«Ekologik omil»-Tirik organizmlarga ta`sir etuvchi muxit unsurlari (xarorat, bosim, namlik, radiatsiya va b.) ekologik omil deb ataladi. ekologik omil tirik organizmlarga tugridan-tugri ta`sir etuvchi muxitning ayrim bir tarkibiy kismidir. Tabiatda omillar tirik organizmlarga aloxida yoki birgalikda ta`sir etishi mumkin. Masalan, ma`lum joyning dengiz satxidan absolyut balandligi yoki suv xavzasining chukurligi tirik organizmlarga tugridan-tugri ta`sir etmay, boshka omillarning ta`sir etish xususiyatlarini (masalan, bosim, namlik, radiatsiya) uzgartirib yuborishi mumkin.
Tirik organizmlarni individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida tugridan-tugri ta`sir kiladigan muxit elementlariga ekologik omillar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |