O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

101 
 
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan 
bog‗liq meyoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday buyruqlar 
umumiy tarzda bо‗lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi. 
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari: 
1.
Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari). 
2.
Vazirlik va boshqarma nomi. 
3.
Muassasa xos raqami. 
4.
Hujjat shaklining xos raqami. 
5.
Muassasa nomi. 
6.
Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi). 
7.
Sanasi. 
8.
Raqami (№). 
9.
Buyruq chiqqan joy nomi. 
10.
Hujjatning nomi (buyruq). 
11.
Buyruq matni (basharti ilovalari bо‗lsa, qayd qilinadi). 
12.
Rahbar yoki о‗rinbosar imzosi. 
Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi; bosh yoki yetakchi mutaxassislar, 
huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishiladi. Huquq maslahatchisi buyruqni kо‗rishda 
quyidagilarga e‘tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik tо‗g‗ri 
kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; 
mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi. Buyruq loyihasiga tegishli imzolar 
qо‗yilib, u blan-kaga kо‗chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Asosiy faoliyatga oid 
buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha qо‗yiladi (ba‘zi qisqa buyruqlarda 
qо‗yilmasligi ham mumkin). rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bо‗yicha mas‘ul xodim 
tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi. 
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi.
Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar kо‗rsatiladi, asos 
qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi).
Ayrim 
hollarda 
buyruqqa asos bо‗lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham kо‗rsatiladi. Ba‘zi 
buyruqlarni asoslashga hojat bо‗lmasligi mumkin, bunday hollarda ular tо‗g‗ridan tо‗g‗ri farmoyish 
qismi bilan ham berilaveradi. 
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «buyuraman» 
sо‗zidan boshlanadi. Shu sо‗zdan sо‗ng ikki nuqta qо‗yilib, yangi satrdan farmoyish - 
buyruq
lar 
beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bо‗linib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. 
Raqamdan sо‗ng nuqta qо‗yilib, sо‗z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda, odatda, kim qanday 
vazifani qaysi muddatda bajarishi kо‗rsatiladi. Harakat majhul fel shaklida ifodalanadi («amalga 
oshirilsin», «taminlansin», «yuklatilsin», «hisoblansin» va h.k.). bajaruvchilar – muassasa yoki 
uning tarkibiy qismlari (bо‗limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari kо‗rsatilgan holda) kо‗pincha 
jо‗nalish kelishigida qayd qilinadi. 
Buyruqda ishning bajarilish muddati umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq 
kо‗rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan sо‗ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarga oid 
farmoyishda kuchga kirish muddati aniq kо‗rsatilgan bо‗lishi mumkin. Buyruqning farmoyish qismi 
oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qо‗yiladi: «buyruq ijrosini 
nazorat qilish (lavozimi va familiyasi tо‗liq yoziladi) zimmasiga yuklatilsin». Ba‘zi buyruqlarda shu 
buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham kо‗rsatib 
о‗tiladi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul 
qilinganda yoki bо‗shatilganda, boshqa bо‗limga о‗tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim 
mukofotlanganda, mehnat tatiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, 
odatda, bо‗limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi. 
Kо‗p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus blankalarda yoziladi.



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish