O’zbekiston yoshlari buzg’unchi go’oyalarga qarshi Ne’matjonov Jahongir Nazirjon o’g’li Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti Soliqlar va soliqqa tortish ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi


Respublikamizdagi migratsion holat



Download 240,39 Kb.
bet9/10
Sana23.01.2022
Hajmi240,39 Kb.
#404201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jahongir Maqola 3

Respublikamizdagi migratsion holat

1-rasm

Yuqoridagi grafik ma’lumotlaridan ma’lum bo’ladiki, hamyurlarimiz ya’ni vatandoshlarimiz turli maqsadlarda (asosan pul ishlab topish maqsadida) chet mamlakatlarda hayot kechirishmoqda. Bu esa bizni jiddiy savolga duch kelishligimizga zamin yaratadi ya’ni o’z hamyurtlarimiz hayot tarzini yahshilash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilish kerakligi namoyon bo’lmoqda. Bu masalalarga ham so’ngi yillarda juda ham jiddiylik bilan yondashilmoqda va katta hajmdagi ishlar boshlab yuborilgan.

Chet mamlakatlaridagi hamyurtlarimizning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasida ekanligini anglash qiyin emas albattta.

Lekin horijdagi vatandoshlarimiz ham xorijda bo’la turib qaysidir ma’noda yurtimiz ravnaqi uchun o’z hissalarini qo’shishmoqda chunki ular ham oiasining baxtli yashashi uchun qo’ldan kelgancha ishlab pul topmoqdalar va kelajak uchun zamin yaratmoqdalar. Shuning uchun ham har bir vatandoshimiz ham O’zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanib yashamogi lozim.

Parvardigorimga behad hamd-u sanolar hamda behisob shukronalar bo‘lsinki, O‘zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni bizga vatan ayladi. Bu muqaddas tuproq jahonga qanchadan qancha daholar, olim-u fuzalolarni, shuarolarni yetishtirib berdi. “Vatan ne? deb so‘rganlarga bir kaftgina tuproq berdim!” deydi shoir. Shu sabab ham vatanga muhabbat ostonadan, ona zamindan boshlanadi. Tanimiz ham tuproqniki – kamtarniki, demak. Har insonning o‘z kindik qoni to‘kilgan tuprog’ini – ona yurtini sevishi balki shundandir.

Vatan! U – beminnat. U – bag’rikeng. U – suyuk. Ba`zan baralla aytgim keladi:

-Vatan mening tomirlarimda!...

         Haqiqatan ham, ona vatanimiz O‘zbekiston doimo biz bilan, jo‘sh uradi tafti tomirlar ichra. Hech eshitganmisiz, vatani tashlab ketgan odamni? Yo‘q, also bunday bo‘lmagan, o‘zini tamom ila bizlarga bergan onamiz kabi fidoyidir u va ikkisining ham unitib bo‘lmas o‘z o‘rni bordir yuragimizda. Zero, shuning uchun “Ona vatan” deganimiz shubhasiz to‘g’ri, albatta. Ona vatan tuyg’usi bu – shu aziz yurtga chin farzand bo‘la olish, unga pokiza muhabbat hamda yuksak ehtirom ila qarash demakdir. Ana shu tuyg’u kabi chin insoniy hislarga ega bo‘lgan odam o‘z vatanini sevmasligi, vatanidan yiroqda bo‘lganida uni qo‘msamasligi mumkin emas.

         Men vatanimdan minnatdorman. Quyosh sevgan yurt farzandi ekanimdan behad baxtiyorman. Vatanim menga nima berdi?  

- Baxt berdi. Har kuni iqbol ulashdi. Bag’rida insoniylikni tuyib ulg’aydim. Vatan menga o‘zimni-o‘zligimni tanitdi, kimligimni angladim. Vatan tuyg’usi, vatan muhabbati tomirlarim uzra jo‘sh ura boshladi. Vatan qo‘llarimga qalam tutdi. Uning madhini bita boshladim. Yurtim menga insonlikni, odam bo‘lib yashashni o‘rgatdi. Shu yurtda buyuk bobolarimni tanidim.

       O‘zbekiston – yuragimiz ko‘zgusi, orzularim belanchagi, yuksaklarda porlab turgan umidim yulduzi, qalbimning kaliti, umrimning mazmuni, hayotimdagi eng bebaho, jonimdanda azizroq ma`vosan. Sensiz yashab bo‘larkanmi? Sen tobora ko‘nglimga, o‘zimga, umrimga aylanib borayapsan, ona vatanimiz – O‘zbekiston. Shuning uchun seni yaxshi ko‘raman. Senga ming bor rahmat, ming bor tashakkur – sadoqatga oid bo‘lganing uchun, onamga teng-loyiq bo‘lganing uchun! Men hech ikkilanmasdan O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deya olaman. Demak, O‘zbekiston – yoshlar mamlakati ekan, biz yoshlar ham shu vatanga munosib bo‘lishimiz, qanchadan qancha mashaqqatlar evaziga qo‘lga kiritilgan mustaqilligimizni, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev sa’y-harakatlari bilan kechayotgan erkin va farovon turmushimizni, tinch va osuda hayotimizni ko‘z-qorachig’imizdek asrashimiz, uning g’ururi, faxr-u iftixori ham bo‘lmog’imiz lozim. Vatan ravnaqi, taraqqiyotiga ozgina bo‘lsa-da o‘z hissamni qo‘shdimmi?, degan savolni o‘z-o‘zimizga har kuni bermog’imiz kerak.

         Zero, vatan taraqqiyotiga loqayd qaramagan insonlar jamiyatigina yuksak marralarni zabt etishga qodir!

           Har bitta mamlakatning ma`naviy boyligi bugungi kunda xalqining bilimi,  dunyoqarashi va ma`naviy saviyasi bilan o‘lchanadi. Chunki hozirgi davr – axborot davri, yangi-yangi texnalogiyalar davridir. Kimning bilimi kuchli bo‘lsa, hamisha oldinda bo‘ladi. Avvalo, yurtimizdagi aholining deyarli yuz foizi savodli ekani bizning ulkan ma`naviy boyligimizdir. Negaki, savodli odam kitob, gazeta o‘qiydi, televizor ko‘rib, radio eshitib, ulardan o‘zicha xulosa chiqara oladi. Eng muhimi, o‘z vatanidan turib dunyodan ogoh va zamon bilan hamnafas bo‘lib yashaydi. “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlikdir”, degan edi Abdulla Qodiriy. Biz ham moziyga nazar tashlasak, o‘zbek xalqi qadim-qadimdan buyuk allomalari bilan dunyoga tanilgan edi. Musulmon olamida tan olingan oltita ulug’ muhaddislarning uchtasi bizning yurt farzandlaridir. Bular – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiydir. Shundayin buyuk insonlarni yetishtirgan yurt farzandi ekanimdan faxr tuyaman. Bu his, o‘z navbatida, o‘zimga bo‘lgan ishonch, kelajakka umid, yelkamga esa ulkan mas`uliyat yuklaydi.

         O’zbekiston dunyoda yagona va har bir  shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.

Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.

“Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir”-degan naqlga aml qilgan holda, har kim o‘ziga berilgan ana shu qisqa davrda kasb-hunar egallashga, ulkan marralarni zabt etishga harakat qiladi. Men ham tengdoshlarim qatori malakali mutaxassis sifatida o‘zimni namoyon etishga, yurt koriga yaraydigan inson bo‘lishga intilaman. Ba’zi tengdoshlarim hoyu havasga uchib, yengil hayot ortidan quvayotganini, egri yo‘lni tanlab adashayotganini ko‘rib mulohaza qilaman. Axir dunyoda O‘zbekistondek go‘zal va betakror mamlakatda yashashning o‘zi baxt emasmi?!

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki,biz o’zimizning g’oyalarni, qadriyatlarni chuqur anglagan holda ,amaliy harakatimizda namoyon qila olsakkina Vatanimiz bilan yanada ko’proq faxrlanishimiz mumkin bo’ladi.Vatan esa ona singari aziz va tanhodir. Bu bizning ilk va so’ngi aytar so’zimizdir.


Download 240,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish