Oltingugurt oksidi SO2. Rangsiz, o’tkir hidli gaz bo’lib, uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK o’r.sut.)si 0,05 mg/ m3 ni tashkil yetadi. Agar uning miqdori 0,13, 0,3 va 0,8 mg/ m2 ni tashkil etsa, aholi o’rtasida surunkali astma kasalligi mos ravishda 13, 18 va 26% ga oshib ketishi mumkin. Agar atmosfera havosi tarkibida SO2 uning RECHK sidan ko’proq to’planib qolsa, bronxit, o’pka yallig’lanishi, jigar-qon bosimining oshishiga va ko’z kasalliklariga sabab bo’ladi. CHunki havo tarkibidagi SO2 suv bilan
reaksiyaga kirishib kuchsiz sulfat kislotasi hosil qiladi va u ko’zlardagi shilliq pardalarni qo’ydiradi. Natijada ko’z qizil rangli bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |