O‘zbekiston xalqi mustaqilligimizning yigirma yilligini munosib kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda



Download 13,33 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi13,33 Kb.
#660030
Bog'liq
mahalla


O‘zbekiston xalqi mustaqilligimizning yigirma yilligini munosib kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 6 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyom ekanligi qayd etilgan.

Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar davomida milliy an’ana va qadriyatlarimizni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratildi. Istiqlol yillarida fuqarolik jamiyati instituti maqomiga ega bo‘lgan mahalla bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Xalqimizda “Mahalla – ham otang, ham onang” degan naql bor. Boshqaruv tizimining ushbu birlamchi bo‘g‘inida demokratik tamoyillar shundan iboratki, fuqarolar mahallalarda jam bo‘lib, o‘z hududidagi hayot va faoliyatni o‘zlari boshqaradi.

Odamlarning o‘ziga xos muloqot instituti, avvalambor, qo‘shnichilik munosabatlariga rioya qilish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, qariyalar, bemorlar holidan xabar olish, yaxshi-yomon kunlarda bir-biriga yordam berish, oilaga uy qurishda hashar yo‘li bilan ko‘maklashish kabi olijanob an’analar ko‘p asrlar muqaddam aynan mahallada shakllangan va ayni paytgacha davom etib kelayotir.

Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash va rivojlantirishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani tufayli mahalla instituti jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotining muhim tarkibiy qismiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32-moddasida fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.

Bu konstitusiyaviy normalar 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda o‘z ifodasini topgan. 2004 yil 24 aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni o‘ziga xos bo‘lib, u milliy an’analarimiz va o‘zbek mahallasi tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda qabul qilingan.

1992 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla” Respublika xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sotsial-iqtisodiy hayotida mazkur institut nechog‘li katta o‘rin tutishining e’tirofi bo‘ldi.

Ushbu nodavlat notijorat tashkilot mahallalarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy saviyasini yuksaltirish, eng yaxshi milliy an’ana va urf-odatlarimizni saqlash hamda targ‘ib qilish, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tartibga solish, muvofiqlashtirish va rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Mahallalarda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni, oilaviy rishtalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari muhim o‘rin tutadi. Ularning faoliyati davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.



“Mahalla” jamg‘armasining Farg‘ona viloyati bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, tashkilot o‘z faoliyatida mahalla faollarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. Yaqinda ularning faoliyatini yaxshilashga bag‘ishlangan “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni tarbiyalash
Download 13,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish