O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

110 
 
(kimga) nomi va jо‗natuvchi haqidagi ma‘lumotlar (jо‗natuvchi adresi) kо‗rsatiladi. Kishi adres 
yozish bilan bolalikdanoq tanishadi, chunki uyiga xat yoki boshqa pochta jо‗natmalari kelganda, 
ular ustidagi yozuvga kо‗zi tushadi, о‗quvchilik yillarida esa dо‗stlari yoki qarindosh-urug‗lari bilan 
xat yozishadi, ulardan turli xil jо‗natmalar oladi va о‗zi yuboradi. Ana shunda adres yozishni, ya‘ni 
xatjild (konvert) yoki boshqa jо‗natmalar ustiga ular etib boradigan joyning va oluvchining nomini, 
shuningdek о‗zi haqidagi ayni shunday ma‘lumotlarni yozishni о‗rganadi. Buning ustiga, xatjildlar 
ustidagi yо‗naltiruvchi yozuv va belgilar ham adres yozuvchining ishini engillashtiradi. 
Adres 
sо‗zi 
rus tilida faqat jо‗natmalar ustidagi yozuvnigina ifodalab qolmay, shaxsning yashash joyi hamda 
muassasaning о‗rnashgan joyini, shuningdek biron shaxsni tabriklab yozilgan matnni ham 
ifodalaydi. Shuning uchun о‗zbek tilida bu ma‘nolarni farqlash uchun adres sо‗zi bilan bir qatorda 
tegishli ravishda manzil, turar joy, makon, tabriknoma sо‗zlarini qо‗llash maqsadga muvofiq. Xat-
xabar va boshqa jо‗natmalarni tegishli joyga va egasiga tezroq hamda adashmay etkazib berishda 
adresni tо‗g‗ri, aniq yozishning ahamiyati kattadir. Shu jihatdan rasmiy ish yuritishda, umuman 
turmushda pochta jо‗natmalarga adres yozish muhim о‗rin tutadi. Xatlarni kо‗rsatilgan manzillarga 
tezroq etkazib berishni osonlashtirish maqsadida sobiq Ittifoq Aloqa vazirligi xat saralash 
avtomatlarini joriy etgan. Jо‗natmalarni muayyan adreslarga ajratish har bir aloqa bо‗limiga tegishli 
bо‗lgan shartli raqamlar (indekslar) asosida amalga oshiriladi. О‗sha paytlarda joriy etilgan ushbu 
indeks tizimi, Mustaqil davlatlar hamdо‗stligi mavjudligi, hali О‗zbekiston Respublikasi uchun 
maxsus indeks tizimi yaratilmaganligi sababli, hozirgacha amal qilib kelmoqda. Shartli raqamlar 
xatjild chap tomonining pastki qismida kо‗rsatilgan katakchalarga yoziladi. Xat-xabardan boshqa 
pochta jо‗natmalari (bog‗lamli yuklar, tugunlar, qimmatdor xatlar, buyum yoki pul jо‗natmalar)ga 
aloqa bо‗limi shartli raqamlari adresdan oldin oddiy raqamlar bilan yozilishi kerak. Pochta adresi, 
aloqa vazirligi yо‗riqnomasiga muvofiq quyidagi kо‗rinishda bо‗ladi: viloyat, Respublika 
ahamiyatidagi shaharlarga yuborilayotgan pochta jо‗natmalarida shartli raqam yozilgandan sо‗ng, 
avvalo shahar nomi, keyin xat-xabarni etkazib beruvchi aloqa bо‗limi (raqami yoki nomi) 
kо‗rsatiladi. Bulardan keyin kо‗cha nomi, uy va xonadon raqami va nihoyat, oluvchining ismi, ota 
ismi va familiyasi yoziladi. Xatjildning quyi qismida esa jо‗natuvchining adresi bosh kelishikda 
rasmiylashtiriladi. Respublika, viloyat ahamiyatida bо‗lmagan yoki markaz hisoblanmagan 
shaharlar hamda qishloq joylariga yuboriladigan pochta jо‗natmalariga avval viloyat yoki aholi 
yashaydigan manzillar, aloqa bо‗limi raqami yoziladi. Keyin kо‗cha nomi, uy va xonadon 
raqamlari, oluvchi shaxs yoki muassasaning nomi kо‗rsatiladi. Kо‗pincha qishloq joylardagi kо‗cha 
nomlarini eslash qiyin bо‗ladi. Bunday paytlarda muassasaning nomini kо‗rsatish adresni 
aniqlashda yordam beradi. Jо‗natuvchi ba‘zan xat-xabarni aniq adressiz, talab qilib olinadigan 
tarzda yuborishi mumkin. Bu xilda xat jо‗natish usuli oluvchi biron-bir aholi yashaydigan manzilda 
muqim yashamasa, ma‘lum ish bilan vaqtincha turgan bо‗lsa yoki ushbu xat-xabarni boshqalarga 
oshkor qilmaslik xohishi bо‗lgan hollarda qо‗llanadi. Bunda muayyan shaharning yoki aholi 
yashaydigan manzilning nomi yozilib, aloqa bо‗limi raqami kо‗rsatiladi va oluvchining ismi, 
otasining ismi, familiyasi tо‗liq yoziladi. Shahar nomi kо‗rsatilgandan keyin «Talab qilib olinadi» 
deb, agar xat respublikadan tashqariga jо‗natilsa – «Do vostrebovaniya» deb yoziladi. Pochta 
jо‗natmalarida, adres ma‘lumotlaridan tashqari, zaruriy hollarda yuqori chap yoki о‗ng burchagiga 
qо‗shimcha belgilar qо‗yiladi. Xatning yoki buyumning jо‗natish usuli («avia», «shoshilinch» kabi) 
yoki turi («oddiy», «buyurtma», «qimmatdor» kabi) haqidagi belgilar shu jumladandir. Hujjat (xat 
yoki boshqa buyumlar) oluvchilarning pochta adresi, yuqorida kо‗rib о‗tilgandek, pochta 
jо‗natmalari adresi kabi yoziladi.

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish