O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev., M. E. Eshonqulova servi s pazandachilik asoslari



Download 11,65 Mb.
bet16/101
Sana21.01.2017
Hajmi11,65 Mb.
#764
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Suv krani. Qozon burish-aralashtirish krani 18 yordamida suv bilan to’ldiriladi. Bu kran ikkita berkitish ventili 19 bilan berkitiluvchi sovuq va issiq suv truboprovodlari bilan sharnirli biriktirilgan. Qopqoq yopilganda kranga tegib pachaqlanmasligi uchun kran avtomatik tarzda chetga ketadi. Bug’ patrubok yordamida burchakli bug’ berkitish ventili 20 bilan ulangan bug’ g’ilofining pastki qismiga tushadi. Qozonning isitish kamerasiga tushadigan bug’ning miqdori ventil maxovikchasini burish yo’li bilan moslab turiladi. Manometr armatura stoykasiga qo’shaloq saqlash klapani bilan birga o’rnatiladi. Qo’shaloq saqlash klapani (vakuum-saqlash klapani) (17-rasm) qozon bug’ g’ilofining yuqori qismiga o’rnatiladi. U silindrik korpus 1 dan iborat bo’lib, unga bug’ 2 va havo 3 klapanlari o’rnatilgan. Bug’ klapani silindrning yuqori qismiga joylashgan va bug’ning 0,5 ati bosimiga mo’ljallangan prujina 4 bilan uyaga qisiladi. Klapan qozonning bug’ g’ilofidan ortiqcha bug’ni chiqarib yuboradi. Bug’ning bosimi 0,5 ati dan oshib ketsa, ortiqcha bug’ silindrning yuqori qismidagi maxsus teshik orqali chiqib ketadi. Bug’ chiyillab xonaga chiqadi va bug’ g’ilofida bosimning oshib ketgani haqida hamda bug’ berkitish ventilini yopish kerakligi haqida signal beradi. Havo klapani silindrning pastki qismiga joylashtirilgan. Bug’ g’ilofida unga bug’ kelishi to’xtagandan keyin kondensasiya tufayli vakuum (siyraklanish) hosil bo’lganda tashqi havo ta’sirida havo klapani ochiladi. Bug’ g’ilofiga ochiq klapan orqali kirgan havo siyraklanishni yo’qotadi. Vakuum saqlash klapani juda muhim detal bo’lgani uchun unga sochiq, latta va boshqa narsalarni ilib qo’yish qat’iy man qilinadi. Kondensat olib ketkich qozon ostita o’rnatiladi. U qozonning bug’ g’ilofidan kondensatni uzluksiz kondensat trubasiga olib ketish vazifasini o’taydi. Kondensat trubasi taglikka montaj qilingan bo’lib, umumiy kondensat trubasi bilan ulangan. Puflash krani qozonning tashqi korpusi tubiga joylangan. U bug’ g’ilofini puflab tozalash, qozonni ishga tushirish oldidan bug’ g’ilofidan kondensatni chiqarib yuborish hamda kondensat olib ketkichning ishini tekshirish uchun ishlatiladi. Qozon ishlab turgan paytda puflash krani berk turishi lozim. Aks holda bug’ ortiqcha sarflanadi va ovqat kech pishadi. Shunday qilib, taglikka beshta truboprovod: bug’ trubasi, kondensat trubasi, klapan-turbinkadan bug’ olib ketish trubasi, qaynoq suv trubasi va sovuq suv trubasi montaj qilingan. Berk ovqat pishirish qozoniga truboprovodlarni montaj qilish sxemasi 18-rasmda ko’rsatilgan. Qozon qaysi qavatga o’rnatilishiga qarab truboprovodlar pol ostiga yoki shipga yotqizilishi mumkin. Qozonlar birinchi qavatga o’rnatilganda truboprovodlar pol ostiga 500X500 mm o’lchamli kanalga yotqiziladi. Qozonlar ikkinchi qavatga o’rnatilganda truboprovodlar birinchi qavat shipiga ochiq yoki nov ichiga olib yotqiziladi. Truboprovodlar ulangan yoki tarmoqlangan joylarda profilaktik kuzatuvlar va remont uchun kichik tuynukchalar ko’zda tutilgan bo’lishi lozim. «Vulkan» zavodi ishlab chiqargan berk ovqat pishirish qozonlari (19-rasm) o’z konstruksiyasi jihatidan PPщ-125 (PK-125) va PPщ-250 (PK-250) qozonlaridan faqat ba’zi detallari bilangina farq qiladi. «Vulkan» zavodining qozonlari oqartirilgan po’latdan qavariq tubli qilib tayyorlanadi va bir devorli qopqoq bilan berkitiladi. Yuvindi suvlar chiqib ketadigan to’kish trubasi pishirish qozoni yoniga emas, balki o’rtasiga montaj qilingan. Qopqoqning posangisi to’g’ri to’rt burchakli quti shaklida bo’lib, qopqoq to’la ochilganda o’zining pastki chiqishlari bilan polga tayanib qoladi. Polga yumshoqqina tegishi uchun chiqiqlarga rezina amortizatorlar o’rnatiladi. Bu qozonda manometr bo’lmaydi. Qopqoqii berkituvchi qayirma boltning, klapan - turbinkaning va qo’shaloq saqlash klapani korpusnning konstruksiyasi bir oz o’zgartirilgan. Boshqa barcha elementlar PK-125 yoki PK-250 qozonlaridagidan farq qilmaydi. «Vulkan» zavodining bug’da ovqat pishirish qozonlari 0,5 ati bosimga mo’ljallangan. Ular har xil-125, 250, 400 va 600 l sig’imli qilib ishlab chiqariladi.

Mustahkamlash uchun savollar:

1.Ovqat pishirish qozonlari haqida nimalarni bilasiz.

2.Ovqat pishirish qozonlarini vazifasini ayting.

3.Ovqat pishirish qozonlarini qandaytuzilishgan?



4.Ovqat pishirish qozonlaridan foydalanish to’g’risida nimalarni bilasiz?

Download 11,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish