“O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-transport yo’lagi” va uning Geosiyosiy ahamiyati
2011-yil 25-aprelda O‘zbekiston Respublikasi, Turkmaniston Eron Islom Respublikasi, Ummon sultonligi, va Qatar davlati hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risida bitim (Ashxobod bitimi) imzolangan. Keyinchalik Qatar chiqib ketadi bu orada esa Qatar bilan aloqalar sustlashadi. Shundan so’ng 2015-yildan Qozog’iston bu bitimga qo’shilgan. Hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari, Fors ko‘rfazi hamda O’mon dengizi portlari o‘rtasida tovarlarni uzluksiz tashish va tranzit uchun ishonchli transport yo‘lagini yaratishga yo‘naltirilgan.
Ushbu yo’lakning muhimligi nafaqat Markaziy Osiyo, balki albatta ko’rfaz arab davlatlari uchun ham foydali bo’ladi. Avvalam bor ushbu yo’lak o’tadigan tranzit davlatlar iqtisodi diversifikatsiyalashadi, tovar aylanmasining hajmi ortadi shuning bilan bir qatorda ko’rfaz davlatlariga Markaziy Osiyo bozorlariga yanada yaqinroq kirib kelishga imkon yaratiladi.
Yana shuni alohida takidlash joiz-ki, “O’zbekiston tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko’ra aynan ushbu transport yo’lagi transport yo’laklarining arzon va yo’lning qisqaligi bo’yichha ikkinchi o’rinda turadi. Harakat yo’nalishi: “Toshkent-Buxoro-Turkmanobod-Mari-Saraxs-Bandar Abbos porti (Eron)” Yo’nalish masofasi: 3065km, yukni yetkazib berish vaqti: 6-7 kun”1 Aynan ushbu yo’lakning rivojlanishi siyosiy jihatdan ko’rfaz mamlakatlari va Eronning ham munosabatlarini mo’tadillashtirishga imkon yaratadi. Eronning aynan ushbu yo’nalish bo’yicha yillik savdo aylanmasi 1 mln dollarga oshadi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 5-aprelda Eronning sobiq tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashganda, shuningdek 2021-yil 6-oktabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida “O’zbekiston- Turkmaniston-Eron-Ummon transport yo’lagi” dan samarali foydalanish bo’yicha kelishib olishgan edi. Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida 2021-yil 28-noyabrda Ashxabotda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu yo’lakni rivojlantirish bo’yicha kelishib olindi. 2021-yilning 12-oktyabr kuni Qozog’istonning Nur-Sulton shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” (KAMHK) shaklidagi birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan KAMHK Bosh kotibiyati oʻrtasida oʻzaro maslahatlashuvlar mexanizmi boʻyicha anglashuv memorandum imzolandi. Hujjat ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirishga hissa qoʻshadi va tomonlarni qiziqtirgan masalalar boʻyicha muntazam maslahatlashuvlar tashkil etishni koʻzda tutadi. Ushbu yo’lakning geosiyosiy ahamyati
Birinchidan Aynan ushbu yo’lakning rivojlanishi siyosiy jihatdan ko’rfaz mamlakatlari va Eronning ham munosabatlarini mo’tadillashtirishga imkon yaratadi.
Ikkinchidan Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy exportyor va importyorlari ham o’ziga yaqin bo’lgan yetakchi davlatlar bo’lib bu ularning iqtisodiyotida diverfikatsionlikka ta’sir o’tqazmoqda. Albattaki Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodining rivojlanishi, ba’zi kuchlarga bog’liqligini ushbu mintaqada kamayishiga olib keladi.
Uchinchidan Xitoyning “Bir kamar bir yo’l” rejasini amalga oshirishda uni Arab davlatlari bilan bog’laydigan eng yaqin yo’llardan biri hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki istiqbolda Xitoy “Ashxabot” bitimiga qo’shilishi mumkin ya’ni o’z yo’l chizig’ini ushbu yo’nalishga bog’laydi.
To’rtinchidan Bu yo’lak Rossiya manfaatlariga zid keladi. Chunki bu yo’lak Shanxay hamkorlik tashkilotiga kiruvchi davlatlarning yana iqtisodiy jihatdan bog’lanish imkoniyatini yaratadi. ShHT da Xitoyning ro’li kuchli ekanligi barchamizga ma’lum.
Beshinchidan logistika sohasini rivojlantiradi va O’zbekiston uchun dengiz yo’liga chiqish imkonini yaratadi.