O’zbekiston va Xitoy munosabatlari



Download 58,69 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi58,69 Kb.
#515407
Bog'liq
O’zbekiston va Xitoy munosabatlari-hozir.org


O’zbekiston va Xitoy munosabatlari

O’zbekiston va Xitoy munosabatlari

O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. 2017-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 11-13-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasi, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy zonalar barpo qilish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Xitoy hukumatining imtiyozli va tijorat kreditlari asosida O‘zbekistonda elektr energiyasi, neft-gaz, gidroenergiya va kimyo sanoati, havo va temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish singari 60 dan ortiq yirik loyiha amalga oshirildi. Bugungi kunda mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali qo‘shma korxonalar yaratishga kelishib olindi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini 2005-yilda imzolangan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yildagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2014-2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi hamda 2016-yilda imzolangan Qo‘shma bayonot tashkil qiladi. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, nihoyatda keng ko‘lamlidir. Ular uzoq muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumani (Shimoli-G‘arbiy Xitoy) bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 56,5 foiz o‘sib, 120 million AQSh dollariga yetdi. Bu boradagi ko‘rsatkichlar Qozog‘iston bilan 47,7 foiz (1,44 milliard dollar), Rossiya bilan 170 foiz(330 million lollar) oshdi.

Mahalliy bojxona idorasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda eksport va importning umumiy hajmi mazkur hududda 3,29 milliard dollarni tashkil etgan, ya’ni 24,2 foiz ko‘paygan. Xususan, eksport hajmi 2,73 milliard dollar(23,1 foiz) va import hajmi 560 million dollar(29,5 foiz)ga yetgan. Elektr mexanika va an’anaviy ko‘p mehnat talab qiladigan mahsulotlar eksport qilinadigan asosiy tovarlarga aylangan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi va xom ashyo mahsulotlari import tovarlari sifatida e’tirof etildi. Ma’lum qilinishicha, ko‘rsatib o‘tilgan davrda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 110 million AQSh dollarilik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olingan

O`zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (18,4%), Rossiya Federatsiyasida (14,5 %), Qozog`istonda (8,1 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (5,7 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg`izistonda (2,0 %) qayd etilgan. MDH davlatlari bilan ananaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi savdoni har tomonlama qo`llab quvvatlanishi natijasida MDHga a`zo davlatlar bilan o`zaro savdoning O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019 yilning yanvar-avgust oylarida 33,2 %ni (9 433,7 mln. AQSh dollari) tashkil etib, o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan 118,9 % o`sishni qayd etdi.

Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy (eksport umumiy hajmining 16,1 %), Rossiya (12,8 %), Qozog`iston (7,8 %), Turkiya (6,2 %), Qirg`iziston (3,9 %), Afg`oniston (2,9 %) va Tojikiston (1,6 %) hissasiga to`g`ri keladi. Hisobot davri natijalariga ko`ra, import bo`yicha hamkor-davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasini 15,8 % ulushi bilan ortda qoldirgan holda Xitoy umumiy import hajmida 20,2 % ulushi bilan birinchi o`rinni egalladi. O`zbekiston Respublikasi tomonidan importning jadal o`sishi tufayli Singapur (o`sish sur`ati o`tgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 b.) va Eron (173,6 %) yirik import hamkor-davlatlar yigirmatalikga kirdi

2019-yilning yanvar-avgust oyida respublikaga 149 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 7 tа eng yirik bo`lgan Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog`iston, Turkiya, Germaniya va AQSh hamkor davlatlaridan jami import hajmi 10 836,8 mln. AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 67,9 % ini tashkil qiladi.



http://hozir.org
Download 58,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish