O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari


O’zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamovning hayoti va ijodiyoti haqida chizgilar



Download 300 Kb.
bet4/4
Sana27.06.2017
Hajmi300 Kb.
#16900
1   2   3   4

2.2. O’zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamovning hayoti va ijodiyoti haqida chizgilar.

Orifxon Hotamov – mohir sozanda, an’anaviy ashula ijrochiligi amaliyotida o’ziga xos ijro uslubini yaratgan zabardast xonanda – O’zbekiston xalq hofizi, o’zining samarali ijodi bilan madaniyatimiz ravnaqiga katta hissa qo’shgan ulkan bastakor, o’tmish ustozlarimiz an’analarini yaxshi idroklagan, barkamol yoshlarni tarbiyalagan mehribon ustozdir.

Bo’lg’usi bastakor 1925 yili Jizzax shahrining markazida, eshon avlodlarining namoyandalaridan bo’lmish Hotamxon aka Nematov xonadonida tavallud topgan. Hotam aka oilasi 1936 yili Toshkent viloyatining Yangi yo’l shahriga ko’chib keladi. Ushbu go’shada bir yildan ko’proq muddat istiqomat qilib, 1938 yili Toshkentga ko’chishadi.

Orifxon Hotamov 1944 yilgacha o’rta maktabda boshlang’ich ma’lumot oladi. Shular qatorida musiqaga juda qiziqadi. Bu ishtiyoq yosh istedodni maktab to’garagiga yetaklaydi. Qisqa vaqt ichida nay va skripka chalishni puxta o’zlashtirib oladi. 1945 yili esa O’zbek davlat filarmoniyasiga ishga o’tadi. Ushbu dargohning turli konsert brigadalarida 5 yil davomida o’z zamonasining zabardast ustoz – sozandalari bilan birgalikda faoliyat ko’rsatadi. 1950 yili Hamza nomidagi Toshkent davlat musiqa bilim yurtiga o’qishga kiradi. Bu dargohda 4 yil ustoz-sozanda Z.QOdirov sinfida g’ijjak ijrochiligidan saboq oladi. Orifxon Hotamov bilim yurtida o’qish bilan birga ijrochilik faoliyatini davom ettiradi. Ayniqsa, Jo’raxon Sultonov bilan hamkorlikni mustahkamlaydi. 1954 yili bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirib ikki yil maktab to’garaklarida bolalarga musiqa sirlarini o’rgatadi. 1956 yili O’zbekiston Davlat radiosi qoshida tashkil etilgan, Doni Zokirov rahbarligidagi o’zbek xalq cholg’u orkestriga sato cholg’uchisi sifatida ishga qabul qilindi. 1959 yili radio qoshida keksa san’atkorlardan tashkil topgan musiqiy etnografik ansambl tashkil etildi. Ansamblning rahbari – taniqli sozanda va bastakor G’anijon Toshmatov bo’lib Orifxon Hotamov ham taklif etildi.

Ustozning O’zbekiston radiosidagi faoliyati 1976 yildan boshlab maqomchilar ansamblida davom ettiriladi. Ayni paytda Orifxon Hotamov ansamblda maslahatchi sifatida o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Bundan tashqari ustozlik va jamoatchilik ishlarida ham hormay-tolmay qatnashib kelmoqda. 1989 yildan 1999 yilgacha M.Uyg’ur nomidagi teatr va rassomchilik institudi dosent lavozimida talabalarga an’anaviy xonandalik bo’yicha saboq beradi. Bir qator Respublika miqyosidagi yosh maqom ijrochilari tanlovlarida yoshlarni baholashda hakamlar hayati azosi sifatida ishtirok etib kelmoqda. 1986 yili O’zbekiston Bastakorlar uyushmasining azoligiga qabul qilingan. 1990 yildan Radio badiiy kengashining azosi.

Orifxon Hotamovning o’zbek madaniyatining rivojidagi samarali mehnatlari Davlatimiz tomonidan munosib baholanib, 1987 yili “Mehnat faxriysi” ordeni, 1989 yili O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, 1993 yili O’zbekiston xalq hofizi, 1997 yili “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Oilali, yarim asrdan ko’proq vaqtdan beri Muhabbatxon aya bilan mazmunli va baxtli hayot kechirmoqdalar. 10 farzandlari bor – 6 qiz va 4 o’g’il. O’g’illari Ismoilxon, Muhammadxon va Nematxonlar ota kasbini egallashgan. Ular ham padari buzrukvori ijro uslubida xonish qilishadi.

Zabardast ustoz yaqinda 75 bahorni qarshi oldi. Unga sihat-salomatlik, xotirjamlik ila ustozlik gashtini surib yurishida uzoq umr tilaymiz.

Malumki, xalqimizning ma’naviy boyligi hisoblanmish maqomlar, mumtoz musiqa merosi, o’tmish bastakorlarining ijodiy mahsulidir. Bu an’anani hozirgacha munosib davom etib kelayotganini shohidi bo’lar ekanmiz, uning zaminida o’ziga xos ijrochilik va ijodiy omillar mavjudligini ko’ramiz. Har bir yetuk bastakor esa, ana shu ijodiy va amaliy jarayonni o’tashi va xalq imtihonidan o’tishi taqozo etiladi. O’tmish an’analariga ko’ra bastakor musanniflik, mulahhinlik, nag’manavozlik, nag’maovozlik, nag’mapardozlik, nag’masozlik kabi ustozona uslublaridan voqif bo’lishi taqozo etiladi. Shu bilan birga, musiqiy meros va milliy an’analarni asosli idroklashi, namoyandaga ijod sarhatlarini ochadi. Istedodiga muvofiq musiqiy ohanglar bog’lashida esa, bastakorlik amallarini siru sinoatlari anglana boshlanadi.

Orifxon Hotamovning ijrochilik faoiyati o’rta maktabda o’qiy yurgan kezlarida boshlangan. Yosh musiqa shaydosi milliy cholg’ulardan nay, skripka, tanbur sozlari ijrolariga qiziqib, sekin asta o’zlashtiradi. Avvaliga, nay sozandasi sifatida ishlaydi. 1944 yili Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatriga ishga kelgan paytda skripkachi sifatida ishga olinadi. O’sha davrda teatrning taniqli arbobi, san’atkorlarning ustozi To’xtasin Jalilov ansamblga rahbar edi. Orifxon Hotamov aynan Salohiddin To’xtasinov mastahati bilan (“.. naychilar ko’p-ku, skripka chalaverganingiz maqul..”) skripka chalishga o’tgan. Bu vaqtda teatrning zamonaning eng yetuk ustozlari jalb etilgan edi. Xalq hofizlari Jo’raxon Sultonov, Mamurjon Uzoqov, atoqli sozanda va bastakor G’anijon Toshmatov ham anchadan beri orzu qilib kelgan damlar yetib keldi. Chunki, ustozlar xonishlarini eshitib, mahliyo bo’lib yurgan vaqtlar edi. Endi esa ularning qatoriga o’zi sozanda sifatida qo’shildi. Bu davr Orifxon Hotamov uchun nafaqat ish faoliyati, balki ustoz-shogird, ya’ni maktab davri deb ham atash mumkin. Chunki, ayni kuchga to’lgan, ilmga chanqoq paytida ustozlarning yonlarida sozandalik qilib, Farg’ona-Toshkent ijro yo’llarini qunt bilan o’zlashtiradi.

1945 yili O’zbek Davlat filarmoniyasiga ishga o’tadi. O’zbekistonning yirik konsert tashkilotlaridan biri bo’lgan bu jamoaga Muhiddin Qoriyoqubov rahbarlik qilar edi. Orifxon Hotamov shu tashkilotning xalq hofizi Turg’un Karimov rahbarligidagi konsert brigadasiga skripkachi sozanda sifatida ishga qabul qilindi. Jamoada Isoqjon Qodirov (naychi), Davlat Oxun (dutorchi), Ayub Qodirov (tanburchi), Ergash Shukurullayev (rubobchi) kabi bir qator sozandalar faoliyat ko’rsatardilar. Qolaversa, konsert brigadasi bilan O’zbekistonning turli vohalarida gastrol konsertlarini o’tkazar edilar. Shu zayl 50-yilgacha Orifxon Hotamov bu dargohda o’zbek san’atining yetuk namoyandalaridan bilan birga ishladi.

Mana shu qisqa o’tgan vaqt Orifxon Hotamovning ijrochilik faoliyatida, xonanda sifatida shakllanishi va o’zbek musiqa merosi an’analarini o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa, xonandalikdagi muayyan ijro yo’lini tanlashda asosiy mezon vazifasini o’tadi. Zotan, mustaqil ijod uslubi shakllanishida barcha vohalar musiqiy an’analarini bilish muhim omillardan hisoblanadi. Ustoz san’atkorlar Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Karim Ismoilov kabi xorazmlik san’atkorlardan olgan sabog’i va hamkorligi Orifxon Hotamovning ijodiy faoliyatining boyitdi.

1946 yil, jamoaning Xorazm vohasi bo’ylab konsert-gastrol safarida yurgan payt. Ushbu vohaga xarakterli suvoralar, Maxtumquli so’zi bilan aytiladigan qalandar yo’llaridagi ashulalar, dostonlar ijrolari, ya’ni baxshichilik san’ati yo’llariga mansub qo’shiq-ashulalarni Komiljon Otaniyozov va Karimjon Ismoilovlar meyoriga yetkazib ijro etishlar bu janrlarni xalq orasida keng ommalashishiga sabab bo’ldi. Konsert gastrollari bahonasida Orifxon Hotamov ustozlardan imkon darajasida suvora va doston yo’llarini o’zlashtirishga harakat qiladi va musiqiy merosga nisbatan o’z bilimini mustahkamlaydi.

Toshkent va Farg’ona vodiysida esa, bu ijro yo’llari yangiligi sababli tinglovchiga qiziqarli edi. Shunga xos talab darajasi ham katta bo’lgan. Balkim, bunga doston ijro yo’llari va suvoralarning sho’x xarakteri, o’ynoqiligi sabab bo’lgani ehtimoldan holi emas. Bu bilan Orifxon Hotamov o’z hamnafaslari bilan Xorazm vohasiga xos kuy va ashulalarni Farg’ona-Toshkent vohalarida ommalashishiga o’z hissasini qo’shgan. Chunki XIX asr o’rtalaridan boshlab Farg’ona-Toshkentda ham xorazm vohasiga xos “Farg’ona Eshvoyi”, “Kurd eshvoyi”, “Qo’shchinor”, “Ilg’or” va “Suvora” kabi asarlar yaratila boshlangan. Jumladan, “Toshkent suvorasi” fikrimizga yorqin dalil bo’la oladi. Xorazm doston yo’llarini esa, farg’ona vodiysi ijro yo’llari bilan boyitib ijro etish an’anaga kirib keldi.

Ijrochilik amaliyotida sozandalik va xonandalik sirlarini ustoz-shogird sabog’i asosida egallagan Orifxon Hotamov, o’z bilimini mustahkamlash maqsadida 1950-54 yillari, Hamza nomidagi Toshkent Davlat musiqa bilim yurtida o’qidi. O’qish davrida, undan keyin ikki yil mobaynida o’rta maktab va fabrikalar qoshidagi musiqa to’garaklarida ishlaydi. 1954 yili Radio qoshidagi o’zbek xalq cholg’ulari orkestriga satochi sozanda sifatida ishga taklif etiladi. Ikki yil davomida, orkestr jamoasida faoliyat ko’rsatish bilan birga Doni Zokirov sabog’idan bahramand bo’ladi.

1959 yili taniqli ustoz G’anijon Toshmatov etnografik ansambl tuzadi. Ansamblga bir qator keksa xalq sozandalari taklif etilib, Orifxon Hotamov ham tanburchi sozanda bo’lib ishga olingan. G’anijon aka rahbarligida ushbu ansambl Farg’ona-Toshkent yo’llariga mansub bir qator cholg’u yo’llaridagi asarlarni – farg’ona surnay yo’llarini, keksa xalq bastakorlari yaratgan asarlarni qayta tiklash xususida faoliyat olib boradilar. Bir qator asarlarni radio fondiga yozib qoldirdilar. Orifxon Hotamovning shu davrdagi ustoz san’atkor Jo’raxon Sultonov bilan hamkorligi uning ijodiga katta samara berdi. 100 dan ortiq mumtoz asarlar yaratib shogirdlariga o’rgatdi va o’z hafnafaslari bilan birga ijro etib “oltin fond”ga yozdirdi. Ayniqsa, Yangiqo’rg’onlik (Farg’ona viloyati Qo’qon shahriga qarashli tuman) xushovoz xonanda, ustoz-san’atkor Rasulqori Mamadaliyev bilan qilingan hamkorlik, ustoz-shogirdlik Orifxon Hotamov faoliyatida alohida muhrlanib qoladi. Bastakorning 50 ga yaqin asarlari Rasulqori Mamadaliyev talqinida o’zgacha joziba topadi. Uning asarlarini xalq orasida yanada ommalashishiga sabab bo’ladi.

Orifxon Hotamov ish faoliyatini 1976 yildan boshlab hozirgi davrgacha Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansamblida davom ettirib kelmoqda.

80-90 yillarda ustoz (maslahatchi) o’ziga xos rahnamo sifatida ishni davom ettirib, faoliyatini ko’proq shogirdlar tarbiyalashga qaratdi. Doimiy tarzda yosh istedodli hofizlarga ustozlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga 1989-99 yillar orasida M.Uyg’ur nomidagi san’at institutining musiqali drama fakultetida talabalarga an’anaviy musiqa merosidan saboq beradi. Ayni paytda shogirdlar davrasida va maqom ansamblida o’z faoliyatini davom ettirmoqda.


X U L O S A

Istiqlol munosabati bilan xalq musiqa me’rosi, uning rang-barang an’analarini tiklashga ham keng yo’l ochildi. Shunday azaliy udumlarimiz qatoriga shogirdlarni ustozlar namunasi orqali tarbiyalash an’anasini kiritsak ayni muddao bo’ladi. Xususan, o’zbek ashulachiligi maktabini yaratgan Mulla To’ychi Toshmuhamedov, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Jo’raxon Sultonov, Mamurjon Uzoqov, K.Otaniyozov, Orifxon Hotamovlar o’zlarining sevimli san’atkorlari qatoridan joy olganliklari bilan ham qimmatlidir.

Shunday ekan har qanday ijodkor o’zi yaratgan mumtoz musiqiy asarlarni elga manzur bo’lishi, ularning yaratgan asarlari tarix sahifalarida muhrlanishini istaydi. Buning uchun o’z kasbiga har tomonlama munosib va an’anaviylik xususiyat kasb etishi lozim. Biz tomondan tanlangan mavzu ham ana shunday zabardast, el nazariga tushib ulgurgan ustoz hofizlardan Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov va Orifxon Hotamovlar ijodiyotini yana bir bor eslash bugungi kunning dolzarb muammolari hisoblanadi.

Ularning kelajak avlod uchun meros qilib qoldirgan nodir asarlari, ashula va kuylari allaqachonlar sevimli xalqimizning yuragidan, dilidan joy olgan, bugungi kunda ular tomonidan qoldirilgan musiqiy asarlari o’zbek xalqining boy musiqiy merosiga, mulkiga aylangan, desak adashmagan bo’lamiz. Ular doimo mehr-muhabbatni, yurtni, Ona-Vatanni ardoqlovchi ma’naviy boy, milliy musiqiy meros qoldirganliklari uchun ham xalqimizning og’zidan tushmay kuylanib, yangilanib, yasharib kelinmoqda.

Shu nuqtaiy nazardan yoshlarimiz bu nodir musiqiy merosimizni qanchalik o’rganmasin shunchalik oz bo’lib ko’rinaveradi.

Shunday qilib, yoshlarimizni O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyoti ularning yaratgan asarlari ruhida tarbiyalash muhim vazifa bo’lib qolaveradi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li bor.-T.: O’zbekiston, 1992.-22 b.

2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T.: O’zbekiston, 1993.-350 b.

3. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1994.-49 b.

4. Karimov I.A. Bunyodkorlik farovon hayot asosi.-T.: O’zbekiston 1995.-46 b.

5. Karimov I.A. Turkiston umumiy uyimiz. –T.: O’zbekiston, 1995.-46 b.

6. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohatlarini chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.-245 b.

7. Karimov I.A. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-T.: O’zbekiston, 1995-348 b.

8. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: Sharq, 19983 B 20-29.

9. Mahmud Ahmedov. Hoji Abdulaziz Abdurasulov. Tashkent. “O’qituvchi” nashriyoti. 1974 y.

10. Olimjon G’afurova va boshqalar. Abdulaziz Hofiz. Samarqand 1996 y.

11. S.Begmatov. Orifxon Hotamov. Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2000 y.

12. Matyoqubov O. Og’zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga kirish. Toshkent “O’qituvchi” nashriyoti. 1983 y.

13. Fitrat. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti – 1993 y.

14. Hojiakbar Hamidov. Musiqa – qo’shiqchilik madaniyatimiz tarixidan. Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti – 1995 y.

15. Isoq Rajabov. Maqom asoslari. Toshkent. Ibn Sino bosmaxonasi – 1992 y.

16. Xidirov F. Folklor ansambli. Qori Niyoziy nomli Pedagogika ilmiy tekshirish instituti. Toshkent – 1994 y.

17. Hojiakbar Hamidov. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik madaniyati tarixi. Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti – 1996 y.

18. Matyoqubov O. va boshqalar. Shashmaqom saboqlari. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston davlat konservatoriyasi ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot markazi – 2007 y.

19. Janaydarov Sh. Musiqada ta’lim va tarbiya birligi. Nizomiy nomli ToshDPI ilmiy-metodik kengashining 4-son qarori bilan tasdiqlangan. Toshkent – 1996 y.



20. Murodova D.A. Shashmaqom an’analari va zamonaviylik. Toshkent. “Musiqa” nashriyoti – 2005 y.



1 Ота Ниёзийнинг иккита девони Ўзбекистон Фанлар Академиясида Беруний номидаги Шарқшунослик институти қўлёзмалар фондида сақланмоқда. Унинг шеьрлари шоир Табибий тайёрлаган “Хоразм шоирлари” тўпламига ҳам киритилган.

1 Фозилжон 1954 йилда йўл фалокатида ҳалок бўлган

1 “Лазги” рақси тўла-тукис “Азиз ва Санам” мусиқали драмасига киритилган.

2 “Ошиқ Ғариб” мусиқасини яратишда М.Юсупов ҳам қатнашган.

Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish