Suvni koagullash va ishqorlash. Koagullash deb, suvni reagentlar bilan kimyoviy ishlov berish jarayoniga aytiladi, natijada, suvdagi kolloid-dispers qo‘shimchalar yiriklashib, yirik-dispers (pag‘a-pag‘a) holiga o‘tkaziladi.
Koagullash va ishqorlash uchun ishlatiladigan reagentlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh regentlar eritilganda eritma hosil bo‘ladi. Ularga tozalangan aluminiy sulfati, temir sulfati, soda, ohak, poliakrilamid va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh reagentlarga
suspenziya hosil qiluvchilar kiradi. Ularga tozalanmagan aluminiy sulfati, ohak, kuydirilgan dolomitlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |