Kerakli masalliqlar: 4-5kishilik halim uchun 1 kg bug’doy, 600 g go’sht, 400 g yog’, ta’bga ko’ra tuz va dolchin kerak bo’ladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Halim taomining ozuqaviy qanday?
2Halim tayyorlash uchun qanday mahsulotlar kerak?
3 Halim taomi qanday tayyorlanali?
4.22.SUMALAK TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
Sumalak-servitamin, xushxur tansiq taom. Sumalak tayyorlash uchun qizil bug’doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. So’ng zanglamaydigan idishga solib, uch kun ivitib qo’yiladi. Bug’doy nish urgach, toza taxta ustiga 1-1,5 sm qalinlikda yoyilib, yorug’roq, lekin quyosh tushmaydigan joyga qo’yiladi. Bug’doy unib chiqqunga qadar, har kuni ertalab suv snpib turiladi. Bug’doy maysasi igna bo’yi bo’lgach (taxminan 3-4 kundan so’ng) uni bo’laklarga bo’lib, taxtadan ajratib olinadi. Maysa qiymalanadi yoki o’g’irda tuyiladi va I ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokadan suzib olinadi. Shu tariqa uch marta sharbat olinib, alohida idishlarda saqlanadi. Qozonda paxta yog’i dog’lanib, sovitiladi. So’ngra yog’da un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi. So’ngra ikkinchi suzilgan sharbat quyiladi, bu ham qaynagach, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga 15-20 ta yong’oq yoki yong’okdek keladigan silliq toshchalar yuvib solinadi va yog’och kurakcha bilan betuxtov kovlab turiladi. Sumalak 10-12 soat qaynashi lozim. Sumalak pishgach, qozonning olovi olinib, 2-3 soat davomida dimlab qo’yiladi.
Tayyor sumalakning rangi och jigar rang, quyuq ataladek, mazasi shirin bo’ladi.
Sumalak tayyorlash uchun 1 kg paxta moyi, 0,5, kg bug’doy, 2 kg oq bug’doy uni, 15-20, ta yong’oq yoki shuncha tosh kerak bo’ladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Sumalak tayyorlash uchun qanday mahsulotlar kerak bo’ladi?
2.Sumalakning ozuqaviy qiymati qanday?
3.Sumalak qanday tayyordanadi?
ILOVA-1
Mehnat ta’limining pazandachilik asoslari yo’nalishi bo’yicha 6-sinflarga bir haftalik 24-soatga mo’ljallangan amaliyot o’tkazishni tashkil qilishning namunaviy ishlanmasini tuzish asoslari
Umum o’rta ta’lim maktablarini 6 sinf o’quvchilariga mehnat ta’limining pazandachilik asoslari yo’nalishi bo’yicha o’quv yili oxirida o’quvchilar olgan bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlashga qaratilgan o’quv amaliyotini tashkil qilish va o’tkazish ta’lim meyoriy hujatlarida ko’zda tutilgan.
6-sinf o’quvchilariga mehnat ta’limining pazandachilik asoslari yo’nalishi bo’yicha o’quv yili oxirida amaliyot tashkil qilish va o’tkazishdan maqsad sut va un mahsulotlarini ozuqaviy qiymati, har xil materiallardan tayyorlangan oshxona idish-tovoqlari va jihozlaridan foydalangan holda sutli va xamirli taomlar tayyorlash texnologiyalari haqidagi bilim, ko’nikma, malakalarini amaliyotda bajarish va ko’rish tassurotlari mustahkamlashdan iboratdir.
6-sinf o’quvchilariga mehnat ta’limining pazandachilik asoslari yo’nalishi bo’yicha o’quv yili oxirida o’quvchilar amaliy umum mehnat ko’nikma va malakalarini mustahkamlashga qaratilgan amaliyotni muvafaqiyatli tashkil qilish va o’tkazish uchun quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
1. O’quvchilarga pazandachilik asoslari yo’nalishi bo’yicha o’quv yili oxirida umum ovqatlanish muassalariga amaliyotga chiqarishdan maqsad va vazifalarni umum mohiyati haqida batafsil tavsiya va tushunchalar beriladi. O’quvchilarni o’zlashtirish qobiliyatlariga va amaliyotda bajarilishi kerak bo’lgan mustaqil o’rganish ishlarining mazmuniga ko’ra ular gruhlarga ajratiladi. O’quvchilarga amaliyot davrida umum ovqatlanish korxonalarida ular bajaradigan mustaqil o’rganish ishlari va rioya qilishi kerak bo’lgan mehnat va xarakat xavfsizlik qoidalari, ehtiyot chora tadbirlari bo’yicha tavsiyalar beriladi.
2. Mehnat ta’limi uqituvchisi maktab ma’muriyati ruxsati bilan o’quvchilarni
Kelishilgan umum ovqatlanish korxonalariga amaliyot o’tkaztirish uchun olib chiqadilar.Umum o’rta ta’lim maktablari mamuriyati maktab atrofidagi amaliyot o’tkazish talablariga javob beradigan umum ovqatlanish korxonalari bilan haq-huquqlari va ma’suliyatlari ko’rsatilgan kelishuv shartnomalarini imzolab, amaliyot uchun sharoit yaratadilar.
3. Amaliyot davrida o’quvchilar o’qituvchi va amaliyot o’tayotgan umum ovqatlanish muassalaridan tayinlangan usta oshpazlar yordamida o’quv yili mobaynida olgan sutli va xamirli oziq-ovqat mahsulotlari hamda ulardan taom tayyorlash qishloq xo’jaligida ekinlarni parvarish qilish texnologiyasiga oid bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlash uchun o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan har xil variantdagi mehnat topshiriqlarini mustaqil amaliy bajarishni amalga oshiradilar.
4.O’quvchilar amaliyot oxirida qilingan va bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot tayyorlaydilar. Tayyorlangan hisobotda o’quvchilar amaliyot mobaynida o’qituvchi va usta oshpazlar yordamida amaliy ko’rib va bajargan bir haftalik kundalik faoliyatlari, jamoa ishlab chiqarish faoliyatlari, o’zlarining olgan bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlash uchun bajargan mustaqil o’rganish ishlari haqidagi umum natijaviy xulosalari yoritilishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilarni tayyorlagan hisobotlari asosida ularni sutli va xamirli taomlar tayyorlash texnologiyalari bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlash saviyasini og’izaki so’rov orqali baholab amaliyatni yakunlaydilar.
Quyida 6-sinf o’quvchilariga mehnat ta’limining pazandachilik asoslari yo’nalishi bo’yicha o’quv yili oxirida o’tkaziladigan amaliyotni tashkil qilishning taxminiy namunaviy ishlanmasini yig’ma jadvali keltirilgan.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |