A d a b i y o t l a r
Xolmo’minov J. Ekologiya va qonun. T.: Adolat, 2000, 352 b.
To’xtaev A.S. Ekologiya. T.: O’qituvchi, 1988, 192 b.
Qudratov O. Sanoat ekologiyasi. T.: Tosh T va ESTI, 1999, 183 b.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: Adolat, 1992.
O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi qonun, T.: Adolat, 1992.
Yirik biolog olim V.I. Vernadskiy ta’limotining muhimligi shundaki, u biosferaning paydo bo’lishi va rivojlanishini asoslab bera oldi. Biosfera birdaniga paydo bo’lmay, balki u kimyoviy va biologik omillarning uzoq evolyutsiya jarayonida o’zaro bog’liqligi natijasida paydo bo’lgan. Tirik organizmlar faqatgina biosfera paydo bo’lishi orqali hosil bo’ladi va o’zgaradi. Fotosintezlovchi avtotroflarning bakteriyalar va ko’k - yashil suv o’tlari y’ani prokariotlarning, keyin haqiqiy suv o’tlari va ko’p hujayrali o’simliklar –eukariotlarning paydo bo’lishi , biz yashab turgan biosferaning shakllanishida katta- ahamiyatga ega bo’ldi. Bu organizmlarning biosferadagi hayot faoliyati erkin kislorodning hosil bo’lishi va to’planishiga olib kelib, kislorod mavjudligi evolyutsiyaning asosiy bosqichlaridan biri bo’ldi.
Avtotroflar bilan parallel ravishda geterotroflar yoki hayvonlar ham rivojlanib boradi. Ularning shakllanishida eng ulkan yutuq, uchlamchi davrda materikda odamning paydo bo’lishi hisoblanadi. Biosferada evolyutsiya jarayonini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Dastlab litosfera shakllanadi va tashqi muhitning borligi aniqlanadi,keyin esa quruqlikda hayot boshlanadi.
Yerning butun geologik tarixida hayotsiz yashash tarzi ko’zatilmay, hozirgi tirik moddalar qadimgi geologik davrdagi tirik moddalar bian genetik jihatdan bog’liq ekanligi aniqlandi.
Yer qobig’idagi tirik organizmlar kimyoviy elementlar migratsiyasida asosiy ahamiyatga ega bo’lib, ularning massasi va miqdori hayotni aks ettirib turadi.
Geologik samaradorlik faoliyati bilan uning soni juda katta va butun amaliy vaqtda uzluksiz harakatda bo’ladi.
Biosferadagi jarayonlarni asosiy harakatga keltiruvchi kuch tirik organizmlarnig biokmyoviy energiyasi bo’lib qoladi.
Biosferaning yangi tabiiy jarayonlar tufayli yangi bosqichga o’zgarishi, yangi holat – noosferaga o’tish va uni o’rganishni ilmiy izlanishlar natijasida amalga oshmoqda.
V.I. Vernadskiy “Noosfera” atamasini fanga birinchi bo’lib kiritgan olimlardan biridir. U yerning geologik tarixini tahlil qilib, biosfera sekin – asta yangi davrga o’tish yangi geologik kuch va yangi ilmiy fikrlar natijasida ko’zatilshini aytib o’tdi. Ammo haligacha biosferaning noosferaga o’tishi haqida tugallangan fikr yo’q. Biosferadan noosferaga o’tish inson aqlining zakovati va kosmosni o’rganish bilan bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |