Toshkent shahri - O'zbekiston Respublikasininng poytaxti, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi hamda Markaziy Osiyodagi eng katta megapolisdir. Toshkent shahrining maydoni 326 kvadrat kilometrni tashkil qiladi; aholisi esa 2,5 million kishidan ortiqdir.
Har qanday megapolisga o'xshab, Toshkent shahridagi asosiy muammolardan biri - chiqindilar muammosidir. Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna atrofida maishiy chiqindilar hosil bo'ladi.
1998-2001 yillarda Toshkent shahrida yiliga 7 ming tonna atrofida sanoat chiqindilari hosil bo'lgan. 2002 yildan boshlab sanoat chiqindilari miqdori keskin ortdi. Bu bir tomondan,
korxonalarning iqtisodiy faolligini ortishi bilan, ikkinchi tomondan esa, sanoat chiqindilarini hosil bo'lishi, to'planishi, saqlash va utilizatsiyalashni hisobga olishning yaxshilanishi bilan bog'liq.
20-asrning oxirlariga kelib, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va tashib ketish bilan bog'liq juda og'ir vaziyat yuzaga keldi. Avvaldan mavjud tartibga ko'ra, bu vazifani o'rta va kichik (1,5-3 tonnali) yuk mashinalari bilan amalga oshirilar, bu esa juda samarasiz edi. Kommunal tizim xodimlarining sa'yi-harakatlariga qaramasdan, qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va tashib ketish muammosi dolzarbligicha qolaverdi. Bu muammo chiqindilarni yig'ish va tashish uchun zarur maxsus mashinalarni yetishmasligiga ham bog'liq edi. Mashinalarning eskiligi va butlovchi qismlarni yetishmasligi sababli hosil bo'layotgan maishiy chiqindilar o'z vaqtida olib ketilmas edi. Shuningdek, chiqindilarni tarkibiga ko'ra ajratib yig'ish va qayta ishlash ham tashkil etilmagan edi. Shaharda hosil bo'lgan chiqindilar Ohangaron, Hasanboy va Zangiota yo'lidagi axlatxonalarga tashlanar edi. Hasanboy va Zangiota yo'lidagi axlatxonalar turar joylarga yaqinligi sababli aholining noroziligiga sabab bo'layotgan edi.
O'zbekistondagi ekologik muammolar
Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo'lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayyan darajada salbiy ta`sir ko'rsatadi. Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:
Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren -olmaliq Chirchiq, Farg'ona- Marg'ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.
Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisetlar va mineral o'g'itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir.
O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish .
Do'stlaringiz bilan baham: |