Tayanch atama va iboralar
Gidrosfera, Tabiiy resurs, Amudaryo, Sirdaryo, suv sarflash koefficenti, suvning attiqligi, ma`muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik.
A d a b i y o t l a r
Qudratov O. Sanoat ekologiyasi. T.: T va ESI, 1999, 183 b.
Охрана окружающей среды. Под ред. С.Б. Белова. М.: Высшая школа, 1991 319с.
Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T.:O’qituvchi, 1997, 112 b.
Xolmuminov J. Ekologiya va qonun. T.:Adolat, 2000.
Nazorat savollari
Gidrosfera deganda, siz nima tushunasiz?
Suvning boshqa tabiiy resurslaridan farqi nimada va uning kundalik hayotimizdagi ahamiyati nimada?
Respublikamizning asosiy suv manbalarini sanab o’ting?
Respublikamizda qancha oqar suv mavjud?
Amudaryo va Sirdaryoning uzunligi, suv yigish maydoni va yillik suv hajmi haqida nimalarni bilasiz?
Bir kishi bir sutkada shaxsiy gigiena va maishiy kommunal zaruriyatlari uchun qancha suv ishlatiladi?
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bir sutkada bir kishi uchun qancha suv sarflanadi?
Qishloq xo’jaligi tarmoqlariga yiliga qancha suv sarflanadi?
7. Respublikamiz suv resurslari qancha maydondagi yerlarni uzlashtirishga etarli?
Bir gektar yerni sugorish uchun qancha suv sarflanishi lozim?
Yer osti suvlaridan yiliga qancha suv foydalanishga olinmoqda?
Sanoatda qancha suv sarflanadi?
Suv sarflash koefficienti deb nimaga ataladi?
Suvning sifati deganda, uni ishlab chiqarishga qo’llash yaroqligini ko’rsatuvchi fizik, kimyoviy, biologik va bakteriologik ko’rsatgichlarning majmun tushuniladi.
Har bir sharoitda texnologik jarayonlarning shartlariga qarab, xom – ashyolarning tarkibi, qo’llaniladigan qurilmalar va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish xususiyatlarini inobatga olgan holda va suvning qaysi maqsadlar uchun mo’ljallanganligiga qarab, ishlab chiqarishga qo’llaniladigan suvning sifati belgilanadi.
Ba`zi paytlarda texnologik jarayonni to’g’ri amalga oshirish uchun tarkibida 10-15 g/m3 tuz saqlangan, qattiqligi 0,01 mol.ekv/m3 ni tashkil etgan va kislorodga bo’lgan ehtiyoji 2g O2/m3 ga teng suv kerak bo’ladi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan oqova suvlarning kimyoviy tarkibi bir xil emas.
Oqova suvi – bu ishlab chiqarish va uy – ro’zg’orda yoki qishloq xo’jaligida ishlatilgan hamda ifloslangan hududlardan oqib o’tgan suyuqlikdir.
Hosil bo’lishiga qarab, oqova suvlari 3 guruhlarga bo’linadi.
Uy – ro’zg’or oqova suvlari.
Atmosfera oqova suvlari.
Sanoat oqova suvlari.
Uy – ro’zg’or oqova suvlari guruhiga hammomlardan va kimyoviy tozalash korxonalardan chiqadigan suvlar, oshxona va hojatxonalardagi suvlar, uylarni tozalashga ishlatilgan suvlar va
b. kiradi. Ularning tarkibida organik moddalar 58% ni va minerallar 42% ni tashkil etishi mumkin.
Atmosfera oqova suvlari – bu yog’ingarchiliklar va suv toshqini tufayli hosil bo’ladigan, organik va mineral moddalar bilan ifloslangan suvlardir.
Sanoat oqova suvlari – bu suyuq chiqindilar bo’lib, ular organik va anorganik xom – ashyolarni qazib olishda va ularni qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladi.
Texnologik jarayonlarda oqova suvlarning quyidagi manbalari paydo bo’lishi mumkin.
Kimyoviy reaktsiyalar tufayli hosil bo’ladigan oqova suvlar.
Ular, odatda, dastlabki moddalar va reaktsiya davomida hosil bo’ladigan mahsulotlar bilan ifloslangan bo’ladi.
Xom – ashyo va dastlabki mahsulotlar bilan o’zaro birikkan yoki qayta ishlash jarayonida erkin namlik hisobiga ajralib chiqadigan suvlar.
Qurilmalar, xom – ashyo va mahsulotlarni yuvishda hosil bo’ladigan suvlar.
Xiralashgan suvli eritmalar.
Suvli ekstraktlar va absorberlar.
Sovutish uchun ishlatilgan suvlar.
Boshqa turdagi oqova suvlar (masalan, vakuum – nasoslardan, aralashtiruvchi kondensatorlardan olinadigan suvlar, sig’imlar, tajhizotlar va xonalarni yuvishda hosil bo’ladigan oqova suvlar va boshqalar).
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, oqova suvlarning miqdori va kimyoviy tarkibi ishlab chiqarish turiga bog’liqdir. Masalan, 1 tonna kaltsiylangan soda ishlab chiqarish jarayonida 8– 10 m3 oqova suv hosil bo’lib, uning har bir m3 hajmida 0,70-0,80 kg kaltsiy sulfat, 20-24 kg muallaq zarrachalar, 50-60 kg natriy xlorid va 110-120 kg kaltsiy xlorid mavjudligi aniqlangan. Bir tonna xlorid kislota ishlab chiqarish jarayonida 12-13 m3 oqova suv hosil bo’lib, uning har bir m3 hajmida 0,01 kg gacha xlorid kislota qoldiqlari mavjudligi aniqlangan. Bir tonna nitrobenzol ishlab chiqarish jarayonida esa 50-60 m3 oqova suvi hosil bo’lib, uning har bir m3 hajmida 1-2 kg gacha sulfat va azot kislotlari hamda nitrobenzol qoldiqlari mavjudligi aniqlangan. Suvni ifloslantiruvchi ushbu moddalar qimmatbaho xom-ashyo bo’lib, ularni oqova suvlar tarkibidan ajratib olish va ulardan samarali foydalanish iqtisodiy yuksalish garovidir.
Oqova suvlar har xil moddalarning aralashmasidan iborat bo`lib, murakkab sistemani tashkil qiladi: erigan anorganik va organik birikmalar, muallaq daqal dispers va kolloid aralashmalar, ba`zi hollarda esa erigan gazlar (serovodorod, karbonat va boshqalar.).
Oqova suvlarning tarkibi kimyoviy ishlab chiqarishlarning turlari va ularning texnologik jarayonlariga boqliqdir. Sanoatda suv ashyo sifatida erituvchi, reaktsion muhit, ekstragent yoki absorbent, tashuvchi (transportiruyushiy) agent, isituvchi yoki sovutuvchi (apparatlarni yoxud ulardagi ashyolarni), turli xildagi moddalarni yuvish uchun, moddalarni haydashda (peregonka), pul'palar hosil qilishda, vakuum hosil qilishda, jiqozlarni, idishlarni va boshqa ko`p maksadlarda ishlatiladi. Tayyor mahsulotni olish uchun butun texnologik tsiklni o`tishda foydalanilgan suv boshlanqich, oraliq va oxirgi maqsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o`qitlar va anorganik ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar kislotalar, ishkorlar, har xil tuzlar (ftoridlar, sul'fatlar, fosfatlar, fosfitlar va boshqalar) bilan ifloslangan bo`ladi. Asosiy organik sintez ishlab chiqarish korxonalari – yoq` kislotalari, aromatik birikmalar, spirtlar, aldegidlar bilan; neft qayta ishlash zavodlarining suvlari - neft mahsulotlari, yoq`lar, smolalar, fenollar, sirt - faol moddalar bilan; sun`iy tola, polimer, har xil sintetik smolalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari - monomerlar, yuqori molekulali moddalar, polimer zarrachalari va boshqalar bilan ifloslangan bo`ladi.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo`jaligidan chiquvchi va suvga kelib qo`shiluvchi chiqindilarning hajmi ancha ko`paydi. Jumladan chorvachilik, parrandachilik, qishloq xo`jaligi maqsulotlari, o`q`itlari va har xil pestitsidlarni qayta ishlovchi korxonalardan chiquvchi oqova suvlar.
Ko`pincha oqova suvlar yoqimsiz o`tkir hidga ega moddalar bo`ladi (sul'fidlar, disul'fidlar, vodorod sulfid va boshqalar), ba`zan esa kimyoviy korxonalarning turlariga qarab, rangli chiqindi suvlar oqadi. Oqova suvlarda ko`pik hosil bo`lishi, ularda sirt-faol moddalarning bo`lishini ko`rsatadi.
Oqova suvlarning zararli darajasi uning ifloslayotgan moddalarni toksik (zaxarli) xususiyati va tarkibiga boq`liq. Oq`ir metallarning tuzlari, tsianidlar, fenollar, vodorod sulfid, kantserogen moddalar va qator boshqa shu kabi jinslar oqova suvlarning yuqori darajada zaqarlanishiga olib keladi.
Oqova suvlarning past yoki yuqori vodorod ko`rsatgichi (PH), ya`ni ishqoriy eki kislotali bo`lishi quvur materiallariga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalovchi inshootlarning apparatlariga nisbatan agressiv hisoblanadi. Bulardan tashqari, chiqindi suvlarda polimerlanish xossalariga ega bo`lgan har xil muallaq modda va birikmalarning ko`p miqdorda bo`lishi, suv quvurlari va kollektorlarining qasmoqlanishiga, natijada tiqilishga olib keladi.
Oqova suvlarning ifloslanish darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:
Organoleptik usul (suvning rangi, mazasi, hidi, tiniqligi).
Fizik-kimyoviy (optik zichligi, ranglanishi, PH, temperaturasi, elektr o`tkazuvchanligi, ishqoriyligi, nordonligi, qattiqligi, oquvchanligi, zichligi, tarangligi, quruq qoldiqi va boshqalar).
Эrigan organik va anorganik moddalar aralashmasining miqdori, kimyoviy-kislorodga bo`lgan kimyoviy extiyoj-XPK va kislorodga bo`lgan biokimyoviy extiyoj - BPK .
Daq`al dispersli kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning borligi.
Oqova suvlarning tahlil qilish organoleptik va fizik-kimyoviy kattaliklarini aniqlashdan boshlanadi. So`ngra, kir aralashmalarning umumiy miqdorini quritish orqali aniqlanadi. Qurigan qoldiqni qizdirilganda uning miqdorini kamayishi oqova suvda organik modda borligini bildiradi. Ko`pincha oqova suvlarni qizdirilganda anorganik moddalar ham uchib ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarni permanganatli yoki bixromatli oksidlanish yo`li bilan aniqlanadi. Har ikkala usulda ham kislorodning miqdori sarf bo`layotgan oksidlovchi, ya`ni KMpO4 yoki K2Cr2O7 ning miqdoriga ekvivalent bo`lishi kerak.
Oqova suvlardagi kir aralashmalarning fazoviy-dispers tarkibiga nisbatan turlarga bo`linish sistemasi Ukraina Fanlar Akademiyasining akademigi L.A.Kul'skiy tomonidan taklif qilingan. Bu sistemaning ma`nosi shundan iboratki, sistemadagi hamma iflos aralashmalar ularning dispers muhitga nisbatan to`rt gruppaga bo`linishidir:
gruppa - oqova suvlarda 10-5 - 10-4 sm va undan katta zarrachalarning suvda erimaydigan kir aralashmalarini bo`lish.
gruppa - zarrachalarining kattaligi 10-9 - 10-7 yoki 10-7 - 10-5 sm bo`lgan oqova suvlar.
gruppa - tarkibida erigan gazlar va molekulyar -eruvchi organik moddalar bulgan oqova suvlar.
gruppa - tarkibida ionlarga dissotsiatsiyalanuvchi moddalar bo`lgan oqova suvlar.
Oqova suvlardagi kir aralashmalarning fazoviy dispersion xarakteristikasi xar bir gruppa uchun oqova suvlarning tozalash usullarini muayyan turkumiga taklif qilishga imkon beradi.
Oqova suvlarni effektli tozalash sxemasini tanlash uchun ularni turlarga bo`lish zarurdir.
Oqova suvlarni bir qancha turlarga bo`lish sistemasi bor: suvlarning texnologik jarayonda ishtirok etish, kir aralashmalarning fazoviy-dispers tarkibi, ifloslanish darajasi, suv havzalariga bo`ladigan ta`siriga qarab va boshqalar.
Texnologik jarayonlarda oqova suvlar quyidagicha ko`rinishda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |