O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Pokiston tashqi siyosatida islom omili



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Pokiston tashqi siyosatida islom omili. 
2001 yil 11 sentyabr 
voqealaridan keyin Pokistondagi vaziyat keskin o’zgardi. Hukumatning 
AQSh boshchiligidagi NATO alyansining Afg’onistonda faoliyat 
yuritishini 
qo’llab-quvvatlagandan 
so’ng, 
mamlakat 
shimoliy 
hududlaridagi terroristik guruhlar harakati ham keskin kuchayib ketdi. 
Pokiston hukumati tomonidan Sovuq urush davrida Afg’onistonda AQSh 
yordamida shakllantirilgan “Tolibon” harakatini ham o’z vaqtida qo’llab-
quvvatlagan. Mamlakatning Hindiston bilan Jammu va Kashmir masalalari 
borasida bir necha yillik mojarosi, hududda davlatga qarashli bo’lmagan 
Militant harakatini kuchayishiga sabab bo’ldi. 2001 yilgacha Pokiston 
hukumati bilan murosada bo’lgan Militant harakati vakillarining NATO 
tomonidan Afg’onistonda Tolibon hukumati va unga aloqador bo’lgan 
guruhlarni, shu o’rinda Pokiston shimoliy sarhadlarini ham jangarilardan 


144 
tozalashga qaratilgan faoliyatning boshlanishi bir tomondan Militiant 
harakati guruhlarining hukumat bilan kelishmovchilikga borishlariga sabab 
bo’ldi va oqibatda Pokiston keyingi vaqtlarda terroristik faoliyatlar 
kuchaygan mamlakatga aylandi. 
Qisqacha qilib Pokistonda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 
terroristik tashkilotlar to’g’risida gapiradigan bo’lsak, 2008 yilning 16 
yanvarida Xalqaro Tinchlik bo’yicha Karnegi Jamg’armasi tadqiqotchisi 
Eshli Tellis Pokistonda faoliyatda bo’lgan terroristik va ekstremistik 
guruhlarni quyidagi yo’nalishlarga bo’lgan: 
• 
Turli sektalarga aloqador guruhlar. (Sunni Sipoh – e- Shahaba 
va Shia Tehrik - e-Jafriya); 
• 
Anti-Hind guruhlar. Mazkur guruhlar doimiy ravishda Pokiston 
Ichki Razvedka Xizmati tomonidan qo’llab-quvvatlangan. (Lashkar -e-
Toiba (LeT), Jish-e-Muhammad (JeM) va Harakat ul Mujohidin (HuM)) 
• 
Afg’on Tolibonlari. Haqiqiy Tolibon harakati va uning 
Qandahordagi rahbari Mulla Muhammad Umar Pokistonda faoliyat 
yuritishga katta umid bog’laganlar; 
• 
Al-Qoida va uning tarafdorlari; 
• 
Pokistonlik “Tolibonlar”. Baytulloh Maqsud boshchiligidagi 
Janubiy Vaziristondagi Maqsud guruhi, Mavlono Faqir Muhammad va 
Mavlono Qazi Fazluloh rahbarlik qilayotgan Tehrik-e-Nafaz-e-Shariat-e-
Muhammadi (TSNM) guruhi va Mangal Box Afridi rahbarligidagi 
Lashkar-e-Islomiya kabilarni aytish mumkin . 
Bu kabi terroristik va ekstremistik guruhlarning Pokistonda 
faoliyatda bo’lishi mamlakatning faqatgina ichki siyosiy muvozanatini 
buzibgina qolmay, balki uning tashqi siyosatidagi faoliyatiga hamma 
o’zining katta ta’sirini ko’rsatishi aniq. Shuning uchun ham Pokiston 
hukumati iloji boricha G’arb va Sharq allianslari sifatida xalqaro 
siyosatchilar tomonidan aytilayotgan NATO va ShHT doirasida teng 
pozitsion munosabatlarni olib borishga harakat qilmoqda. 
AQSh sobiq Davlat Bosh Kotibi Medlin Olbrayt ta’kidlaganidek: 
“O’zining Yadro quroliga egaligi, terrorizm, jamiyati, korruptsiya, juda 
sust iqtisodiy rivojlanishi, hukumat sohasidagi notinchligi, kritik 
xususiyatga ega geostrategik joylashuvi bilan Pokiston Obama 
hukumatining asosiy e’tiborida bo’lishi aniq”.
2008 yilning dekabr oyida NBS (NBC) muxbirlariga bergan 
intervyusida Amerika Qo’shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Barak 
Obama quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Biz Afg’onistondagi vaziyatni 
Pokistondagi notinchlikni hal qilmay turib, bartaraf eta olmaymiz”. 2008 


145 
yilning noyabrida Mumbayda bo’lgan portlash natijasida Hindiston 
hukumatining Pokiston militant harakatini bunda ayblashi va unga 
nisbatan harakatni boshlashi rasmiy Dehli va Islomobod o’rtasidagi 
munosabatlarning sovuqlashuviga sabab bo’lgan edi. Shuning uchun ham 
yangi AQSh hukumati iloji boricha Janubiy Osiyo mintaqasida ham 
tinchlikni o’rnatishga katta e’tiborini berishi aniq. 
Umuman olganda, Pokiston tashqi siyosati bir necha yillar 
mobaynida shakllana borib, mamlakat oldida turgan maqsadlarga erishish 
jarayonida goh diplomatik gohida esa harbiy strategiyalarining amalga 
oshirish bilan ta’minlashga harakat qilindi. Bunday yo’nalishda davlat 
siyosatining 
olib 
borilishi, 
professor 
Hasan 
Askari 
Rizvi 
ta’kidlaganidek:”…mintaqaviy va xalqaro vaziyat dinamikasiga qarab 
belgilandi”. 
Ayni paytda Pokiston milliy xavfsizligi, tinchligi va iqtisodiy 
rivojlanishini inobatga olgan holda xalqaro munosabatlarning muhim 
ishtirokchisi sanaladi. Ayniqsa diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi 
kurashda ham. Shu sababli Pokiston tashqi siyosatini shakllantirishda va 
to’g’ri olib borishda yuqorida keltirilib o’tilgan omillarni inobatga olgan 
holda faoliyat yuritishni muhim deb hisoblaydi. 
Pokiston Islom Respublikasi siyosiy partiyalari faoliyatini tahlil qilar 
ekanmiz, ushbu siyosiy partiyalarning mamlakat va jamiyat hayotida 
muhim ahamiyatga ega siyosiy institutlar sifatida o’rniga katta baho 
bergan holda ularning Pokiston va dunyo hamjamiyati o’rtasidagi 
munosabatlarning bevosita yoki bilvosita ishtirokchilari ekanliklarini, 
mamlakatning nafaqat ichki siyosatini shakllantirilishida, balki davlatning 
tashqi siyosat borasidagi faoliyatida ham juda faol ishtirok etib, ushbu 
jarayonga o’z ta’sirini ko’rsata oladigan siyosiy kuch ekanligini 
ko’rishimiz mumkin. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish