8
tafakkur faqat odamlarga xos bо‗lib, u til bilan birga paydo bо‗lgan va u bilan birga rivojlanadi. Til
bilan tafakkur orasidagi munosabat tо‗g‗risida gap borganda, ana shu tafakkur nazarda tutiladi. Bu
ikki ijtimoiy xodisa doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashiga va rivojlanishiga yordam
kiladi. Ma‘lumki, fikr yuritishning asosiy maqsadi narsa, hodisalarning bizni о‗rab turgan muhit,
borliqdagi о‗rnini aniqlash, ular orasidagi munosabatni о‗rganish, mavjud ilmiy farazlar yuzasidan
fikr yuritish va ularni mukammallashtirishdir. Hozirgacha fan va texnika erishgan yutuqlar asosida
tafakkurning ana shunday faoliyati yotadi. Lekin tafakkur erishgan ajoyib muvaffaqiyatlarni ilm
olamiga yetkazish, abadiylashtirish tilsiz amalga oshmasligi tabiiy bir holdir. Til vositasi yordamida
erishilgan amaliy, nazariy yutuqlar e‘tirof etiladi, targ‗ib qilinadi, son-sanoqsiz о‗quvchi,
eshituvchilarga yetkaziladi. Bu yangilikni о‗qigan va eshitganlar ular yuzasidan yana fikr yuritib,
ularning kamchiliklarini topishadi, e‘tirof etishadi va mazkur g‗oyani yanada rivojlantirishga о‗z
hissalarini qо‗shishadi. Shuning uchun til va tafakkur orasidagi munosabat tо‗g‗risida gap
borganda, ularni о‗zaro bir-biriga har tomonlama bog‗langan hodisalar deb yuritishadi. Bu ikki
hodisa umuman mavjud bо‗lishi uchun ular orasida doimo ana shunday hamjihatlik bо‗lishi zarur;
shu yо‗l bilan ular bir-biriga doimo ta‘sir о‗tkazadi va bir-birini boyitib boradi. Shuni ham qayd
etish kerakki, bu ikki juftlikdan birinchisi, ya‘ni tafakkur doimo oldinda boradi, tilga nisbatan
tezroq rivojlanadi. Ba‘zi olimlar obraz tafakkuri, texnik hamda mantiq tafakkurlarini farqlashni
tavsiya etishadi. Obraz tafakkuri о‗z aksini adabiy asarlar nazm, navo va tasvirlarda, texnika
tafakkuri texnikaga oid adabiyotlarda, mantiq tafakkuri esa tushuncha va muhokamalarning tо‗g‗ri
qо‗llanilishida topadi. Til tafakkurning hamma turlarini aks ettirishda yagona qurol va vositadir.
Tilshunoslik fanining markaziy muammosi bо‗lmish til va tafakkur masalasida sо‗z yuritilganda
ular bir-biriga tengmi yoki ular boshqa-boshqa narsalarmi, degan savolga javob berish kerak
bо‗ladi. Bu masalaning о‗rganilish tarixida mazkur savolga bir-biriga zid bо‗lgan fikrlar izhor
qilinadi. Ba‘zi olimlar ularni bir-biriga teng deyishsa, boshqalar ularni bir-biridan umuman ajratib
qо‗yishadi. Shu mulohazalar ustida biroz tо‗xtalib о‗tamiz. Til bilan tafakkurni bir-biriga teng
deyish tо‗g‗ri bо‗lmaydi. Chunki: 1) kishi uylab yurgan fikrini til orqali ifodalaydi deyish haqiqatga
tо‗g‗ri kelmaydi. Kishi fikrining boshqalarga aytish mumkin bо‗lgan qisminigina til yordamida
suhbatdoshiga yetkazadi; 2) til moddiy, tafakkur esa g‗oyaviy hodisadir; 3) ikki narsani teng deyish
uchun ularning tarkibini ham bir-biri bilan kiyoslash va ular bir-biriga mos kelsa, ularni teng
deyishga asos tug‗iladi. Ma‘lumki, tafakkurni mantiq; fani, tilni esa tilshunoslik urganadi. Mantiq
fani tafakkurni tarkibiy qismlarga ajratganda, u uch birlikdan: tushuncha, muhokama va xulosadan
tarkib topganini qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: