Talabalar o’quv amaliyoti dasturini bajarib, qilingan ishlari to’g’risida hisobot
topshirganlaridan keyin, ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun xo’jaliklarga,
tajriba stansiyalariga, ilmiy tekshirish institutlariga (ITI), viloyat agrokimyo
laboratoriyalariga yuboriladi.
Malakaviy amaliyotining maqsadi–talabalar o’z mutaxassisligi bo’yicha
olgan nazariy bilimlarini va uslubiy ko’nikmalarini yanada mustahkamlash,
xo’jaliklarda, agrokimyoviy laboratoriyalarda
ishni tashkil etishni, uning
bo’limlarida bajarilayotgan ishlar bilan tanishib, tuproq, o’simlik, o’g’itlarni
tekshirish usullarini va bunda ishlatiladigan asbob–uskunalar, jihozlarni ishlatish
jarayonlarini mukammal o’rganishadilar.
Amaliyotga chiqishdan oldin har bir talaba kafedra o’qituvchisidan maslahat
oladi, bunda talaba bajaradigan ishlarning rejasi va uni bajarishni ketma–ketligi
belgilab olinadi. Joylarda amaliyotga rahbarlik qilish bosh mutaxasis hamda
kafedralar tomonidan belgilangan o’kituvchilar tomonidan o’tkaziladi.
Amaliyot davrida bajariladigan ishlar mazmuni talaba ishtirokida aniqlanadi.
Bunda, qishloq xo’jalik ekinlarini o’g’itlash rejasini o’rganish,
tuproq xaritasi va
tuproqlarni agrokimyoviy ko’rsatkichlari asosida o’g’itlarni qo’llashni, asosiy
ekishdan oldin o’g’itlashni va oziqlantirishni, go’ng sochadigan mexanizmlar bilan
o’g’itlashni, urug’ni ekish bilan o’g’itlarni qo’llashni, egatlarga o’g’it berishni va
hokazolarni o’rganish tavsiya etiladi.
Amaliyot paytida talabalar organik o’g’itlarni to’plash va saqlash, go’ng
saqlagichlarni tuzilishi, kompostlar tayyorlash, mineral o’g’itlarni tashib keltirish va
ularni omborxonalarda saqlash ishlari bilan tanishadilar.
Yuqorida aytilganlardan tashqari, talabalar xo’jalikda o’g’itlar bilan
o’tkaziladigan tajribalarda qatnashib, fenologik kuzatishlarni o’tkazishda, o’simlik
va
tuproq analizida, o’simlik namunalari olishda, tajriba dalasidagi hosilni
yig’ishtirib olishda va uni hisoblashda ishtirok etishi shart.
Amaliyot davrida bajarilgan ishlarni yozib borish uchun kundalik daftar
tutadi.
Amaliyotni yakunlab kelgan talabalar fakultet dekanati tomonidan
belgilangan muddatda hisobotni dekanatga topshiradilar.
Amaliyot davrida
to’plagan materiallar asosida hamda har kuni bajargan ishlari yozib borilgan
kundalik daftar ma’lumotlariga tayanib hisobot yozadilar hisobotda, xo’jalik
to’g’risida umumiy ma’lumot, laboratoriya va uni bo’limlarining faoliyati,
hosildorlik va o’g’itlarni qo’llash, tuproq, o’simlik va o’g’itlarni analiz qilishda
ishlatiladigan asbob – uskunalarni ishlatish tug’risida ma’lumot berilishi kerak.
Hisobotda asosiy e’tiborni talabalar laboratoriya xodimlarini xo’jalikda
qanday ishlarni bajarayotganligiga hamda ular
agrokimyoviy kartogrammalar
tuzishda, o’g’itlarni qo’llashda ma’ruza va suhbatlar o’tkazish yo’li bilan yordam
ko’rsatishini batafsil yoritishi kerak.
Amaliyot davrida talabalar bajaradigan asosiy masalalar quyidagilardan
iborat:
1. Dala sharoitida o’tkaziladigan tuproqlarni tekshirishning asosiy usullarini
o’rganish
2. Tuproqlarning sho’rlanish darajasini, karbonatligini va undagi ayrim
birikmalarning sifatiy ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan kimyoviy
reaksiyalardan foydalanish uslublari bilan tanishish va uni amalga oshirish.
3. Tekshirilayotan maydonlarning sxematik tuproq xaritasini tuzish.
4. Tuproq chuqurlari (rezervlari) asosida Surxondaryo atrofida tarqalgan
taqir-o’tloqi tuproqlarni hamda qumloq tuproqlarni o’rganish va ularga baho berish.
5. O’tkaziladigan amaliyot yakuniga ko’ra, tuproqlarni
agronomik nuqtai
nazardan asoslab hisobot yozish va uni himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: