O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MSHF FAKULTETI DIN SOTSIOPSIXOLOGIYA 2-KURS TALABASI XAKIMOVA SHAXZODANING UMUMIY PSIXOLOGIYA( SEZGI VA IDROK) FANIDAN TAYYORLAGAN VAZIFASI Mavzu: Idrokning buzilishi. Perseptiv rivojlanish. Idrokda o’rganish.
Reja:
Idrok buzilishi
Perseptiv rivojlanish
Idrokni o’rganish
Gallyutsinatsiya
Gallyutsinatsiya (lot. haUucinatio -xom xayol, bemaʼni, xato) — yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yoʻq obrazlar tashki tasvirga ega boʻlib, ular borliqda real narsalar kabi oʻrin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yoʻq narsalarni koʻrayotgan, eshitayotgandek boʻladi.
Gallyutsinatsiya turlari.
fotopsiyalar (koʻz oldida uchqun, tutun yoki tuman koʻrinishi)
akazmlar (quloqqa shovqin, qarsillagan tovush eshitilishi)
G.ning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning koʻz oʻngida unga tashlanayotgan hayvon yoki qon koʻrinishi mumkin) ega boʻladi.
Tabiatiga koʻra (sezgi aʼzolari yoki analizatorlar boʻyicha) koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, taktil va umumiy sezgi, shuningdek vestibulyator va motor G.lar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning oʻzida bir nechta G. kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yoʻq) tanish yoki notanish kishilarni koʻri-shi, gaplarini eshitishi; gullarni koʻrib ularni ushlashi yoki hidlab koʻrishi mumkii. G.dan imperativ mazmundagi eshitish G.i xavfli, bunda gʻoyibdan kelgan tovush bemorga biror ish (oʻzini oʻldirish, ovqat yemaslik, uyni yoqish, atrofidagilarga tajovuz qilish) buyuradi.
Asli yoʻq tovushga bemor itoat qilib baʼzan jinoyatga qoʻl urishi, oʻz-oʻziga yoki oʻzgalar joniga qasd qilishi mumkin. G. paydo boʻlish vaqti va sharoitiga koʻra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uygʻonish vaqtida), klinik kechishiga qarab esa chin va soxta xillarga ajratiladi. G.ni imyuzshshan farqlamoq kerak. G. koʻpgina ruhiy kasalliklarning oʻziga xos belgilaridan hisoblanadi.
Illyuziya
Illyuziya (lot. illusio — yanglish tasavvur, yanglishish) — 1) voqelikni notoʻgʻri, yanglish idrok etish. Ikki xil I. farq qilinadi: a) sezgi va idrokning muayyan qonunlari tufayli roʻy beradigan I. lar. Koʻpincha, narsa va hodisalarni yaxlit idrok qilish kishida yanglish tasavvur hosil etadi. Mas, ogʻirligi aynan teng , ammo kat-taligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ket koʻtarib koʻrilsa, kattasi yengilroq, kichigi ogʻirrokdek tuyuladi. Buning sababi shundaki, kishi hajmi kattaroq buyumning xajmi kichikroq buyumdan ogʻir ekanligini oʻz tajribasida doimo sinab kelgan, bi-nobarin, hajmi har xil buyumlarni koʻz bilan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanib, kattaroq buyumlarni ushlaganida koʻproq zoʻr beradi, kichikroq buyumni qoʻliga olganda uncha zoʻr bermaydi.
Illyuziyaning 3 ta turi bor.
Affektiv illyuziyalar – insonning emotsional holatlari, ko‘pincha qo‘rquv natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, qorong‘u ko‘chadan yolg‘iz shoshilib ketayotib, burchakda turgan axlat idishini manyakka o‘xshatib yuborish.
Diqqat-e’tibor illyuziyalari – u diqqat e’tiborni ortishi yoki kamayishi bilan kechishi mumkin. Masalan, birovni kelishini kutayotganingizda diqqatingiz kuchayib har qanday shovqin qadam iziga o‘xshatilaveradi. Yoki diqqatni pasayib ketishiga misol: imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan charchagan student kitobning bir qatorini bir necha marotaba qaytarib o‘qiyverishi.
Pareydolik illyuziyalar – u tasavvuri (fantaziyasi) kuchli odamlarda kuzatiladi. Masalan, gilamdagi har xil naqshlar turli xil hayvonlarga yoki mahluqlarning yuzlariga o‘xshab ketishi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |