2.2. Markaziy Osiyo davlatlarining aholisi va mehnat resurslari
Markaziy Osiyo davlatlarida inson omili belgilovchi o`rinda turadi. Markaziy Osiyo davlattlarining haqqiy boyligi va mulki uning mehnatsevar saxiy, vatanparvar va mehnatparvar hamda mehmondo`st xalqidur.
2.2.1-rasm. Markaziy Osiyo davlatlarining aholisi
“Jamiyatning eng oily boyligi bo`lgan xalq abadiy qadiryatlarning qudratli salohiyatini o`ziga jalb qilgan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarisah jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo`lib xizmat qiladi. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo`lib, u mamlakatning islohatlar va tub o`zgarishlar yo`lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta`minlab beradi, deydi Prezidentimiz I.A.Karimov (1997- yil)
Inson salohiyati mehnat zahiralarini shakllantirishda ijtimoiy demografik vaziyat hal qiluvchi rol o`ynaydi. Markaziy Osiyoda bu vaziyat qanday ahvolda ekanligi mavzu bayonida bayon etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining demografik hususiyatlariga oid ma`lumotlar ancha yetarli b`olib, ularda keltirilgan sonli raqamlar bir – biridan farq qiladi. Shunga qaraganda demografik xususiyatrlani belgilovchi qonuniyatlar deyarli bir xilda. Shuning uchun aholiga xos bo`lgan xos va xususiyatlarni o`rganganda unga xos bo`lgan qoqnuniyatlarni bilishga etiborni qaratishimiz kerak.
Markaziy Osiyo aholisi haqidagii ma`lumotlarni 1897; 1920; 1926; 1930; 1959; 1970; 1989-yildagi aholi ro`yxatining materiallaridan va keyingi yillarda chiqqan statistik ko`rsatishlar asosida ta`sir etildi. Bu regionda ham boshqa joylardagi kabi aholining umumiy o`sishi, ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy, geohgrafik hususiyatlar bilan bo`gliq. Jumladan Turkistonning bosib olinishi, Harbiylarning ko`chib kelishi, shaharlarning vujudga kelishi, jahon urushhlarining oqibatlari, milliy va diniy qarashlar davlatlarning parchalanib ketishi va boshqalar. Aholining umumiy ko`rsatikichini belgilovchi omillar.
Masalan: O`zbekistoning aholisi 1940-1945 yillarda 1,4 umumiy soni jihatdan olganda, 1917-1940-yillqarda 2,7 %ga 1960-1970-yilda -3,3 -3,8%ga; 1999-yilda 2,0%ga va keyingi yilarda o`rtacha 1,8%ga o`sdi.
Markaziy Osiyoda aholining umumiy soni 55 mln.kishi shu jumladan O`zbekistonda 27 mln.kishi, Qozog`istonda 15,3 mln.kishi va Qirg`izistonda 5,2 mln.kishi, Turkmanistonda 5,5 mln, Tojikistonda 7,0 mln.kishi aholishunoslarning bashoratiga qaraganda 2025-yilga borib Respublikalarda aholining soni quyidagicha taqsimlanar ekan.
O`zbekistonda- 33 mln.kishi, Qozog`istonda 16 mln.kishi, Tojikistonda 9,3 mln.kishi, Turkmanistonda 6,6 mln. kishi va Qirg`izistonda 6,6 mln.kishi. Markaziy Osiyo regionida umumiy aholi soni 71 mln. kishiga yetadi. Aholi o`sishining barcha davlatlarda bir xilda emasligiga regionda shakllangan tarixiy geografik ananaviy va ijtimoiy iqtisodiy xususiyatlar katta ta`sir ko`rsatadi. Region aholisining asosiy qismi O`zbekiston Respublikasida yashaydi (42 %) Aholining ko`payishi turli davrda turlicha .
Markaziy Osiyo davlatlari aholisining yuqori suratlar bilan o`sishi Qozog`istondan tashqari asosan tabiiy o`sish hisobiga bo`lmoqda. Tabiiy o`sish ko`rsatkichiga ko`ra Markaziy Osiyo davlatlari MDH da oldingi o`rinda turadi. Tabiiy o`sish ko`rsatkichi bo`yicha keyingi yillarda Turkmaniston yuqori ko`rsatkichga ega 22,1 kishi. O`zbekiston, Tojikiston, Qirg`izioston va Qozog`iston Respublikalarida ming kishi hisobiga tabiiy o`sish 20,6; 19,4 va 0,8 kishini tashkil etgan. A.Ro`ziyev (2000- yil) ma`lumoti bo`yicha tabiiy o`sish koeffisenti Turkmaniston, O`zbekiston va Tojikistonda hamda Qirg`iziston va Qozog`iston Respublikalarida 33:8; 31:7; va 33:9 hamda 26:8 va 19:9 ga teng.
Markaziy Osiyo Respublikalarida tabiiy o`sish bir xilda emas. Birgina 1990-1997 yillarning o`zida O`zbekiston aholisi 13,3 %ga ko`paydi. Qozog`istonda esa aholi sonida kamayish bo`ldi. Buning aqsosiy savbabi tibbiy o`sishini kamayib borayotganligi. 1987 yil 10000 kishiga 18,1 kishi to`g`ri kelgan bo`lsa, bu ko`rsatkish 1994-1997 yillarda 8,8 va 5,0 kishiga teng. Qozog`istonning qishloq joylarida bu ko`rsatkich 20,4 kishini tashkil etadi. Shuningdek, Tojikistonda 1970-1990 yillarda tibbiy ko`payish yuqori bo`lib, MDH davlatlari orasida yetakchi o`rinni egallagan. Keyingi yillarda mamlakatdagi o`zaro kelishmovchiliklar oqibatida aholining tibiy va mehnat o`sishida , kamayishlari kuzatildi.
Markaziy Osiyo aholisining geografik joylashuviga ham ob`yektiv va sub`yektiv omillari ta`sir ko`rsatgan. Vodiy va vohalar qadimiy ,shaharlar va viloyat markazlarida aholi ko`p va zich yashasydi. Regionning barcha hududlarida shahar aholisiga qaraganda qishloq aholisi ko`1pchilikni tashkil qiladi. Ya`ni umumiy aholining 45% shaxarlarda qolgan 55% esa qishloqlarda yashaydi. Tojikiston, Qirg`iziston va O`zbekiston Respublikalarida urbanizasiya jarayoni juda sekin kechmoqda. Urbanizasiya darajasi bo`yicha Qozog`iston Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori ko`rsatkichga ega.
Yangi ma`dan konlarining topilishi va ishga tushurilishi , yangi yerlarning o`zlashtirilishi va yirik irrigatsiya – melioratsiya ishlarining amalga oshirilishi bilan aholi joylasuvida o`zgarishlar bo`lmoqda. Markaziy Osiyo Respublikalarida shahar va qishloq aholisi quyidagicha taqsimlangan. (foiz % hisobida) .
Do'stlaringiz bilan baham: |