O’zbekiston uzliksiz ta’lim standartlari davlat tizimi o’rta maxsus kasb hunar ta’limi o’zbekiston respublikasi davlat standarti


II. O’RTA MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI MUASSASALARI



Download 0,87 Mb.
bet3/25
Sana13.04.2023
Hajmi0,87 Mb.
#927862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
KHK-AL Математика ДТС укув ва ишчи дастур

II. O’RTA MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI MUASSASALARI
BITIRUVChILARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR

2.1. O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan talablarni standartlashtirish:


O’MKHT muassasalari bitiruvchilarining bilim sifati va kasbiy malakasiga qo’yiladigan talablarni standartlashtirishning maqsad va vazifalarini belgilashdan;
O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan talablarni standartlashtirish sohasidagi asosiy tushunchalarni aniqlashdan;
O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan umumiy talablar, shu jumladan malaka talablari mazmunini belgilashdan;
Standart talablarining bajarilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirishdan iborat.

2.2. "O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan talablar" idoraviy bo’ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yakka shaxslarni ham hisobga olgan holda barcha davlat boshqaruv organlari va ta’lim faoliyati bilan mashg’ul bo’lgan sub’yektlar tomonidan bajarilishi shart.


2.3. O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan talablarni standartlashtirishning maqsad va vazifalari
2.3.1. O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan talablarni standartlashtirishning maqsadi davlat va jamiyat, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorlari talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashning davlat kafolatlarini ta’minlashdir.
2.3.2. Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan talablarni standartlashtirishning vazifalari quyidagilar:
kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar darajasida kadrlar tayyorlash ko’rsatkichlarini belgilab berish;
akademik litseylar bitiruvchilarini o’rta maxsus ta’lim darajasida tayyorlash ko’rsatkichlarini belgilab berish;
O’MKHT muassasalari uchun pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, ta’lim beruvchilarni ishonch-li axborot bilan ta’minlash.
2.4. O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan umumiy talablar
O’MKHT muassasalari bitiruvchilarga qo’yiladigan talablar quyidagi ko’rsatkichlarning umumlashtirilgan tavsifnomasidan iborat:
fundamental fanlar va aniq kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy bilimlar, kasbiy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish;
kasbiy mohirlik va tafakkur doirasining yetarli shakllanganligi;
tashkilotchilik va tadbirkorlik xislatlarining shakllangan bo’lishi;
davlatning tuzilishi, uning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishi haqida aniq bilimlarga ega bo’lish, xalqaro voqea, hodisa va muammolarni tushuna olish;
mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrlarini yozma va og’zaki ravon bayon etish malakalari shakllangan bo’lishi;
turli vaziyatlarni tanqidiy baholash, yangiliklarga doimiy intilish;
o’zbek tilini mukammal bilish, davlat tilida yozma va og’zaki ravishda erkin muloqotda bo’lish;
umuminsoniy fazilatlariga ega bo’lish, o’z millatini va vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
kompьyuterlar va boshqa telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish;
rus tilini yaxshi o’zlashtirgan holda, boshqa chet tilini mukammal bilish;
o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga, boshlang’ich kasbiy ko’nikmalarni kundalik hayotga, turmushga tatbiq eta olish;
jismoniy baquvvat, sog’lom bo’lish, harbiy xizmatga va tezkor tibbiy yordam ko’rsatishga layoqatli bo’lish;
ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan o’zini o’zi doimo takomillashtirish xislatlariga ega bo’lish;
bilimlarni doimo oshirib, yangilab borishga intilish, o’quv va mehnat faoliyatiga ijodiy, mustaqil yondashish sifatlariga ega bo’lish;
mantiqiy fikrlashning uslublari va usullarini bilish, ularni amaliy faoliyatda qo’llay olish malakasiga ega bo’lish;
huquqiy bilimlar asoslariga ega bo’lish;
iqtisodiy bilimlar asoslariga ega bo’lish;
zamonaviy axborot vositalari bilan ishlashning amaliy ko’nikmalarini mustahkam egallash;
ma’naviy-axloqiy madaniyatga ega bo’lish;
siyosiy madaniyatga egalik, fuqarolik burch va mas’uliyat hislari shakllangan bo’lishi;
ekologik madaniyatga egalik kasbiy faoliyatda ekologik mas’uliyatni his qilish, tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga ega bo’lish;
o’quv fanlari bo’yicha oliy ta’lim muassasasida tahsil olish uchun zarur bo’lgan bilimlar majmuiga ega bo’lish.

2.5. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayanch o’quv rejasi


2.5.1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartining tayanch o’quv rejalari ta’lim mazmunidan kelib chiqib akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha alohida tuziladi.
Tayanch o’quv rejalari O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ishchi o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
2.5.2. Tayanch o’quv rejasida o’quv yili 40 hafta va 2 semestrdan iborat. Har bir semestr 20 haftani o’z ichiga oladi.
2.5.3. Tayanch o’quv rejalarida umumiy 4560 soatdan 80-220 soat ta’lim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori bilan kiritiladigan fanlar uchun ajratiladi.
2.5.4. Ta’lim muassasalari o’quvchilarining haftalik yuklamasi 54 soatni tashkil etadi. Bundan 16 soati mustaqil ishlashga ajratiladi.
2.5.5. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tayanch o’quv rejalari 1, 2, 3 va 4 jadvallarda keltirilgan.
2.5.6. Ta’lim muassasalari ilmiy-pedagogik kengashlariga ishchi o’quv rejalarini tuzishda tayanch o’quv rejalarini ta’lim standartlari talablari doirasida 15-20% gacha o’zgartirish huquqi beriladi.
1-jadval
Akademik litseylar uchun tayanch o’quv rejasi





Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish