26
uchun ham о‗quvchi va talabalarda tо‗g‗ri talaffuz kо‗nikmalarining shakllantirilishiga ta‘limning
barcha bosqichlarida jiddiy e‘tibor beriladi.
Leksik-semantik me‟yor.
Hozirgi о‗zbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik
birliklar alohida о‗rin tutadi va ularning о‗ziga xos me‘yoriy xususiyatlari mavjud. О‗zbek
tilidagi leksik-frazeologik birliklarning ana shu xususiyatlari yuzasidan A.E.Mamatov ilmiy
tadqiqot ishlari olib borgan va bu kuzatishlarning natijasi о‗laroq doktorlik dissertatsiyasi
himoya qilingan hamda «Hozirgi zamon о‗zbek adabiy tilida‖ leksik va frazeologik norma
muammolari» nomli monografiya yuzaga kelgan.
«Tilshunos-normalist olimlar, - deb yozadi u,
-
leksik normaning maqomini haqida turlicha
fikrlar aytganlar. Jumladan, O.S.Axmanova leksik normani «bu muayyan bir tilda sо‗z qо‗llash
normasidir»,- deb ta‘rif bersa, (Axmanova O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. - M.,),
K.S.Gorbachevich esa «sо‗zni tо‗g‗ri tanlash hammaga ma‘lum bо‗lgan va umumxalq tomonidan
qabul qilingan, о‗rinli sо‗z ishlatishdir», - deb yozadi. Demak, leksik normalarga rioya qilish
sо‗zlovchi (yozuvchi) va tinglovchi (о‗kuvchi) tomonidan о‗zaro muloqotda bir-birini tо‗liq
tushunishni taqozo qiladi.
Bizningcha, leksik normani ta‘riflashda esa adabiy tilning quyidagi belgi va
mezonlarini nazarda tuzmoq lozim:
1) uning og‗zaki va yozma shaklda amalga oshirilishini; 2) hududiy va ijtimoiy qо‗llanish
doirasini; 3) ma‘lum milliy tilning boshqa shakllari bilan adabiy til о‗rtasidagi munosabatlar
masalasini inobatga olish kerak. Shunday qilib, leksik norma bu og‗zaki va yozuv tili
oppozitsiyasi doirasida leksik vositalarning turlicha amalga oshirilishi о‗rtasidagi munosibliklar,
tengliklardir». Demak, tilda asosiy birlik sanalgan sо‗zning lingvostilistik birlik sifatida,
aytaylik, kо‗pma‘nolilik, sinonimlar va variantlar shaklida bir tushuncha doirasida ma‘no
anglatish va farqlash imkoniyati tilning boshqa sathlaridagiga qaraganda keng ekan, leksik
me‘yorlarni belgilash birmuncha qiziqarli va munozarali bо‗ladi. D.Z.Rozental ham «Qayerda
tanlash imkoniyati bо‗lsa, о‗sha yerda stilistika boshlanadi», - deb bekorga yozmagan. Leksik
birliklar doirasida tanlanish imkoniyatining kо‗pligi uning xususiy me‘yorlarining
shakllanishiga ham sabab bо‗lgan. Shuning uchun ham tilimizdagi dialektizm, neologizm va
okkazionalizm, pleonazm va boshqa leksik birliklarning me‘yoriy xususiyatlari yuzasidan
mulohaza yuritish leksik me‘yor tо‗g‗risidagi tasavvurimizni, shubhasiz, kengaytiradi.
Dialektizmlar va adabiy til me‘yori doirasida me‘yorni belgilash tilimizdagi mas‘uliyatli
masalalardan biri sanaladi. Ayni paytda, bu borada me‘yoriy holatlarni belgilovchi о‗lchovlar
ham mavjud. «О‗zbek adabiy tilining orfografiyasi, orfoepiyasi va grammatik kurilishi
ma‘lum tayanch shevalarga (asosan, Toshkent va Farg‗ona shevalariga) asoslangan bо‗lsa-da,
leksik jihatdan esa barcha о‗zbek shevalariga asoslangan»ligi qayd etilgan «О‗zbek
dialektologiyasi» darsligida ana shu о‗lchovlar kо‗rsatib о‗tilgan. Adabiy til sheva
leksikasidan ularning kо‗pchiligi uchun umumiy bо‗lgan sо‗zlarni tanlab olishi va uni о‗z
leksik tarkibiga kiritishi (mas., sigir-siir-inak; chakaloq-buvak; tuxum - moyak-yumurta,
chumoli-murcha-udrinja-qumurusqa kabilar) ta‘kidlangan. Ammo shevalarimizda shunday leksik
birliklar mavjudki, ular adabiy tilimizga kirib ulgurmagan yoki shu holicha qolib ketgan. Bu
kabi sо‗zlarning adabiy me‘yori haqida nima deyish mumkin? A.Y.Aliyev «О‗zbekiston
jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va о‗zbek tili nutq madaiiyati» nomli ma‘ruzasida
«Ayrim narsa va hodisalarning nomlari adabiy til va uning lug‗atlarida uchramaydi. Lekin
dialekt va shevalarda mavjud bо‗ladi. Bunday vaqtda aniq narsa va hodisalarning nomlashni
anglatuvchi sо‗z va atamalarni hech ikkilanmasdan shevalardan olib tilga kiritishimiz kerak», -
degan fikrni aytib, uning tasdig‗i sifatida quyidagi misollarni keltirgan edi: chо‗kkala
(laganbardor), о‗tik (о‗tadigan joy), kechik (kechib о‗tadigan joy), sarimsok, madang
(yog‗ochdan qilingan eshik qulfi, tanba), qalang‗i-qasang‗i (yengil tabiat odam), arpabodiyon
(ukrop turi) singari.
Do'stlaringiz bilan baham: