O'zbekiston xududidagi iqlimiy mintaqalar


Haroratning taqsimlanishi



Download 87,96 Kb.
bet3/4
Sana28.06.2022
Hajmi87,96 Kb.
#715752
1   2   3   4
Bog'liq
Eshquvatov Renat injinerlik gidralogiyasi oraliq nazorat ishisi (1)

Haroratning taqsimlanishi. O‘zbekiston hududida issiqlikning taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun yillik o‘rtacha haroratni bilish kerak. O‘rtacha yillik harorat Nukusda +10,8°C, Тoshkentda +11,9°C, Тermizda +17,0°C.

O‘zbekistonda yoz quruq va issiq bo‘lib, uning tekislik qismida iyulda o‘rtacha harorat +26 +30°C ga yetsa, janubda +31 +32°C ga yetadi. Eng yuqori harorat Toshkentda +44°C, Тermizda +50°C gacha yetadi. Qumlar yuzasi esa +75 +80°C gacha qiziydi.


Qishda — yanvarda o‘rtacha harorat O‘zbekistonda shimoli g‘arbdan (Ustyurtda –10 –11°C) janubi sharqqa qarab (Toshkentda +0,9°C, Samarqandda +0,3°C, Тermizda +2,8°C) ilib boradi. Ba’zan Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi natijasida qish sovib ketadi, eng past harorat Surxondaryoda –20°C, Тoshkentda –30°C, Ustyurtda –38°C gacha pasayadi.


Umuman, tog‘larda, xususan, O‘zbekiston tog‘larida yuqoriga ko‘tarilgan sari harorat pasaya boradi.




Yog‘inlarning taqsimlanishi. O‘zbekistonda yog‘inlar asosiy suv manbayi hisoblanib, hudud va yil fasllari bo‘yicha notekis taqsimlangan. Bu, asosan, havo massalarining xususiyatiga, yerusti tuzilishiga, tog‘larning yo‘nalishiga va balandligiga bog‘liq. Yog‘inlarni, asosan, Atlantika okeanidan esuvchi nam havo massalari keltiradi.

O‘zbekistonda eng kam yillik yog‘in miqdori Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumga to‘g‘ri kelib, 100 mm atrofida bo‘ladi. Yog‘inlar miqdori sharq va janubi sharqqa tomon relyefning balandlashishi tufayli ortib boradi. O‘zbekistonning adir va tog‘oldi qismiga yiliga o‘rtacha 300- 550 mm, G‘arbiy Тyanshan, Hisor-Zarafshon tog‘larining janubi-g‘arbiy nam havoga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlariga 800-900 mm yog‘in tushadi. O‘zbekistonda eng ko‘p yillik yog‘in G‘arbiy Tyanshan va Hisorning nam havoga ro‘para bo‘lgan qismlariga to‘g‘ri keladi. Yog‘inlarning asosiy qismi qishda (yillik yog‘in- ning 30 foizi) va bahorda (40 foizi) yog‘adi.


O‘zbekistonning tekislik qismida bir yilda 35-40 kun yog‘inli bo‘lsa, bu ko‘rsatkich tog‘larda 70-90 kunni tashkil etadi.


Yog‘inning bir qismi qor holida tushadi. Lekin hududning tekislik qismida qor qoplami turg‘un bo‘lmasdan, shimoli g‘arbida 40-50 kun, janubi sharqida 10-15 kun, tog‘larda 90-100 kun saqlanib turadi.


Qorning o‘rtacha qalinligi tekislik qismida 1-8 sm (eng qalini 30 sm), tog‘oldida 10-20 sm (eng qalini 60 sm), tog‘larda 60 sm (eng qalini 1,5-2,0 m)ni tashkil etadi.


O‘zbekiston tekislik qismida yillik yog‘inga nisbatan mumkin bo‘lgan bug‘lanish bir necha marta (Тoshkentda 3,5 marta, Nukusda 27 marta) ko‘p.




Shamollar. O‘zbekiston hududiga yil davomida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy shamollar esib turadi. O‘zbekistonning shimoliy qismida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar, Janubiy qismida esa ko‘proq janubi-g‘arbiy shamollar harakat qiladi.

Yozda O‘zbekistonga shimoli g‘arbdan, shimoldan va g‘arbdan shamollar esadi. Ammo tekislik qizib ketganligi tufayli yog‘in vujudga kelmaydi, aksincha, tog‘ tomon ko‘tarilgan sari havo sovib borishi oqibatida bulutlar hosil bo‘lib, yog‘in yog‘adi.


O‘zbekistonda yana mahalliy tog‘-vodiy, Bekobod (Xovos), Qo‘qon, afg‘on shamollari esib turadi.





Download 87,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish