Qo’rg’oshin birikmalari. Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,0003 mg/m3 ni tashkil yetadi. Atmosfera havosi tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalari konsentrasiyasining ortishi asab kasalliklari, peshob haydash yo’llari, nafas olish yo’llariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Organizmda gemoglobin miqdorini kamaytiradi. Qo’rg’oshin birikmalari nafas olish yo’llari orqali organizmga kirib borib, unda qariyb 50% uning birikmalari to’planadi. Sanoati rivojlangan shaharlarda uning konsentrasiyasi 5-38 mg/m3 ni tashkil yetadi. Xususan maktab yoshidagi bolalar uchun ular nihoyatda xavflidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |