O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

 
3-topshiriq

Berilgan matnni o„qing, uslub turini aniqlang, til xususiyatlarini 
aks ettiruvchi so„z, birikma va jumlalarni yozib, izohlang 
"Urush farzandi"ning qayg„uli sevgi qissasi 
 
О„zbekiston xalq yozuvchisi О„lmas Umarbekov asarlarini, ehtimol, hamma ham 
о„qimagandir. Ammo «Qiyomat qarz»ni kо„rmagan inson topilmasa kerak.
Bugun adibning «Urush farzandi» qissasini tavsiya qilmoqchiman. Bu asar bir 
qarashda oddiy sevgi qissasiga о„xshaydi. Maftunkor Bolgariya, ulug„vor dengiz, oltin 
qumlar, bolgar qiziga oshiq bо„lgan о„zbek yigiti...
Ikkinchi jahon urushining tamom bо‗lganiga ham 75 yil bо‗ldi. 75 yil... Bu bir inson umri. 
Urush fojialari haqida sо‗z ketganida millionlab insonlarning halok bо‗lgani, fashistlar tomonidan 
vayron qilingan shahar-qishloqlar, о‗t ostida qolgan dalalar va mislsiz jasorat kо‗rsatgan qahramon 
jangchilar tilga olinadi, raqamlarda baholanadi. Bular haqida manbalarni istagancha topishingiz 
mumkin. 
О‗quvchilik yillarimizda tarix kitoblarining kattagina qismi Ikkinchi jahon urushiga 
bag‗ishlangan edi. Sovet xalqining, sovet kishisining jasorati, mardligi hikoya qilinardi. Urush 
mardlik maydoni edi. Filmlarni aytmaysizmi?! Qо‗ltiqtayoqdagi jangchini kо‗rganmiz, boshi bint 


72 
 
bilan о‗ralgan yaradorlarni kо‗rsatishardi, gullarga burkangan muzaffar jangchilar, baxtiyor qiz-
juvonlar... Kalta yubkasi, boshiga istig‗no bilan qiyshiq qо‗ndirilgan pilotkali hamshira qizlar jang 
maydonidan yaradorlarni olib chiqishardi, biz kо‗rib ulg‗aygan filmlarda.
Urush haqiqatlari ancha keyin qalqib chiqa boshladi. Shunda ham hammasi emas. Ammo 
shular ham Ikkinchi jahon urushining bor fojialarini anglab yetish uchun yetarli edi. Vokzallarda, 
bozorlarda tilanchilik qilib kun kо‗rayotgan qо‗lsiz-oyoqsiz mayib-majruhlar haqida hech qanday 
film olinmagan, badiiy asarlar bitilmagan. Jamiyat tomonidan taqdir hukmiga itqitib tashlangan 
sobiq jangchilar sovet voqeligiga zid holat edi.
«Urushda yarim inson, yarim yirtqich bо‗lishing kerak. Boshqa yо‗l bilan tirik qolish 
imkoni yо‗q. Faqat inson bо‗lsang – tirik qolmaysan. Kallang ketadi... Varshavagacha bordim. 
Butun yо‗lni piyoda bosdik... Yer bag‗irlab bordik... ortiq sо‗ramang... Urush haqidagi... 
qahramonlar tо‗g‗risidagi kitoblarni yoqtirmayman... Kasal, yо‗tal tutgan, uxlamagan, kir-chir, 
aftoda bir holda yо‗l bosardik. Kо‗pincha och-nahor... Ammo g‗alaba qozondik». 
Bu parcha belarus adibasi Svetlana Aleksiyevichning «Urushning ayoldan yiroq qiyofasi» 
hujjatli asaridan olindi. Bu qaysi jinsga mansub insonning xotirasi deb о‗ylaysiz? Albatta, erkak 
shunday xotirlashi mumkin. Men ham dastavval buni jangchi erkak xotirasi deb о‗yladim. Ammo... 
Bu ayolning xotiralari, avtomatchilar vzvodining komandiri Lyubov Ivanovna Lyubchikning 
xotiralari. Aynan ana shunday haqiqatlari uchun bu asar uzoq yillar nashr etilmadi, nashriyotlar 
tomonidan rad etildi, sovet jangchi ayollari sha‘niga nomunosib deyildi. 
Ammo sovet jamiyatida urushning bor azobini erkaklar bilan bab-baravar tortgan ayollar о‗z 
vaqtida munosib ehtirom kо‗rgan emas. Ularning katta qismiga suyuqoyoqlardan ham past nazar 
bilan qaraldi. Taqdirlari urushning davomidek tinch hayotda barbod bо‗ldi. Bular haqida hujjatli 
manbalar mavjud. 
Urush yillarida yana bir toifa ayollar bor edi. Bular nemislar tomonidan bosib olingan 
hududlarda himoyasiz qolgan ayollar edi. Himoyasiz ayollar... Dushman qо‗l ostida haqsiz-
huquqsiz, himoyasiz ayollar... Ayrimlari dushmandan farzandli bо‗ldilar. Va bu bolalarning 
taqdiri... Ular butun umr tavqi-la‘nat ostida qoldilar, onalari bilan. 
Ha, 1945-yilda tamom bо‗lgan urush shu tariqa insonlar hayotida davom etdi. Bugun bu 
narsalarga ishonish qiyin. Ammo juda kо‗p insonlar ana shunday alamli taqdir bilan yashab о‗tdilar. 
Nima uchun mavzudan chiqib ketganimga hayron bо‗lyapsizmi? Yо‗q, mavzudan chetga 
chiqdim, deb о‗ylamayman. Agar sevimli adibimiz О‗lmas Umarbekovning «Urush farzandi» 
qissasini о‗qish istagi tug‗ilsa, uning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglashingizni istadim, xolos.
Qissa qahramoni Azizning kasbi agronom. Otasi urushda halok bо‗lgan, singlisi va onasi 
bor. U kasbi taqozosiga kо‗ra birmuncha vaqt Bolgariyada ishlaydi. Shu yerda sohibjamol Anna-
Mariyani uchratib qoladi. 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish