalgan, Yangi Zellandiyaning milliy timsoli
bo‘lgan, mamlakatning ko‘pgina markalari va
emblemalarida rasmi turadigan “kivi” qushiga
o‘xshaganligi sababli shunday atagan [2].
Aktinidiyaning bugungi kunda eng ko‘p
yetishtiriladigan turi – xitoy aktinidiyasi yoki
shirin aktinidiya (Aktinidiya delikatesnaya)
bo‘lib, uning navlari “kivi” deb ataladi.
XX-asr boshlariga qadar u faqatgina Xitoyda
yetishtirilgan, so‘ngra Yangi Zellandiyaga olib
kelingan. 1940 yillarda Yangi Zellandiyada
sanoat asosida yetishtirila boshlangan [7].
Hozirga vaqtda uni yetishtirishda yetakchilik
qiluvchi mamlakat Xitoy emas, balki Italiya
hisoblanadi [4, 5, 6].
Shirin aktinidiya – yirik liana yoki
chirmashuvchi butasimon o‘simlik bo‘lib, bo‘yi
9 m gacha yetadi. Barglari to‘kiladi, uzun
bandlarda navbatlashib joylashadi, uzunligi
7,5-12,5 sm keladi. Shakli tuxumsimon yoki
deyarli yumaloq, asosi qavariq. Yosh barglari
qizg‘ish tuk bilan qoplanadi, katta barglarining
ustki tomoni och yashil, ostki tomni xira,
tomirlari ko‘rinib turadi. Gullari xushbo‘y,
odatda ikki jinsli, kamdan kam bir jinsli, barg
qo‘ltiqlarida yakka yoki uchtagacha guruh bo‘lib
joylashadi. Tojbargi dastlab oq, so‘ngra yozilgan
sari sarg‘ish tus oladi. Changchilari barcha
gullarda ko‘p sonli, ammo urg‘ochi gullarda
ular steril holatda bo‘ladi. Mevalari uzunchoq-
tuxumsimondan
sharsimongacha,
odatda
diametri 5-6 sm gacha bo‘ladi, rangi jigarrang,
tuk bilan qalin qoplangan. Eti yashil, kamdan-
kam sariq, oq yoki qo‘ng‘ir. Urug‘lari mayda,
qora yoki to‘q binafsharang [10].
N.Kozakning
[2010]
yozishicha,
aktinidiya mevalarini shubhasiz tabiiy vitaminlar
konsentrati deb atash mumkin. Masalan,
askorbin kislotasi miqdori bo‘yicha Aktinidiya
kolomikta apelsin, limon, shirin qalampir
va qora smorodinadan ustun turadi. Uning
tarkibida (100 g mevada) 1500 mg dan ortiq
askorbin kislotasi mavjuddir, bu vaqtda eng
yaxshi qora smorodina navlarida uning miqdori
300 mg dan oshmaydi (100 g mahsulotda).
Aktinidiya mevalari V guruhiga mansub
vitaminlarga ham boy hisoblanadi. Yaxshi
pishgan mevalar tarkibida В1, В2, В4, В6,
В9, РР vitaminlari, makro va mikroelementlar,
kletchatka, flavonollar, oshlovchi va bo‘yoq
moddalar qayd etilgan. Aktinidiyaning barcha
turlaridagi biologik faol moddalar inson
oshqozon-ichak traktiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi,
ovqat hazmini, ayniqsa go‘shtning hazm
bo‘lishini engillashtiradi.
Ta’kidlash
joizki,
respublikamiz
aholisining ushbu qimmatli mevaga bo‘lgan
talabi faqatgina import hisobidan qondirilmoqda.
Biroq, mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoiti
kivi yetishtirish uchun to‘la mos bo‘lib, uni
mamlakatmiz sharoitda yetishtirishni yo‘lga
qo‘yish, uning istiqbolli navlarini introduksiya
qilish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, u
respublikamizning o‘zida tannarxi arzon meva
yetishtirish hamda ushbu mevani import qilishda
sarflanayotgan valyutani tejab qolish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: