METALLARGA SHABERLASH VA ISHQALASH
ORQALI ISHLOV BERISH
Shaberlash
Egovlashdan so’ng shaberlash ishlari bajarilib sirtlarning tozaligi va aniqligi ta’minlanadi.
Shaberlanadigan sirtlarda ortiqcha g’adir-budurliklar, tirnalgan dag’al egov izlari bo’lmasligi kerak.
Shaberlash ishlarini bajarish uchun:
Sirtlar shabsrlashga tayyorlanadi. Buning uchun sirtlar lineyka bilan tekshirilib, undagi notekisliklar mayin egov yordamida kesishtirish usuli bilan egovlanib yo’qotiladi.
Shaberlar charxlanib, qirovi to’kilib o’tkirlanadi (66- rasm). Buning uchun:
a) tirgakni charx toshiga nisbatan to’g’ri o’rnatib, himoya ekrani tushiriladi;
b) shaberni 66-rasm, a da ko’rsatilganidek tutib, ikala yog’ini tig’dan 20—30 mm uzunlikda o’zaro parallel qilib charxlanadi;v) charxlangan shaberni66-rasm, b da ko’rsatilganidek qum qayroqda qayrab, qirovi to’kiladi.
Tekshirish plitasi tozalanib, tampon bilan uning sirtiga bir tekis qilib yupqa bo’yoq surtiladi (67-rasm).
Shaberlanadigan sirtlar tekshirish plitasi ustiga qo’yilib, turli yo’nalishda suriladi. Buning natijasida sirtda bo’yoq dog’lari hosil bo’lib, sirtning shaberlanadigan qismi aniqlanadi (68-rasm).
Agar sirt yoppasiga bo’yoq pardasi bilan qoplansa, sirtning do’ngliklari qayta aniqlanadi. Buning uchun:
a) sirt bo’yoqdan tozalanadi;
b) tekshirish plitasi ustidagi ortiqcha bo’yoq artib tashlanadi;
v) qayta tekshirish o’tkaziladi.
5. Aniqlangan do’ngliklar quyidagicha shaberlanadi:
a) detal tiskiga, qo’shimcha jag’lar orasiga olib o’rnatiladi;
b) tiskiga nisbatai to’g’ri ish vaziyatini egallab, shaberni qo’lga olinadi;
v) shaberni sirtga nisbatan 30—40° burchak ostida tutib (69-rasm, a) shaberlash davom ettiriladi. Sirtning faqat bo’yoq qoplangan qismigina shaberlanadi;
g) har bir qatlamni qirishdan so’ng sirt artib tozalanadi va uning tekisligi takror tekshiriladi;
d) takroriy shaberlashda shaber oldingi yo’nalishga tik tortiladi.
6. Shaberlangan sirtning tekisligi tekshiriladi (69-rasm, b). Buning uchun sirtning har er-har eriga tekshirish ramkasini o’rnatib, uning ichidagi dog’lar soni hisoblanadi. Agar har qaysi tekshirishdagi dog’lar soni bir-biriga yaqin bo’lsa, sirtning tekisligi ta’minlangan bo’ladi.
2. O’zaro parallel yassi sirtlar ni shaberlash mashqi.
1. Sirtlar shaberlashga tayyorlanadi.
2. Birinchi sirt shaberlanib, uning tekisligi va tozaligi ga’minlangach, unga parallel bo’lgan ikkinchi sirt shaberlanadi. Buning uchun:
a)sirtlarning o’zaro parallelligi shtangensirkul bilan tekshiriladi;
b)talab etilishiga qarab ikkinchi sirt shaberlashga tayyorlanadi;
v)ikkinchi sirtning do’ngliklari aniqlanib, shaberlalanadi;
g)birinchi sirtni tekshirish plitasiga qaratib joylashtiriladi;
d)tekshirish plitasi ustiga indikatorni o’rnatib, uning sterjenini tekshiriluvchi (ikkinchi) sirtga tekkizib, sifer blatning noli strelkaga to’g’rilanadi;
e)detalni tekshirish plitasi ustida turli yo’nalishda surib, strelkaning og’ishiga qarab do’ngliklar aniqlanadi va bo’r bilan belgilanadi (70-rasm)
j)do’ngliklar qayta shaberlanib, sirtning tekisligi plita yordamida o’zaro parallelligi indikator bilan tekshirilib, talab etilgan aniqlikdagi sirtlar hosil bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi.
3. O’zaro to’g’ri burchak ostida joylashgan yassi sirtlarni shaberlash mashqi .
1. Baza yuza talab etilishiga qarab egovlab tekislanadi, do’ngliklari aniqlanib, talab etilgan darajada shaberlanadi.
2. Ishlanuvchi sirtning baza yuzaga nisbatan to’g’ri burchakliligi go’niya yordamida tekshirilib, talab etilishiga qarab egovlanib shaberlashga tayyorlanadi.
3. Ishlanuvchi sirtdagi do’ngliklarpi aniqlash uchuy tekshirish plitasi ustiga kontrol go’niya o’rnatiladi Baza yuzani tekshirish plitasiga joylashtirib tekshiriluvchi sirtni kontrol go’niyaga ohista tekkiziladi (kontrol go’niyaga bo’yoq surtilgan bo’ladi). Detal tekshirish plitasi ustida kontrol go’niya bo’ylab suriladi (71-rasm). Aniqlangan do’ngliklar shaberlanib, sirtning silliqligi va baza yuzaga nisbatan go’niyaliligi ta’minlanadi. Shaberlash talab etilgan darajagacha davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |