Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi. Turkistonda sho’rolar mustamlakachilik istibdodining o’rnatilishi o’lka xalqlarining milliy istoiqlol va ozodligining kurashi mavzusi mustamlakachilik davrida O’zbekiston tarixi haqqoniy yoritilmagan. Faqatgina tarixi bir tamonlama yoritib berilgan bu muammoning ayrim qirralari qisman o’rganilib chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi Prizidenti I.Karimov “Turkiston” gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida mustabid sovet tuzimi davriga munosabat bildirar ekan: “Biz shu paytgacha ko’proq eski tuzimni tanqid qilish, uni inkor etish bilan band bo’ldik. Albatta boshimizdan kechirgan mudhish va mustabid turmushning bugungi asoratlarini anglab yetish, yo’limizni to’g’ri belgilab ola bilish bu istiqolning dastlabki yillarida biz uchun albatta zarur edi. Ammo faqat o’tmishni yozg’irish, inkor etish bilan uzoqqa borib bo’lmaydi.
Shu bois bugun biz ota-bobolarimizga sun’iy ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz balki ularning hayotini ular yashagan davrning mohiyatini to’g’ri tushinishga xarakat qilishimiz lozim”6 deb ta’kidlagan edi. Madomiki shunday ekan his-hayajonga berilmasdan mustabid siyosiy tizim tarixi bilan xalqimizning tarixini ajrata bilishimiz, uni xolisona ilmiy asosda yoritish zarur.
6Karimov I.A. “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz” “Turkiston” 1999 yil 2-fevral. 14-bet.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mavzu doirasida mavzu yuzasidan ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, N. Jo’rayevning 2011 yilda nashr etilgan “O’zbekiston tarixi” darsligi, B.Eshovning “O’zbekistonda davlat va boshqaruv tarixi” nomli qo‘llanmasi, Q. Rajabov tomonidan yaratilgan
«Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari» nomli monografiya, R. Shamsutdinov va Sh. Karimovlar tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston tarixidan materiallar», «Vatan tarixi» nomli o‘quv qo‘llanmalari, «O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» nomli darslik, R. Shamsutdinovning «Istiqlol yo‘lida shahid ketganlar” va boshqalar shular jumlasidandir. Ammo, shunga qaramasdan Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati bo‘yicha ma’lumotlar tizimli ravishda tadqiq qilinmagan. Shu sababadan, mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib, tadqiqot ishini Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosatini o’rganishga, tahlil qilishga bag’ishladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |