62
1-topshiriq. Berilgan matnni o„qing, nutqning qaysi uslubiga tegishliligini
aniqlang, til xususyatlarini belgilang va matnga xos so„z va birkmalarni yozib chiqing
Tush (etyud)
Ilk hikoyalar yozib yurgan о‗smirlik chog‗larim. Qiziq voqealar о‗ylab topishga urinaman,
chiroyli sо‗zlar axtaraman… «Quyoshning oltin nurlari daraxt yaproqlarini zar bilan о‗radi, tubsiz
osmonning moviy gumbazi mitti tilla sirg‗achalarga tо‗ldi», kabi jimjimador jumlalar tuzaman. Bu
tasvirlar о‗zimga yoqsa ham kо‗nglimning bir chetida ularning allaqanday sovuqligini,
yasamaligini, dilimdagi tuyg‗ularimni ifoda qilishga ojiz ekanini sezib, qiynalaman, iztirob
chekaman… Bir kuni qо‗limga «Hojimurod» tushdi. Qissaning muqaddimasi, ya‘ni qariqiz
haqidagi hikoya ezmalikday tuyuldi. Men undan «sakrab» о‗tdim, о‗tdimu qissaning ilk misralarini
о‗qib g‗alati bо‗lib ketdim…
Menga shunday tuyuldiki, gо‗yo Tolstoy olis chechen ovulini emas, bizning qishloqni
tasvirlagan. Kо‗z oldimga qishloq о‗rtasidagi machit, machitning yonidan soyga buriladigan tor
kо‗cha keldi. Kо‗chaning ikki tomonidagi pastqam uylarning tomlarida chollar bog‗ qо‗rib
yotishadi. Kechqurunlari qirdan poda qaytadi, borliqni qо‗y-qо‗zilarning ma‘rashi tо‗ldiradi,
mо‗rilardan tutun kо‗tarilib, havoda tezak hidi burqsiydi. Xuddi Tolstoy tasvirlagan manzara!..
Nazarimda Hojimurod shu machit tomondan kelib, bizning tor kо‗chaga burilgan, burilganu
birinchi pastqam uyning tomidagi cholni (bu uyning tomida yong‗og‗ini qо‗rib doim badjahl bir
chol yotardi) uyg‗otgan…
Meni ayniqsa «tezakning qо‗lansa hidi» — degan sо‗zlar hayratga soladi. Tanish
manzaralarni kо‗z oldimga keltirgan, dilimda ajib hislar uyg‗otgan narsa ham shu oddiy sо‗zlar,
azon aytgan sо‗fining ovozi, mо‗rilardan kо‗tarilgan tutunu tezakning qо‗lansa hidi edi!..
Bu oddiy sо‗zlarning allaqanday teran siri bor edi. Bu sir sizni sehrlab qо‗yar, kо‗z oldingizga
siz olis chechen ovuli emas, о‗z qishlog‗ingiz, bolalikdan tanish manzaralar kelishining sababi ham
shu
sehrda
edi!
Kitobni bir о‗tirishda о‗qib tugatdim. Hojimurodning о‗limidan kо‗nglim vayron, xо‗rligim kelib,
xо‗roz qichqiriqlariga, itlarning vovullashiga quloq solib uzoq yotdim. Sо‗ng, kitobning birinchi
sahifasidagi ulug‗vor cholning suratiga, paxmoq qoshlar ostidagi о‗tkir kо‗zlarini kitobxonga qadab
turgan Tolstoyning suratiga tikildim. Bu suratni qaysi rassom chizgani hozir esimda yо‗q. Shunisi
esimdaki, Tolstoyning uzun soqoliga, dо‗ng peshanasiga, qudrat yog‗ilib turgan miqti gavdasiga,
allaqanday shafqatsiz chehrasiga tikilib uzoq yotdim, hayolimda esa undan yordam tilar, oq yо‗l
tilashini iltijo qilardim.
(Odil Yoqubov)
Do'stlaringiz bilan baham: |