O’zbekiston xalqaro va mintaqalararo Yevroosiyo hamkorligi tizimida


Yevroosiyoda hozirgi davrda xavfsizlik masalalari



Download 241,94 Kb.
bet6/16
Sana09.07.2021
Hajmi241,94 Kb.
#113496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O’zbekiston xalqar

1.2. Yevroosiyoda hozirgi davrda xavfsizlik masalalari

Tarixning guvolik berishicha, mintaqaviy va mintaqalararo integratsiyani chukurlashtirish, ya’ni ikki tomonlama ittifoqilik munosabatlarini yo‘lga qo’yish, SHHT, YevrAzES kabi tuzilmalarni rivojlantirish orqaligina Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqdash masalasini hal etish mumkin. Aks holda, xalqaro terrorizm, ekstremizmning tarqalishiga qarshi birgalikda samarali kurashish, raqobatbardosh iqisodiyotni shakllantirish hamda sobiq ittifoq respublikalarining deyarli barchasiga xos bo‘lgan talay ijtimoiy muammolarning hal etilishi amrimahol.

Mintaqa yadro quroliga ega davlatlar kurshovida joylashgani bois bu hududda yadro qurolidan holi zonaning tashkil etilishi ular o‘rta­sidagi munosabatlarda kuchlar muvozanatini saqdab turish imkonini yaratadi. Mazkur shartnoma yadro qurolidan holi zona yaratilishiga ilk bor BMT jalb etilgani bilan ham ahamiyatlidir. Darhaqiqat, ushbu shartnoma imzolagunga qadar BMT na Lotin Amerikasi, na Karib dengizi, na Janubi-Sharkay Osiyo va Afrika, na Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga bu qadar e’tibor bermagan edi. Bugun jahon hamjamiyatining diqqat-e’tibori aynan Markaziy Osiy mintaqasiga qaratilgan. Chunki u ko‘pgina nizolarning oldini oladigan jiddiy omil sifatida xizmat qalmoqda. Mintaqa davlatlari bu kabi murakkab masalalarni amalda hal qatishga qodir ekanini namoyon etib kelmoqda. Masalan, yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustahkamlash hamda mintaqada tinchlik — barqarorlikni saqlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishi shundan dalolat beradi.

Mintaqa davlatlari xalqaro xavfsizlik masalalarida erishilgan ijobiy natijalardan tashqari, gumanitar sohada ham o‘z mavqeini mustahkamlash imkoniyatiga ega. Masalan, beshta davlat olimlari uchun yadro sohasidagi tadqiqotlar natijalarini faqat tinch yo‘lda foydalanish, tegishli sohalarda yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash, birgaliqda yaratilgan ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga kushimcha imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.

Mazkur shartnoma Markaziy Osiyo va unga chegaradosh mintaqalardagi integratsiya jarayonlariga ijobiy ta’sir etishi shubhasizdir. Boshqacha aytganda, mintaqada davlatlarning siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohadagi aloqalari yangi bosqichga ko‘tariladi. Bunday muxim xujjatning aynan shu mintaqada imzolangani yagona mintaqaviy manfaatlarga tayangan yaxlit mintaqaviy mafkuraning shakllanish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi. Eng muximi shundaki, O‘zbekis­ton bunda qandaydir alohida masala emas, Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligi va farovonligi masalasi kun tartibiga ko‘yilganini o‘z qo‘shnilariga yana bir bor asoslab berdi. Shu ma’noda, zamonaviy tahdidlar, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqatilishiga qarshi kurashishning eng izchil va samarali yo‘li — mintaqada joylashgan hamda ushbu tahdidlar xavfini to‘g‘ri va holisona baholayotgan davlatlarning yaqin hamkorligidir.

O‘zbekiston istiqlolning dastlabki yillaridayoq yadrosizlik tamoyilini o‘z milliy qonunchiligida mustahkamlab ko‘ygan edi. Mazkur qonunning 2001 yil 11 maydagi yangi tahriri 4-bandiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi yadro va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotib olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechadi.

O‘zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonuniga binoan davlat qurol-yarog‘, harbiy texnika, ikki xil maqomda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tovar va texnologiyalarga nisbatan qat’iy eksport nazoratini o‘rnatadi (17, 22- bandlar). O‘zbekiston Respublikasining "Muhim yuklar va harbiy kontin-gentlar tranziti to‘g‘risida"gi Qonuni ham yadro quroli va materiallar tranzitini mustahkam nazorat etish imkonini yaratadi.

O‘zbekiston qonunchiligida yadro qurolining yaratilishi va tarqatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hatti-harakatlarning qriminallashuvi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida quyidagi hatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlik kuzda tutilgan:

— Yadro, kimyo, biologik va boshqa ommaviy qirg‘in qurollari, ularni yaratish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan material va asbob-uskunalar kontrabandasi. Bu o‘ta jiddiy bandga ko‘ra, yadro, kimyo, biolo­gik va boshqa ommaviy qirg‘in qurollari, ularni yaratish uchun qo‘lla­nishi mumkin bo‘lgan material, asbob-uskunalar kontrabandasida ayblangan shaxsga nisbatan muddatidan ilgari — shartli ravishda ozodlikka chiqarish chorasi belgilanmagan; radiaktiv materiallarni noqonuniy egallab olish.

radiaktiv materiallarni saqdash, hisobini olib borish, foy- dalanish, olib o‘tish, jo‘natish va boshqa qoidalarini buzish);

asbob-uskunada yoki boshqa holatda bo‘lgan nurlanayotgan radi­aktiv moddalar, yadro materiallarini noyonuniy sotib olish, saqlash, foydalanish, berish yoki buzish;

yadro energiyasini qo‘llanayotgan obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ta1diqdangan bakteriologik (biologik), kimyo va ommaviy qorg‘in qurollarining boshqa turlarini ishlab chiqarish, tuplash, sotib olish, berish, saqdash, noqonuniy ravishda egallab olish.

O‘zbekiston Respublikasi taishi siyosiy sohada mazkur masala yuzasidan izchil siyosat olib bormoqda.

Milliy xavfsizlik Konsepsiyasida ayrim kush ni davlatlarning yadro quroli va boshqa ommaviy qirg‘in vositalariga ega bulishga intilayotgani milliy xavfsizligimizga harbiy va tashqi siyosiy tahdid sifatida belgilab qo‘yilgan. Markaziy Osiyo mintaqasida yadro qurolidan holi zona tashkil etilishi mazkur masalalarda milliy xavfsizligimizni ta’minlashning asosiy yunalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Hozirgi davrda ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish tendensiyasi tobora xatarli tus olayotgani e’tiborga olinsa, mintaqa­da joylashgan barcha davlatlar tomonidan bunday zona tashkil etilishining qo‘llab-kuvvatlanishi- alohada ahamiyat kasb etadi. Bu tashabbusning ahamiyati boy tabiiy, mineral, energetiq mehnat va boshqa zaxiralarga ega bo‘lgan, dunyoning yetakchi davlatlarining geosiyosiy, geostrategik manfaatlari to‘qnashayotgan Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik mavqeining ortib borayotgani bilan izohlanadi. Shu munosabat bilan obru-e’tibori tobora oshib bora- yotgan ushbu mintaqaning yangi ta’sir doiralari va hukmronlik qilish uchun kurash maydoniga aylanib qolishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Bu tashabbus Markaziy Osiyo mintaqasining jahon xo‘jalik aloqalari, iqtisodiy va axborot makoniga faol uyg‘unlashuvi, dunyoning yetakchi davlatlari, xalqaro institutlari bilan siyosiy hamkorligining mustahkamlanishi, mintaqa mamlakatlarining xalqaro xavf­sizlikning global tizimiga integratsiyalashuviga xizmat qaladi.

Bu o‘rinda, yadro xavfsizligi yalpi xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida qaralishi zarur. Yadro quroliga ega va ega bo‘lmagan davlatlar majburiyatlarining muvozanati — yadro qurolidan holi zona faoliyatining mustahkam asosi sifatida xizmat qiladi.

Markaziy Osiyoda bunday zonaning mavjudligi Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnomada belgilangan yadro xavfsiz­ligi global tizimining ajralmas qismidir. Bu hol Markaziy Osiyo davlatlarining yadro qurolini tarqatmaslik va qurolsizlanish umumiy rejimiga faol qo‘shilib borayotganini anglatadi.

Ana shu maqsadda a’zo davlatlar xalqaro tajribada sinalgan quyidagi muxim tamoyillarga tayanmogi lozim:

mazkur zona yadro qurolidan to‘liq holi bo‘lishi shart;

uning faoliyatiga doir majburiyatlarni nafaqat a’zo davlatlar, balki, manfaatdor barcha mamlakatlar uz zimmasiga olishi mumkin;

yadro qurolidan holi zona tashkil etilishi xaqatsagi bitimlar uzaro kelishuvlarga qat’iy amal qilinishini ta’minlaydigan sa- marali nazorat tizimini shakllantirishni kuzda to‘tishi zarur;

nazorat MAGATE hamda BMT Xavfsizlik Kengashining kafo- lati asosida amalga oshirilishi darkor.

Shu bilan birgaliqda, yadro qurolsizlanish buyicha tadbirlarning amalga oshirilishidan tashqari ommaviy qirg‘in qurollari boshqa turlarining tarqalishini oldini olish borasida ham amaliy ishlar olib borilishi zarur. Bu boradagi hatti-harakatlar maslahatlashuv, axborot almashish orqali hamkorlik qalish, qurol-yarog‘ zaxiralari xaqatsa ma’lumot berish, shuningdek to‘qnashuvlar ruy berayotgan hududlardan qurol olib kelinishini qat’iy nazorat qilish izchil mexanizmlarini shakllantirish kabi tadbirlarni qamrab olishi kerak

Yadro xavfsizligi ko‘shni davlatlardagi bo‘linuvchi materiallardan aniq va ishonchli ximoya qolish vositalari bulishini taqozo etadi. Terrorizm va yadro materiallaridan foydalangan holda amal­ga oshirilishi mumkin xar qanday provokatsiyalarga qarshi ishonch­li ximoya bulishi darkor. Davlatlararo doirada esa bu diplomatlar, dav­lat va huquq-tartibot idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish, yadro materiallarini saqdash, nazorat qilish, hisobini olish, ularning xavfsizligini ta’minlash borasida xalqaro hamkorlikni fa- ollashtirish va chukurlashtirishda ifoda etiladi.

O‘zbekiston uchun mintaqaviy yadro xavfsizligi tahdidi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Masalan, Xindiston yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnomani imzolamagan bulsa-da, ayni paytda, mustaqal ravishda yadro yoqalgisini qayta ishlaydi va Pokiston singari yadro quroliga ega ekanini e’tiborga olish zarur. Xitoy ham yadro quroliga ega bo‘lgan davlat. Xindiston yadro quroli sinovini utkazgan vaqtdan buyon mintaqadagi muvozanat va barqarorlikka jiddiy zarar yetkazdi. Bunga javoban mintaqadagi yana bir davlat — Pokiston ham yadro quroli sinovini utkazdi. Keyingi yillarda Eron ham o‘zining yadro dasturini faollashtirishga harakat qilmoqda. Eron yadro dasturi atrofida vujudga kelgan vaziyat mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi hamda global oqabatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

O‘zbekiston nazarida yadro qurolining yaratilishi uni ishlab chiqa- rishni taqaqdagan xalqaro xukuq meyor va tamoyillariga ziddir. Shu bois xalqaro hamjamiyat yadro qurolini yaratish, unga egalik qadish borasidagi bunday intilishlarga befarq qarab turishi mumkin emas.

Shu bilan birgaliqda bunday keskin vaziyatni kuch ishlatish, konfrontatsiya yo‘li bilan xal etilmasligi darkor.

Fapb o‘z yadro dasto‘rini harbiy maqoaddarda qo‘llashga intilayotgan Eronni ayblab kelmoqda. Ayrim g‘arb mamlakatlari Eron yadro dasturiga oid ma’lumotlarni BMT doirasida kurib chiqashga va tegishli sanksiyalar qo‘llashga da’vat etmoqda. Eron esa, aksincha, ularning o‘z hududida boyitilishini talab etayotgani sababli, Fap6 bilan murosaga kelolmayapti. Ertami-kechmi, bu hol mamlakatga nisbatan sanksiya qo‘llanishi bilan yakun topishi mumkin. Keyingi vaqtda Eron yadro quroli ishlab chiqarish obyektlariga nuqtali zarba- lar berish lozimligi xaqada bildirilayotgan muloxazalar jiddiy xavotir uygotmasligi mumkin emas. Zero, Eron yadro dasturiga nis- batan kuch ishlatishga asoslangan xar qanday chora, iqisodiy-siyosiy sanksiyalar hamda embargo kutilgan samara berishi dargumon. Aksincha, ular Osiyodagi ikki mintaqa doirasida: Yaqan Sharq va Markaziy Osiyoda beqaror vaziyatni vujudga keltirishi eHTimoldan holi emas. Qolaversa, masalani kuch vositasida xal etishga o‘rinish Amerikaga nisbatan salbiy kayfiyatlarini kuchaytiradi, AQSH har­biy bazalari va boshqa obyektlari joylashgan mamlakatlar xavfsizligiga tahaid soladi. Eng muhimi, bunday yondashuv asosiy masala — ommaviy qarg‘in qurollarini tarqatmaslik masalasining hal etilishiga xizmat qilmaydi, aksincha, uning yanada chigallashuviga olib keladi.

Bundan tashqari, siyosiy sanksiyalar mintaqada ishonchsizlik muhitini vujudga keltirib, madaniy integratsiyalashuv jarayonlarini sekinlashtiradi, islomning siyosiylashuv jarayonini kuchaytiradi, ekstremistik harakatlar ko‘payishiga zamin yaratadi. Tabiiyki, bunday vaziyatda "Janub-Sharq" muloqoti yanada murakkablashadi. Agarda oddiy eron fuqarolari, ziyolilari, siyosatchi va tadbirkorlari ijtimoiy taraqqiyotning global jarayoniga jalb etilmas ekan, ushbu mamlakat rivojlanishining istiqbollarini tasavvur etish qoyin.

Eronga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar mintaqa iqtisodiyotini qoyin ahaolga solib quyishi mumkin. Bu hol ushbu mamlakat bilan savdo-iqtisodiy aloqalar urnatgan O‘zbekistonga ham salbiy ta’sir etish ehtimoli yo‘q emas. Qolaversa, sanksiyalar mintaqa doirasidagi integratsiya jarayonlariga ham katta ziyon yetkazadi. Bu mintaqa taraqqiyotiga qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikni yanada oshiradi.

Nuqtali zarbalar ham, yerdagi harbiy harakatlar ham, qanday natija keltirishidan qati nazar, mintaqada Fap6ra qarshi kuchlar faolligini oshirib, xalqaro terrorizm imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu hol butun dunyo miqosida ommaviy norozilik chiqishlarini kuchaytirish bilan birgaliqda global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga sabab bulishi mumkin. Bundan taishari, yadro materiallari saqlanayotgan tadqiqot markazlari nuqtali zarbalar suv va havo­ni ng zaxarlanishi, ommaviy epidemiyalarning boshlanishi oqibati mintaqadagi ekologik vaziyatni izdan chiqaradi. Yadro tadqiqot obyektlari asosan aholi yashash punktlari yaksnida joylashtirilgani sababli bunda zarbalar tinch aholi o‘rtasida ko‘plab talafotlarga olib keladi. Ushbu masala O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda, chunki bunday chora-tadbirlar oxir-oqibatda mintaqani gumani­tar falokat yoqasiga olib kelishi mumkin.

Vaziyat rivojining inqorozli ssenariysi AQSH va Isroil tomonidan Eronning yadro obyektlariga nuqtali zarbalar berish bi­lan cheklanmaydi, balki mintaqa doirayeida keskinlikning oshishi, uning butun xududida terroristik hatti-harakatlarning faollashuvi, hatto yadro materiallarining terroristlar qo‘liga tushib qolishi mumkinligini ham nazarda tutadi.

Rossiya va boshqa davlatlar atomdan tinchlik maqoadlarida foydalanish buyicha tegishli takliflar bilan Eronga murojaat qolmoqda. Binobarin, xalqaro xukuq meyorlariga moye bunday takliflardan samarali foydalanish zarur.

O‘zbekistonning mazkur masala buyicha nuqtai nazari mamlakatning milliy davlat manfaatlari, xalqaro xukuq meyorlari, barcha nizoli masalalarni tinch, muzokara yo‘li bilan hal etish tamoyillarining ustuvorligiga tayanadi. Eng muximi, bunda uzaro yon bosish va kelishuvlar tamoyili amal qilishi lozim. Har qanday masalani kuch ishlatish, xalqaro sanksiyalar, nustali zarbalar yoki mamlakatni bosib olish yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydi. Bunday hollarda BMT Nizomiga tayanish, masalaga ikki xil andazalar bilan yondashishdan voz kechish hamda muayyan muammo moxiyatidan kelib chiqab, uning xukuqiy jihatdan xal etish yo‘llarini izlash zarur. Eron yadro dasturi masalasida esa MAGATE uni xal etishning asosiy mexanizmi bo‘lib kolishi shart. Zero, mazkur muammoni yadro materialini yaratishga yaqonlashib qolgan mamlakat bilan konfrontatsiya yoki kuch vositasida xal etishga o‘rinishlar kushni davlatlar va butun xalqaro hamjamiyat xavfsizligiga tahaid soladi.

Markaziy Osiyo davlatlari tashqo ishlar vazirlari tomonidan 2006 yilning 8 sentabrida Qozogistonning Semipalatinsk shahoida Yadro qurolidan holi zonani tashkil etish to‘g‘risidagi Shartnomaning imzolanishi butun dunyo hamjamiyati tomonidan il i q qarshi olindi.

"Jahon"AA bergan ma’lumotlarga ko‘ra, turli mamlakatlarning taniqai siyosiy arboblari, olimlari mazkur tashabbusni ma’qullab, mazkur voqeaga o‘z munosabatlarini bildirgan. Masalan, Ros­siya taishi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, "Mar­kaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani tashkil etish goyasi O‘zbe­kiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 13 yil ilgari BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ilgari surilgan edi. O‘zbekiston tomoni, — deya davom etadi S.Lavrov, — Shartnoma matnini ishlab chirsh va uni Semipalatinsqda mintaqadagi beshta davlat raxbari tomonidan imzolash darajasigacha yetkazish ishiga katta xissa kushdi".

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani tashkil etish to‘g‘ri­sidagi Shartnoma AQShning ekspert-tahlilchilari va ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha amerikalik mutaxassislarning nazarida, bunday hujjatning imzolanishi nafaqat mintaqa doirasidagi, balki jahon miqyosidagi muhim voqeadir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi mintaqaviy va global xavfsizlikni, yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustaxkamlash ishiga qo‘shilgan katta xissadir. Bu shubxasiz O‘zbekistonning ulkan tashqi siyosiy saloxiyata, uning xalqaro obru-e’taborining tasdig‘idir.

Kolumbiya universiteti xuzuridagi Barnard instituta professori Kamberli Martinning fiqoicha, ushbu shartnomaning imzolanishi — Markaziy Osiyo davlatlarining ommaviy qirg‘in qurolla­ri va yadro materiallarining tarqalishini oldini olish, terroristlarning atom qurolini qo‘lga kiritishiga yo‘l kuymaslik borasidagi ko‘p yillik mintaqaviy hamkorligining yorqin ifodasidir. Mintaqadagi beshta davlatning mazkur masala yuzasidan yagona nuqtai nazari ularning Markaziy Osiyo mintaqasida yadro qurolini joy lashtirilmasligidan manfaatdor ekanini tasdiqdaydi. Tahlilchining nazarida, bunday yakdillik xalqaro terrorizmga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirilayotgan xududda joylashgan mintaqa uchun uta muxim ahamiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari terrorga qarshi kurashda ular kimning tarafida ekanini namoyon qapib, bu yovuz kuchga qarshi prinsipial munosabatini yana bir bor yaqqol ifoda etdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun goyat muxim bo‘lgan yana bir muammo — suv zaxiralaridan oqilona foydalanish masalasi. Zero, suv ta’minoti va transchegaraviy suv zaxiralaridan birgaliqda foy­dalanish ushbu mintaqa mamlakatlari taraqaiyotiga tusiq bo‘lib kelayotgan omillardan biri.

Suv masalasi — milliy xavfsizlik manfaatlariga ta’sir etadigan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat kurilishi jarayoniga daxl qaiadigan mavzulardan biri. Chunki suv nafaqat muayyan mamlakat iktisodiy va ijtimoiy soxasini muvaffaqoyatli modernizatsiya qalish, balki Markaziy Osiyo mintaqasini nazorat qilish imkonini beradigan uta muxim geoiqtisodiy hamda strategik omil bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Shuning uchun ushbu mintaqa davlatla­ri tomonidan barcha mamlakatlar manfaatlarini inobatga oladigan o‘zaro kelishilgan "suv diplomatiyasi"ning amalga oshirilishi ushbu hududda barqaror ekologik vaziyat, har tomonlama taraqqiyot, tinchlik-osoyishtalik saqlanishining muhim omili hisoblanadi.

Xo‘sh, Markaziy Osiyodagi suv muammosining negizi nimada? Ma’lumki, Markaziy Osiyo issiq mintaqa bo‘lgani sababli XIX asrning ikkinchi yarmidan maxalliy kuchmanchi qabilalar ugroq turmush tarziga o‘tgan paytlardan e’tiboran suv muammosi mavjud bo‘lgan. Bugungi kunga kelib, bu muammo yanada keskin tuye oldi. Bu, avvalo, Markaziy Osiyo mintaqayeining yagona suv majmuiga birlashgan umumiy boshqaruvning barbod bulishi, ya’ni xar bir davlat ko‘pincha kushnilar bilan kelishmagan holda o‘z suv siyosatini yurita boshlashi bilan izohlanadi. Ketma-ket uch yildan buyon yuz bergan kurg‘oqchilik suv muammosini keskinlashtirib, Amudaryoning Orol dengi- ziga tutashgan quyi oqomida jiddiy inqirozni keltirib chiqardi. Qolaversa, bu muammo sobiq ittifoq davrida chullarni uzlashti- rish dasturi doirasida Sirdaryo va Amudaryo suvlaridan nooqalona foydalanish oqabatida paydo bo‘lgan edi.

Uzoq vaqt mobaynida mazkur muammoning hal etilmagani min­taqa davlatlari o‘rtasida suvdan foydalanishning muayyan masalalari buyicha tafovut va kelishmovchiliklarning mavjudligi bilan belgilanadi. Achinarlisi shundaki, bu kelishmovchiliklar mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi. Xususan, Qirg‘izistonning qo‘shni davlatlar bilan kelishilmagan holda Toqtogul GESi orqali katta hajmdagi suvni oqizib yuborishi Fargona vodiysi, Sirdaryo va Jizzax vilo- yatidagi katta yer maydonlarini suv bosib ketishiga olib keldi.

Bu boradagi yana bir muammo — axborot almashinuvi bilan bog‘liq masaladir. Hozirgi vaqtda aniq va ishonchli ma’lumotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Uni tuplash va umumlashtirish uchun esa tegishli baza bulishi lozim. Suv masalasiga oid barcha zarur ma’lumotlarning yo‘qaigi axborot makonida chigal vaziyatlarni vujudga keltirmoqda. Xalqaro xuku q meyorlaridan chekinib, milliy qonunchilikka ypg‘y berilishi, "ziyon yetkazma" tamoyilining unutilishi ham masalaning hal etilishiga xizmat qatmaydi.

Mintaqada suvdan foydalanish soxasida barqarorlikka suv zaxiralaridan birgaliqda foydalanishning umumiy huquqiy negizining yaratilmagani, mintaqa mamlakaglarida shaxsiy manfaatlarining ustuvorligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishdagi tafovutlar hamda suvga bo‘lgan ehtiyojining uzluksiz ortib borayotgani ham salbiy ta’sir etmoqda. Kelgusida mintaqada suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish oqabatida uning kamayishi Mar­kaziy Osiyoda geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlashuv jarayonini kuchaytirishi mumkin. Shu bois mazkur masalaning samarali xal etilishi mintaqadagi barqarorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lar edi.

Xo‘sh, vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘li bormi?

Mazkur masalaning hal etilishi jiddiy yondashuvni talab etadi. Chunki goyat keng qamrovli ushbu muammoning quyidagi jihatlari ko‘zga tashlanadi:

Ekologik jixati — yerlarning suv bosishi tufayli mintaqadagi ekologik muvozanat buzilayotgani, kollektor-drenaj tarmog‘ining ishdan chiqishi ta’sirida yerlarning meliorativ holatining yomonlashuvi va shurlashuvi;

iqtisodiy jihati — katta xajmdagi suvni oqizib yuborilishi oxibatida yashash joylari, qashloq xujalik ekinlarini suv bosi­shi va h.k.

energetik jihati — bunday muammoning mavjudligi energe­tik inshrozni keltirib chiqaradi (Qirg‘izistonda qash faslida gazning uchirilishi);

irrigatsion jirata — katta hajmdagi suvning oqizilishi oqabatida quyiroqda joylashgan mamlakatlardagi hosildor tuproq qatlamining yuvilib ketishi, suv inshootlarining ishdan chiqashi.

Aynan shuning uchun chegaralarning ikki tomonidagi suv zaxiralaridan foydalanish masalasi imkon darajasida tezroq xal etilmofi zarur. Aks holda, yevropalik va amerikalik siyosatshunoslar taxmin qilganidek kelajaqda mazkur masala mintaqada jiddiy Harbiy to‘qnashuvlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, Markaziy Osiyoda suv masalasining hal qatinmagani ko‘plab mintaqaviy, ichki va lokal nizolarning bartaraf etilishiga to‘sqinlik qilib, mintaqadagi beshta davlat o‘rtasidagi munosabatlarda og‘riqli nuqtta bo‘lib qolayotir, ularning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotir.

Shuning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning beqarorlashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda mintaqaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy, texnologiq iqtisodiy va ekologik salohiyatini ishga solib, tegishli chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish hayotiy zaruratga aylandi. Shu bilan birgaliqda, Markaziy Osiyoda suv taqdimoti masa­lasining izchil hal etilishi mintaqa davlatlarining iqchisodiy, ehtimol kelajaqda, siyosiy kooperatsiyasining yanada jadallashuviga asos bo‘lardi. Mazkur muammoni hal etish, avvalo, mintaqa energetikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida do­nor mamlakatlar ko‘magi va zaxiralarini ishga solib, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlarini ishlab chiqash zarur. Shuningdeq qisqa muddatlarga mo‘ljallangan strategiya ham o‘zgartirilishi kerak Xususan, barcha sohalarda ko‘p tomonlama konsensus va kelishuvlarga erishish borasida ilgari rejalashtirilgan tadbirlar o‘rniga milliy doirada suv va energiyaga tegishli tashkiliy, boshqaruv, moliyaviy cheklanishlar masalasida hal etish hamda Sirdaryo havzasida suv taqsimoti va energiya almashish borasida davlatlararo hamkorlik­ni jadal rivojlantirish darkor.

Binobarin, suv-energetika sohasida hamkorlikni rivojlanti­rish o‘zaro yon berish, birgaliqda mavjud masalalarni hal etish samaradorligi bilan belgilanadigan yangicha yechimlar izlashni talab etadigan ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Mintaqada bu boradagi muloqot ko‘p tomonlama va ikki tomonlama asosda (YevrAzES doirasida) olib borilmoqda. Keyingi vaqtda Xalqaro suv-energetika Konsorsiumi (XSEK) boyasi to‘xtovsiz muhokama qilinmoqda. Hozirgi vaqtda mintaqa davlat boshliqdari tomonidan XSEKni tashkil etish to‘g‘risida siyosiy qaror qabul qalingan bulsa-da, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun barcha manfaatdor mamlakatlarning bu boradagi sa’y-harakatlarini yanada jadallashtirish talab etilmoqda.

Sirdaryo davzasi suv-energetika zaxiralaridan foydalanish borasida o‘zining milliy manfaatlari nuqtai nazaridan mintaqa davlatlari ikki guruhga bo‘linadi. Suvning boshida joylashgan Qairg‘iziston va Tojikiston, avvalo, suv zaxiralaridan foydalanishning energetik jihatidan manfaatdor davlat, sug‘orish masalasi ular uchun ikkilamchidir; Qozog‘iston va O‘zbekistan uchun, aksincha, sug‘orish ustuvor masala hisoblanadi. Shu munosabat bilan davlatlar o‘rtasida foydalanish davri nuqtai nazaridan suvga bo‘lgan ehtiyoj masalasida ziddiyatlar kelib chiqmoqda. Masalan, energetika uchun suv asosan vegetatsiya davrigacha talab etilsa, sug‘orma dehqonchilik uchun aynan vegetatsiya davrida suvga ehtiyoj govori bo‘ladi.

Ushbu tamoyillar mintaqa davlatlari suv-energetika sohasi vakillarining 1995 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan yig‘ilishlarida muhokama etilgan kelishuvlar loyhalari asosini tashkil etadi. Ammo yuqorida tilga olingan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekis­ton o‘rtasida Bitim 1998 yildagina imzolandi. 1999 yil 17 iyunidan Tojikiston ham ushbu bitimga qo‘shildi. Hozirgi vaziyatda taraflar uchun o‘zaro manfaatli hatti-harakatlar orqaligina ularning suvga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi mumkin. Basseyndagi suv- energetika zaxiralarini boshqarish borasida hozirgacha olib borilayotgan sa’y-harakatlar zaxiralarini nizosiz taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.

Bozor munosabatlariga o‘tgandan keyin Markaziy Osiyodagi har bir davlat, birinchidan, hududidagi tabiiy zaxiralarga ma’lum qiymatga ega tovar sifatida qaray boshlaydi; ikkinchidan, elektr energiyasi bilan o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga intilmoqda; uchinchidan, mavjud suv zaxiralaridan samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Bugungi kunga kelib, taraflar tomonidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar to‘liq bajarilmayotir. 1998 yildagi Bitim bandlarining bajarilmasligi yoqilg‘i va suv iste’molchilarining ular­ning haqini to‘lay olishga qodir emasligi uning hajmlarini baholash mexanizmining nomukamalligi bilan izohlanadi.

Idoralararo va davlatlararo ziddiyatlarni yumshatishga xizmat qilayotgan konpensatsion to‘lovlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mintaqa davlatlarida bozor munosabatlarini qay darajada joriy etilishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Agar bugun iqtisodiyot shart qo‘yayotgan ekan, demaq zaxiralar ikki tomonlama manfaatdorlik mavjud bo‘lgan tomonga yo‘naltirilishi, harakatning eng oqilona, samarali yo‘lini esa bozor mexanizmi o‘zi belgilab beradi. Buning uchun Markaziy Osiyoda suv-energetika masalasini tartibga solish maqoadida faoliyatning iqisodiy jihatdan eng foydali variantini aniqlab beradigan max- sus tijorat tuzilmasining tashkil etilishi maqoatsga muvofiqair. Aynan shu maqoatsda tashkil etilayotgan Xalqaro suv-energetika Konsorsiumi (XSEK) zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanmoqda:

moliyaviy mexanizm sifatida u, birinchidan, suv va energetika zaxiralari iste’molchilarining suvdan foydalanish uchun to‘laydigan vositalarning yetishmovchiligi masalasini hal etishi, ikkinchidan, to‘lovlarning vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi lozim;

sug‘urta tashkiloti sifatida, inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan va obyektiv sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararni qoplashi zarur. Subyektiv sabablarga ko‘ra, yetkazilgan zarar aybdor tomonidan jarima shaklida qoplanadi.

2004 yilning 30 iyulida Olmaota shahrida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakolatxonasida "Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti"ga a’zo davlatlarning idoralararo ishchi guruhlarining Jahon bankining vakillari o‘rtasida Xalqaro suv-energetika Konsorsiumini (XSEK) tashkil etish Konsepsiyasi loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha "Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti"ga a’zo davlatlar boshliqlarining Xalqaro suv-energetika Konsorsiumini tashkil etish to‘g‘risidagi 2003 yil 6 iyuldagi topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan edi.

Konsorsium o‘z faoliyatida a’zo davlatlar qonunchiligiga, xususan, yagona iqtisodiy makonning tashkil etish to‘g‘risidagi Shartnoma, davlat rahbarlari kengashlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari Bosh vazirlari kengashining qarorlari hamda xalqaro huquq normalariga tayanib ish yuritadi. Konsorsi­um ixtiyoriylik teng xuquqlilik asosida tashkil etilmoqda. Uning ishtirokchilari ishlab chiqarish xo‘jalik mustaqilligini saqlab qolgan holda, o‘zaro munosabatlarda yuridik shaxs hisoblanadi.

Konsorsiumning maqsad hamda vazifalari quyidagilardan iborat:

mintaqatsagi suv-energetika zaxiralaridan samarali foydalanish va ularni rivojlantirish buyicha birgaliqdagi o‘zaro foydali faoliyat tizimini shakllantirish;

suv xo‘jaligi va yoqilg‘i-energetika tarmoqlarining ishlab chiqarish va texnologik jihatdan kooperatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish;

mintaqa suv-energetika sohasini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish;

suv-energetika zaxiralarini tejash strategiyasini ta’minlash;

suv-energetika zaxiralaridan foydalanishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish borasida takliflar ishlab chiqish va taqsim etish;

yangi suv-energetika obyektlari kurish va amaldagilarini rekonstruksiya qilish borasida o‘zaro manfaatli loyhalarni ishlab chiqish va joriy etish.

Konsorsium faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

a’zo davlatlarning ta’sischilar bergan vakolatlar doirasida suv- energetika zaxiralaridan oqilona foydalanish bo‘yicha suv xo‘jaligi va yoqilg‘i-energetika idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish;

energetika tizimlarining samarali, tejamkor ishlashini ta’­minlash uchun shart-sharoit yaratish, birgalikdagi faoliyatning afzalliklaridan foydalanish, suv omborlarining belgilangan ish rejimi hamda kelishuv va shartnomalar asosida yetkazib berilgan, ortiqcha elektr energiyasi hajmi tartibiga rioya etish;

mintaqadagi suv-energetika zaxiralaridan o‘zaro manfaatli foydalanish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish;

suv-energetika zaxiralaridan oqilona foydalanish sohasida a’zo davlatlar umumiy qonunchilik bazasini shakllantirish imkonini beradigan milliy qonunchilik meyorlarini yaqinlashtirish, huquqiy asoslarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

yangi suv-energetika quvvatlarini barpo etish va amaldagila­rini rekonstruksiya qilishga qaratilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish;

elektr energetika va suv xo‘jaligi sohasida davlatlararo, xukumatlararo idora, tashkilotlar, xo‘jalik subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

a’zo davlatlar yoqilg‘i-energetika, suv majmualarining sama­rali faoliyatini ta’minlash maqsadida narxlar, soliq, bojxona va tariflar sohasida o‘zaro kelishilgan siyosat yuritish;

ortiqcha elektr energiyasi, yoqilgi-energetika zaxiralari uchun to‘lovlar va o‘zaro hisob-kitobning kelishilgan mexanizmining amalda ishlashini ta’minlash;

elektr energetika, suv xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlatlararo, hukumatlararo kelishuvlarni tayyorlashda ishtirok etish;

— konsorsium tarkibiga kiradigan korxona va tashkilotlarga moddiy-texnika resurslari, ehtiyot qismlar, qurilish konstruksiyalarini yetkazib berilishini ta’minlash.

A’zo davlatlar tomonidan belgilangan yoqilg‘i-energetika majmui, suv xo‘jaligiga oid vazirlik va idoralar, milliy korpora­siya, kompaniyalar, korxona va tashkilotlar Konsorsium ta’sischilari sifatida ishtirok etadi. Ta’sischilar qaroriga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar hamda mulkchilik shaklidan qati nazar, jismoniy va yuridik shaxslar ham konsorsium tarkibiga kiritilishi mumkin. Konsorsiumning maqsad-vazifalarini tan olgan boshqa tashkilotlarning a’zo bo‘lishi uchun ochiqdir.

Hozirgi vaqtda demokratlashtirish jarayoni omili, siyosiy-ijtimoiy tizimlar barqarorligini ta’minlash, aholining siyosiy - huquqiy madaniyatini oshirish masalasi ham kun tartibidan olingani yo‘q. Demokratlashtirish jarayonining samaradorligi xokimiyat tizimini erkinlashtirish hamda davlat mexanizmini islox etish borasida amalga oshiriladigan izchil sa’y-harakatlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu oxir-oqibatda huquqiy davlat hamda rivojlangan fu- qarolik jamiyatini barpo etishga xizmat qalmog‘i lozim. Albatta, yagona tarix siyosiy-iqtisodiy tizimga ega bo‘lgan, bugungi kunga kelib integratsiyaga kirishayotgan davlatlar o‘z milliy qonunchiligini muvofiqlashtirish hamda yagona demoqoatik andazalarga tayangan holda mintaqaviy va mintaqalararo taraqqiyot masalalarini birgalikda hal etishlari darkor. Faqat shu asosda jamiyat erkinligi, adolat, xar bir kishining xuquq-manfaatlarini ta’minlaydigan samarali ishlaydigan mexanizm va tizimlar vujudga keltirilishi mumkin. Shu ma’noda, integratsiyalashuv demokratik institutlar, bozor iqisodiyoti, shaxsning xuquq va erkinliklari hamda milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida tuplangan ilg‘or tajribadan foydalanish uchun zarur shart-sharoit yaratib beradi. Bu o‘z navbatida xuquqiy, iqtisodiy, qisman siyosiy tizimlarning mintaqa darajasida bir xillashtirilishini (albatta, mintaqaviy va mintaqalararo tuzilmalar faoliyatini lozim darajada ta’minlash uchun, shuningdek kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida) taqozo etadi.

Bu jarayonda mintaqaviy va mintaqalararo manfaatlarning sa­marali tizimini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan mafkuraviy negizni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ijtimoiy tashabbus, turli ekspert, mutaxassis hamda siyosiy yetakchilar o‘rtasida bahs-munozara tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Globallashuv sharoitida jahon taraqqiyotida iqtisodiyotning internatsionallashuvi, alohida davlat va mintaqalar o‘rtasida axborot, madaniy aloqalarning jadallashuvi, xavfsizlikning lokal hamda xalqaro tizimlarining o‘zaro bog‘liqligining kuchayishi, xususan, xalqaro munosabatlar tizimida muayyan o‘zgarishlar namoyon bo‘lmoqda.

Boy tabiiy zaxiralarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo jahondagi yetakchi davlatlar uchun geosiyosiy, geoiqtisodiy nuqtai nazardan alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan shu mintaqada xalqaro kuch markazlari geostrategik manfaatlarining tutashuvi hamda to‘qnashuvini kuzatish mumkin. Ularning bu Markaziy Osiyodagi faolligining ortib borishi nafaqat "o‘yinchi"larning o‘zini, balki navbatdagi "o‘yin" tashkil etilgan mamlakatlarni ham tashvishlantirmog‘i lozim. Zero, ta’sir doiralarni o‘zgartishga qaratilgan intilishlar turli nizo va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarib, siyosiy barqarorlik va tinchlikka raxna soladi.

Ayrim mamlakatlarda va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatning tez o‘zgarib borayotgani, barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolayotgani, shuningdek bunday sa’y-harakatlarning ortida turgan kuchlarning imkoniyat va zaxiralari ushbu mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar taqdiri barcha davlat va kishilarni tashvishlantirmasligi mumkin emas.

Umuman olganda, keyingi vaqtda mintaqada yuzaga kelgan vaziyatni strategik mavhumlik hamda hal etilishi zarur bo‘lgan murakkab ziddiyatlardan iborat holat deya talqin etish mumkin.

So‘nggi vaqda mintaqada ro‘y bergan voqea-hodisalarda bundagi siyosiy-iqtisodiy kuchlar muvozanatini o‘z foydasiga ag‘darish, min­taqada hukmronlik qilishga qaratilgan uzoqni ko‘zlagan strategik rejaning ayrim jihatlarigina ko‘zga tashlanmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, xavfsizlik va barqarorlikka zamonaviy tahdidlarning nafaqat ko‘lami, balki har bir mamlakatdagi vaziyat, uning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda geosiyosiy maqsadlarga erishishning shakllari, vosita hamda usullari ham tubdan o‘zgarmoqda.

Bu kuchlarning turli ekstremistik va ayirmachi tuzilmalar bi­lan birlashib, uz maqoadlariga erishish yo‘lida hatto radikal diniy tashkilotlardan foydalanishga intilayotgani (Qizig‘i shunda­ki, boshqa vaziyatlarda ular terroristik tashkilot deb atalgan bo‘lardi), ayniqoa, xatarlidir. Bunday intilishlarning bosh maqsadi — mintaqada o‘ziga xos "boshqariladigan beqarorlikni" vujudga keltirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni izdan chiqarish, o‘z taraqqiyot modelini tiqishtirishga qaratilgan.

Ma’lumki, mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri — Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqaviy xavfsizlikning mustahkam tizimini shakllantirish hamda shu orqali mintaqa davlatlarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashdan iborat. O‘zbekistonda azaldan "Qo‘shning tinch — sen tinch" tamoyiliga amal qilib kelinadi.

Sayyoramizda mislsiz darajada qurol-yarog‘ to‘plangan XXI asrda allaqachon o‘z milliy davlat manfaatlarini himoya qilishda kuch va nizo vositasida hal etishdan voz kechib, ularning o‘zaro muvozanatini ta’minlash yo‘lidan borish talab etilmoqda. Shu ma’noda, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik muammolarining hal etilishi buyuk davlatlarning hamda mintaqa mamlakatlarining man­faatlarini inobatga olishni taqozo etadi. MDXning ayrim davlatlarida sheriklarni mintaqadan siqib chiqarishga qaratilgan o‘yinlar mavjud muammolarning hal etilishiga emas, aksincha, ushbu mamlakatlardagi inqirozning yanada chuqurlashuvi hamda chegara hududlarida keskinlikning ortishiga olib keldi.

Hozirgi davrda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash jahondagi barcha mamlakatlarni birlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, jahon hamjamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarga qaramasdan, xalqaro terrorizm va ekst­remizm markazlari butun dunyo miqyosida, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida terroristik hatti-harakatlarini faollashtir- moqda. Binobarin, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining bu yovuz kuchga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-kuvvatlab kelmoqda.

O‘zbekistonning dunyo miqosida va mintaqa darajasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari, birinchi galda, zamonaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan hamda amalda ishlaydigan xalqaro institut va mexanizmlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.

1999 yildayok OBSEning Istambul sammitida so’zlagan nutqida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT tuzilmasi doirasida terrorizmga qarshi kurashish Xalqaro markazini tashkil etish taklifini ilgari surgan edi. Keyinroq ushbu taklif 2000 yilning 7—8 sentabrida Nyu-Yorqda bo‘lib o‘tgan BMTning ming yillik sam­mitida ham yangragan edi. Ushbu tashabbusni rivojlantirish maqsadida 2000 yilning oktabrida BMT, OBSE hamda O‘zbekiston xukumati tomonidan tashkil etilgan "Markaziy Osiyoda xavfsiz­lik va barqarorlikni ta’minlash: giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi birga­liqda kurashish" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 70 dav­lat va 40 xalqaro tashkilot ekspertlari tomonidan barcha tashqi tahdidlar majmuini e’tiborga olgan holda, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish strategiyasining umumiy yondashuvlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

O‘zbekistan terrorizmning barcha ko‘rinishlari va uning manbalariga qarshi kurashishga oid BMTning barcha xujjatlarini, jumladan, 11 ta konvensiya hamda ikkita protokolini imzolagan bir necha davlatlar dan biridir. 2001 yilda BMT Terrorizmga qarshi kumitasining 1373-sonli rezolyutsiyasining ishlab chiqalgani O‘zbekistonning bu boradagi tashabbuslarining amalda tatbiq etilganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosatining muham yunalishlaridan biri — mintaqada narkotajovuzga qarshi kurashishdir. BMT Bosh Kotibi Annanning 2002 yil oktabrida O‘zbekistonga qatgan rasmiy tashrifi chog‘ida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Toshkent shahrida giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish buyicha Mar­kaziy Osiyo mintaqaviy axborot va muvofiqdashtirish markazini (SARIKS) tashkil etish goyasini ilgari surdi.

Mazkur markaz faoliyati giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va boshqa jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratib borishga qaratilgan. Ushbu baza maxsus elektron kanallar orqali giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy agentliklari, huquq-tartibot, chegara hamda bojxona idoralari tomonidan markazga taqdim etiladigan operativ ma’lumotlar asosida shakllanib borishi kerak SARIKSda ishtirok etadigan har bir davlat istagan paytda mintaqa va xalqaro miqosda qadiruv tadbirlarini amalga oshirshsda tahailiy materiallar va axborotlarni surab olishi mumkin.

2005 yilning sentabrida SARIKS ta’sis xujjatlarini tayyorlash loyihasining dastlabki bosqachi boshlandi. A’zo davlatlar vakillaridan iborat loyiha guruha (LG) uni amalga oshirish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni shakllantirish maqsadida oylik yig‘ilishlarni o‘tkazib turadi. 2006 yilning 23—24 martida Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishda mazkur guruhning funksional vazifalari va harakat dasturi tasdiqdandi. LG 2006 yilning 25—27 apreli va 30 may — 1 iyunda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarida a’zo davlatlar tomonidan SARIKSning ta’sis xujjatlari loyhalari muhokama etildi. Mazkur markazning Olmaota shahrida o‘z faoliyatini boshlagani mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbe­kistonning qo‘shgan amaliy hassasining ifodasidir.

Ma’lumki, giyohvand moddalarni ishlab chiqarish xalqaro terrorizmni moliyaviy jihatdan qo‘llab-kuvvatlash, mintaqadagi vaziyatni izdan chiqaradigan kudratli kuchga aylanib borayotir. Sunggi yillarda Afgonistonda giyohoand moddalar, xususan, geroin ishlab chi­qarish yuqori sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Bu og‘y sanoat asosida ishlab chiqarilayotir. Afg‘onistondagi xalqaro kuchlar esa asosiy e’tiborni terrorizmga qarshi kurashga qaratib, uni moliyaviy jshatdan qo‘llab-kuvvatlayotgan narkotrafik kulamining mislsiz darajada kengayib borayotgani ularning e’tiboridan chetda chiqib ketmoqda. Afg‘onistonda aholi aksariyat qismi moddiy ahvolining og‘irligi, dunyo hamjamiyatining ushbu mamlakat iqtisodiy infratuzilmasini tiklash borasidagi sa’y-harakatlarining sustligi afg‘onlarning giyohvand moddalarni yetishtirish va ishlab chiqarishda keng ishtirok etishiga undamoqda. 2004 yilda Afg‘onistonda geroin ishlab chiqarish 360 tonnaga yetdi. 2006 yilda bu kursatkich 400 tonnaga yetishi hamda giyohvand moddalar ekin maydonlari 100 mingga oshganini inobatga olinsa, narkobaronlarning giyohaand moddalar noqonuniy savdosidan oladigan sof daromadi 3 mlrd AQSH dollarini tashkil etishi mumkin. Ana shu narkodollarlarning kattagina qismi ekstremistik va terroristik faoliyatni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.

Xozirgi vaqtda Afg‘onistonda nasha va ko‘knori ekin maydonlarida 1,8 mln nafar kishi jalb etilgan. Har gektardan yiliga 15—16 ming dollar miqaorida daromad olinmoqda. Achinarlisi shundaki, narkobiznesda an’anaviy ravishda ishtirok etib kelayotgan sobiq dala kumondonlari va mahalliy uyushgan jinoiy tudalar boshliqlaridan tashqari, giyohvand moddalarni Hamdo‘stlik mamlakatlariga kontrabanda qilishda Afg‘oniston markaziy hokimiyat va xukuq-tartibot idoralari vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Bunday holat mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishi va parokandalikni yanada kuchaytirishi tabiiydir. Agarda keyingi vaqtda Afg‘oniston hududida faoliyat yuritayotgan xalqaro terroristik guruhlar imkoniyatlarining kengayishi, ularning faollashuvini e’tiborga olsak bu hol nafaqat ushbu mamlakat bilan chegaradosh, balki uning tashqarisidagi davlatlarning xavfsizligi va barqarorligiga ham jiddiy tahdid solishi mumkin.

O‘zbekiston bunday xatarli hatti-harakatlarni hamda xalqaro terrorizmni muqaddas dinimiz — islom bilan boglashga o‘rinishlarni qattiq qoralaydi. Chunki bunday harakatlar "Al-Qoida" yoki "Hizb ut-tahrir" singari ashaddiy ekstremistik tashkilotlar qo‘liga qurol tutqazadi.

Aslida bizning ajdodlarimiz asrlar mobaynida jaxon tamadduni tarakkiyoti, ma’naviy, madaniy va diniy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelganlar. Shu boisdan Buxoroga "kubbat ul-islom"(islom quvvati) deb nisbat berilishi bejiz emas. Hozirgi nizo va to‘qnashuvlar davom etayotgan murakkab va tahaikali zamonda buyuk ajdodlarimizning millati, tili, diniy e’tiqodidan qat’i na­zar, har insonni yuksak qadrlash, jamiyatda muxabbat va dustlik muhitini qaror toptirish, yetim-yesir, beva-bechoralarga muruvvat kursatish xaqadagi ugitlari aloxida ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash joizki, islomning uzida jiddiy ziddiyat mavjud. Shu munosabat bilan barcha sa’y-harakatlarni ma’rifatli, bagrikeng islomga tayanib, unda hukmronlik qalishga intilayotgan aqadaparast kuchlarga qarshi keskin kurash olib borish zarur.

Xozirgi vaqtda ekstremistik yunalishdagi diniy tashkilotlar aholisi asosan musulmonlardan iborat mamlakatlardagina emas, balki Rossiya, Uqoaina va MDXning boshqa davlatlarida ham faoliyat yuritib, terroristik xavf-xatarning kuchayishi, ichki siyosiy vaziyatning izdan chiqashiga qulay shart-sharoit yaratmoqda. Ularning bunday faolligi tashqa kuchlar tomonidan, shu jumladan, Arab Sharqa va Janubiy Osiyo mamlakatlari hamda ularning g‘arbdagi maslakdoshlaridan kelayotgan kattagina moliyaviy ko‘mak bilan ham izoxlanadi.

Yadro quroli va unga egalik qalayotgan davlatlar sonining ko‘payishi ham harbiy-siyosiy xato yoki "texnik" sabablarga kura ishga solinishi ehtimolining mavjudligi jiddiy xavotir uygotadi. Qolaversa, ommaviy qarg‘in qurollarining xalqaro terroristlar qo‘liga tushib qolish xavfi ham u qadar mavxum emas. Xar holda ularning bunga intilayotgani xaqadagi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda. Tabiiyki, bunday vaziyatda nafaqat xalqaro xavfsizliq balki milliy xavfsizlik xaqida so‘z yuritish qiyin.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ana shu muhim omilga taya­nib, 1993 yilning 28 sentabrida BMT Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday degan edi: "Hozirgi zamon voqeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas. Mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajralgan holda kurib bo‘lmaydi. Shunga asoslanib, O‘zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnomaning samarali harakat qalishi va uning xech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qatadi. Bizning respublikamiz ana shu Shartnomaning harakat qilish muddatini uzaytirishga oid Konferensiyaga tayyorgarlik muzokaralarida faol qatnashadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona deb e’lon qalinishining qatiy tarafdoridir". O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlikning mustahkam poydevorini yaratish borasidagi intilishlari sayyoramizdagi ko‘plab davlatlar, shu jumladan, mintaqamizda joylashgan mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi Islom Karimovning 1996 yil dekabridagi yalpi xalqaro xavfsizlik modellari muxokamasiga bag’ishlangan Lissabon sammitida uz ifodasini topdi. Olmaota Dek­laratsiyasi (1997 yil 28 fevral) hamda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bayonoti (1997 yil 15 sentabr) asosida Markaziy Osiyoda yadrosiz zona deb e’lon qilinishi to‘g‘risidagi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1997 yil 6 noyabr Rezolyutsiyasi qabul qalinganidan keyin davlatimiz raxbarining ushbu tashabbusi amaliyotga tatbiq etila boshladi. Xalqaro va mintaqa doirasida ushbu xududda joylashgan davlatlar manfaatlarini xisobga olgan holda Yadro qurolidan xoli hudud (YAQAX) xaqidagi Shartnoma va unga oid Protokol loyihalarini ishlab chiqishga kirishildi. Ushbu xujjatlarni ishlab chiqish jarayonida yadro quroliga ega davlatlar, birinchi galda, qo‘shni davlatlar — Rossiya va Xitoyning nuqtai nazari e’tiborga olindi.

Mintaqada YAKXXni tashkil etish mexanizmini shakllantirish borasida dastlabki bosqich sifatida Toshkentda 1997 yil sentabr oyida "Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli hudud" mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Markaziy Osiyo mintaqadagi beshta davlat tashqi ishlar vazirlarining yakuniy bayonotida Markaziy Osiyoda yadrodan xoli hududni tashkil etish to‘g‘risidagi Shartnomani tayyorlash shakllarini kurib chiqash uchun BMT hamda mahalliy ekspertlar guruhini shakllantirish taklifi ilgari surildi. Mazkur taklif BMT tomonidan ma’qullangach, ekspertlar guruhi tashkil etildi.

MAGATE va BMTning qurolsizlanish boshqarmasining faol ishtirokida Markaziy Osiyoda YAKXX to‘g‘risida Shartnomani ishlab chiqish buyicha ko‘p tomonlama muzokaralar boshlandi. Ushbu muzokaralarda nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki beshta yadro quroliga ega dav­latlar — BMT XK doimiy a’zolari delegatsiyalari ham ishtirok etdi.

2006 yilning 8 sentabrida Semipalatinsk shahoida Qozogiston, 10irgiziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari tomonidan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi xududni tashkil etish to‘g‘risidagi Shartnoma imzolandi. Shunday qalib, O‘zbekistonning bu tashabbusi global hamda mintaqa doira­sida xalqaro xavfsizlik tizimini mustaxkamlash ishiga kushgan muhim hissasi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi.

Atrof-muhitni muhofaza etish hamda mavjud zaxiralarni asrab- avaylash masalasi ham mintaqa taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Bu hol 1997 yilning fevralida Orolni qutqarish xalqaro fondining Olmaotada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi hujjatlarida aks ettirilgan. Mazkur anjumanda beshta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan Orol muammosi, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli xududni tashkil etish, yadro texnologiyalari va xomashyolarining utirlanishiga qarshi kurashish masalalarini qamrab olgan mintaqa doirasidagi ekologik xavfsizlikning kompleks dasto‘rini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Darhaqiqat, xozirgi vaqada yadro xavfsizligi masalasi eng muhim global muammolardan biriga aylanib qoldi. Global xavfsiz­likning asosini tashkil etadigan mintaqa doirasida hamkorlikni kengaytirish mazkur muammoni xal etishning eng samarali yo‘li sifatida e’tirof etilmoqda. Oradan un uch yil o‘tib, bugungi kunda yanada dolzarb ahamiyat kasb etgan bu g‘oyaning amaliyotga tatbiq etilganini ta’kidlash mumkin. Mintaqa davlatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi xududni tashkil etish to‘g‘risidagi tom ma’noda tarixiy Shartnomani imzolab, nafaqat mintaqa, balki xalqaro doiradagi mas’uliyatini yaqqol namoyon etdi.


Download 241,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish