O’zbekiston vatanim mening.
O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.
O'ZBEKISTON DEYA ATALUR
O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.
O'zbekistonimizning qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha so'z bo'lib, yo'nalish, chegara, hudud degan ma’nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin. U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oladigan hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlarni o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlarni anglatadi, mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlarni tushunamiz? Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga olishimiz zarur.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.
Yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.
Chindan ham, bizning diyorimiz shunchalar rang-barang, shunchalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'ona vodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna me'moriy obidalari,- Qoraqalpog'iston zaminidagi qadimiy qal'a-qo'rg'onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi.
O'zbekistonni bir ko'rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o'ziga maftun etgani haqida to'lqinlanib, hayajonlanib so'zlashadi.
Har qanday mamlakatning milliy boyligi ikki xil bo'ladi. Birinchisi — moddiy boyliklar, ikkinchisi — ma'naviy boyliklar. Moddiy boyliklar o'z navbatida yana ikki xilga — yer osti va yer usti boyliklariga bo'linadi. Yer osti boyliklariga zamin qa'rida yotgan turli foydali qazilmalar kiradi. Yer usti boyliklariga esa inshootlar, korxonalar, tog'lar va o'rmonlar, daryolar yaylovlar, shahar va qishloqlar kabi moddiy qadriyatlar kiradi.
O'zbekistonda foydali qazilmalar va mineral xomashyo zaxiralari juda serob. U oltin zaxirasi bo'yich dunyoda to'rtinchi, uni qazib olish bo'yicha esa yettinchi o'rin turadi. Shuningdek, mamlakatimiz uran zaxiralarining miqdori bo'yicha ham yetakchi o'rinni egallaydi. Bu yerda neft gaz resurslari ham ko'p. Yurtimizda, shuningdek, mis, kumush, litiy, fosfor, kaliy kabi mineral qazilmalarning ham boy zaxirasi mavjud. Bundan tashqari, Vatanimiz hududi ko'mir zaxiralariga ham boy. Mamlakatimizda 20 ta marmar koni, 15 ta granit va qimmatbaho toshlar koni aniqlangan. Ulardagi toshlar rang-barang va noyobdir.
O'zbekistonning yer usti boyliklari haqida gap ketganda, avvalo uning dehqonchilik uchun qulay bo'lgan sug'oriladigan zamini, daryo va ko’llari, turli noyob o'simlik va hayvonot dunyosiga ega bo'lgan tog'larini, obod shahar va qishloqlarini, u yerlardagi ishlab chiqarish korxonalari, bilim, madaniyat maskanlari, yo'llar, ko'priklar va binolarni eslaymiz.
Bizning zaminimizda ikki yarim ming yildan ziyod vaqtdan beri paxta yetishtirib kelinadi. Qadimiy kitoblarda yozilishicha, miloddan oldingi, ya'ni hozirgi yil hisobi boshlanmasidan burungi 7-6-asrlarda Samarqand, Toshkent, Xorazm vohalarida, milodning birinchi asridan boshlab esa Farg'ona vodiysida paxta yetishtirila boshlagan ekan.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng o'zining yer osti va yer usti boyliklariga to'la egalik qilib, ulardan samarali foydalana boshladi. Bu esa uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilmoqda. Qashqadaryodagi Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi, Sho'rtangazkimyo majmuasi, Buxorodagi Neftni qayta ishlash zavodi, Qoraqalpog'istondagi Oo'ng'irot soda zavodi, Dehqonoboddagi kaliyli o'g'itlar zavodi kabi o'nlab yirik sanoat korxonalari, zamonaviy temir va avtomobil yo'llar istiqlol yillari barpo etilib, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yo'lida xizmat qilmoqda.
Biz «Neksiya», «Damas», “Matiz”,«Lasetti», «Takuma», «Epika», «Kaptiva», «Spark» yengil avtomobillarini, «Suzuki» avtobuslarini yaxshi bilamiz. Bular istiqloldan keyin o'zimizda Asaka va Samarqand shaharlarida ish boshlagan avtomobil zavodlarida tayyorlanishidan ham yaxshi xabardormiz. Bu yurtimizning qisqa muddat ichida o'z avtomobilsozlik sanoatiga ega bo'lgani bilan bog'liq. Dunyoda avtomobilsozlik sanoatiga ega bo'lgan 28 davlatning biri O'zbekiston ekani bizga katta g'urur-iftixor baxsh etadi.
Vatanimizning ma'naviy boyliklari ham juda katta. Har qanday mamlakatning ma'naviy boyligi bugungi zamonda xalqining bilimi va dunyoqarashi, madaniy saviyasi bilan o'lchanadi. Chunki hozirgi davr axborotlar davri, kashfiyotlar davri, yangi-yangi texnologiyalar davridir. Kimning bilimi kuchli bo'lsa, dunyoqarashi ochiq va kelajakka qaratilgan bo'lsa, hamisha oldinda bo'ladi. Avvalo, mamlakatimiz aholisining deyarli yuz foiz savodli ekani bizning ulkan ma'naviy boyligimizdir. Chunki savodli odam kitob, gazeta o'qiydi, televizor ko'rib, radio eshitib, ulardan o'zicha mustaqil xulosa chiqara oladi. Eng muhimi, doimo dunyodan ogoh, zamon bilan hamnafas bo'lib yashaydi.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qarshi, Termiz, Karmana, Shahrisabz, Marg'ilon, Qo'qon kabi qadimiy shaharlarimizdagi noyob obidalar ham bizning betakror ma'naviyatimiz ko'zgusidir. Ularning aksariyati YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan.
YUNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan va madaniyat ishlari bo'yicha shug'ullanadigan mustaqil tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining o'zi esa NyuYork shahrida joylashgan. Unga dunyodagi 192 ta davlat, jumladan, bizning mamlakatimiz ham a'zo.
O'zbekiston zamini 3- 3,5 ming yillik madaniy tarixga ega. Bu yerda Jarqo'ton, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Afrosiyob, Qubo, Varaxsha, Mingo'rik, Shoshtepa, Tuproqqal'a, Qo'yqirilgan qal'a singari qadimiy sivilizatsiya o'choqiari mavjud. Ushbu manzilgohlardan buddizm, zardushtiylik, islom madaniyatiga, o'zbek davlatchilik tarixiga oid ko'plab yodgorliklar topilgan va topilmoqda.
Sivilizatsiya lotincha so'z bo'lib, madaniy taraqqiyot degan ma'noni bildiradi. Arabcha ma'nodoshi tamaddun, ya'ni madaniylashishdir.
Poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Vatanimizning ma'naviy boyliklaridan dalolat beradigan ko'plab noyob yodgorliklarni ko'rish mumkin. Qur'oni karimning xalifa Usmon davrida ko'chirtirilgan yagona noyob nusxasi ham Toshkentda, Hazrati Imom majmuasida saqlanadi. Bundan tashqari, yurtimizdagi turli institutlar, kutubxona va muzeylarda o'ta nodir qo'lyozmalar mavjud. Ulaming ko'pi o'z tadqiqotchilarini kutmoqda, yosh avlod vakillari ulg'ayib, kelajakda o'qib-o'rganishi, zarur xulosalar chiqarishi uchun ular asrab-avaylab kelinmoqda. Zardushtiylikning qadimiy kitobi «Avesto» ham bizning diyorimizda - ko'hna Xorazm zaminida'yaratilgan. Bu kitobning 2700 yillik to'yi 2001-yili xalqaro miqyosda bayram qilinganidan xabardor bo'lsangiz kerak.Xalqimiz qadim-qadimdan buyuk allomalari bilan dunyoga tanilganilgan.Musulmon olamida tan olingan oltita ulug' hadisshunosdan uchtasi bizning zaminimiz farzandidir. Bular — Imom Buxoriy, Imom Termiziy.
Aziz vatandosh, siz dunyoda bir-biridan qiziqarli va foydali kitoblar ko'p ekanini yaxshi bilasiz. Ma'rifatli har bir odam ularning eng zarurlarini tanlab o'qishga va shu orqali aqliy-ma'naviy jihatdan kuchli bo'lishga intiladi. Kitoblar orasida butun insoniyat uchun birdek qadrli bo'lgan, asrlar, ming yillar o'tsa ham asl qimmatini yo'qotmaydigan buyuk kitoblar ko'p. Ular butun jahon xalqlarining bebaho boyligi hisoblanadi. Siz bilan bizga shunisi faxr-iftixor bag'ishlaydiki, bashariyat tomonidan yaratilgan kitoblarning eng ulug'i buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy (ul zotni Ismoil o'g'li Muhammad Buxoriy deb ham ataymiz) nomi bilan bog'liq ekani musulmon dunyosida tan olingan haqiqatdir.Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat - yengimas kuch» kitobida quyidagi so'zlarni alohida ta'kidlab yozgani albatta bejiz emas: «Bu mo’tabar zot merosining gultoji bo'lmish eng ishonchli hadislar to'plami - «A1-jome'-as-sahih»' kitobi islom dinida Qur'oni karimdan keyin ikkinchi muqaddas manba bo'lib, ahli islom e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug'i hisoblanadi. Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo'liga chorlab kelmoqda».
Qadimda Xitoydan boshlanib, Sharq-u G'arbni bog'lagan Buyuk ipak yo'li Vatanimiz hududidan o'tgan. Bu yo'l Xitoyda tayyorlangan ipak matolarini olis Yevropa mamlakatlariga olib borishga xizmat qilgani uchun unga «ipak» so'zi qo'shib ishlatilgan. Qit'alar osha o'tib,qancha-qancha el-u elatlarni birlashtirgani uchun esa unga «buyuk» so'zi qo'shib aytilgan.Bu yo'ldan turli xalqlar, dinlar va madaniyatlar vakillari tinimsiz Sharqdan G'arbga, G'arbdan Sharqqa qatnab turgan. Yo'l ustidagi hududlar, jumladan, yurtimiz odamlari ham ana shu savdo karvonlari orqali boshqa xalqlar bilan aloqa qilgan, dunyodan xabardor bo'lib turgan. Ba'zan turli xalq, millat, din va madaniyat vakillariga bizning zaminimiz ma'qul kelib yoki boshqa sabablar bilan shu yerlarda yashab qolganlar. Shuning uchun turmush tarzimizda faqat milliy emas, balki umumbashariy qadriyatlarga xos xususiyatlar ham ko'p. Sharq deganda, dunyoning mashriq tomonida, ya'ni quyosh chiqadigan tarafida joylashgan mintaqa va mamlakatlar hamda u yerlardagi odamlarni tushunamiz. G'arb deganda esa dunyoning mag'rib tomonida, yani quyosh botish tarafida joylashgan mintaqa va mamlakatlar hamda u yerlardagi xalqlarni tushunamiz.Milliy qadriyatlar deb, faqat ma'lum bir hudud, xalq va millatga xos an'ana, urf-odat va tarixan shakllanib kelgan boshqa hayotiy zarur ko'nikmalarga aytiladi.Umumbashariy qadriyatlar deb, butun insoniyat uchun umumiy ahamiyatga ega bo'lgan, turli xalqlar o'rtasidagi aloqalar tufayli tarixan shakllanib boradigan hayotiy zarur ko'nikmalarga aytiladi.
Bizning milliy davlatchiligimiz qariyb uch ming yillik tarixga ega. Yurtimiz hududida tarixda So'g'd, Baqtriya, Kushon, Xorazm, Qang', Turon, Movarounnahr, Turkiston deb atalgan davlatlar bo'lgan. Ularning rivojlanish tarixi davomida erishilgan madaniy yutuqlar ham biz uchun katta ma'naviy boylik hisoblanadi.
Milliy ma'naviyatimiz sobiq mustabid tuzum davrida ayovsiz toptalgan edi. U O'zbekiston mustaqilligining asoschisi," Prezident Islom Karimov rahbarligida qaytadan tiklandi. Xalqimiz, ayniqsa yosh avlod vakillari nafaqat moddiy jihatdan, balki ma'naviy jihatdan ham hech kimdan kam bo'lmay voyaga yetishi, ozod va erkin yashashi, iste'dod hamda qobiliyatini ro'yobga chiqarib, buyuk Vatanimiz uchun sidqidildan xizmat qilishi uchun yurtimizda juda ko'p ishlar qilinmoqda. Ilgari taqiqlangan bayram va an'analar, qadriyatlar, ulug' ajdodlarimizning nomlari qayta tiklanishi, ularning tavallud to'ylari o'tkazilishi, qadimiy obidalanmizning tubdan ta’mirlanishi, yangi maktablar, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari ochilishi, o'zbek tilining nufuzi oshayotgani milliy ma'naviyatni yuksaltirish borasidagi ishlarga misol bo'la oladi.
Vatanimizning noyob imkoniyatlari, moddiy va ma'naviy boyliklari, mehnatkash va bag'rikeng xalqi har bir yurtdoshimiz qalbida «0'zbekiston - Vatanim manim» degan iftixor tuyg'usini uyg'otadi.
Xulosa qilib aytsak, O'zbekiston bizning yer yuzidagi yakka-yu yagona Vatanimiz. Yaxshi kunlarimiz ham, yomon kunlarimiz ham mana shu muqaddas zamin bag'rida o'tadi. Ajdodlarimiz xoki, bobolarimiz xotirasi, momolarimiz allasi, bugungi kunimiz, ertamiz — butun hayot-mamotimiz mana shu Vatan ravnaqi bilan bog'liq. Shuning uchun bu yorug' dunyodagi eng buyuk boyligimiz mana shu yurt, mana shu Vatandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |