Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya - o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
E’tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o’quv materiallari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |