O’zbekiston tumani
29- umumta’lim maktabi boshlang`ich sinflarda
“ Xotira muqaddas –
xotira abad”
mavzusida
Hamma uchun birdek sevimli shoirimiz marhum Muhammad Yusuf timsolidagi bir o’quvchi sahnaga chiqib kelib, qo’lini ko’ksiga qo’yib deydi:
Assalomu alaykum aziz mehmonlar hurmatli ustozlar.Bugun barchangiz biz kabilarni eslab, qadrlab, ruhlarni shod etmakka yig’ilgan ekansiz ,men ham shunday muazzam kunlarda o’zimning dil izxorimni keltirmoqchiman.
Mehmondo’st deb kimlar tarif qilmagan?
Toshkent, sen minnatni bilmagan ustoz,
Oybek nigohisan , Ooybek quchog’i
Anhor bo’ylarida qumrilar o’ynar
Shoir G’ofur G’ulom bilgan qumrilar
Ikki ming yil avval Sag’bonni izlab
Hindistonni tashlab kelgan umrilar
Sening ko’zlaringga termulib turib
Qoshiqlar so’rayman, men ham bir o’g’ling
Toshkent, ey minnatni bilmagan ustoz
Bir umr tushmasin yelkamdan qo’ling
U nigohini yerga qadab, bir oz sukut saqlab, ohista sahnani tark etadi.
Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi. Ular ham she’r o’qish bilan tadbirni ochib beradilar.
Vatanni aslida Vatan qilganlar,
Erk uchun jonlarin gulhan qilganlar,
Tillarin kessalar ko’zlarin o’ysa
Bir-biriga dil bilan suxan qilganlar.
Vatanni aslida Vatan qilganlar.
Maqtov malham bo’lmas, bu qurbonlarga,
Oyatda orom bor shahid jonlarga
Qo’llaring duoga katta och, elim,
Shukrona joizdir, erkin onlarga,
Vatanni aslida Vatan qilganlar.
1- boshlovchi: - Assalomu alaykum, osuda hayotimizning yo’lboshchilari hurmatli otaxonlar, mehri ummon onaxonlar! Hammamiz 9- mayni „ Xotira va qadirlash kuni “ deb bilamiz hamda bu kunda o’tganlarni yog etish, tiriklarni qadrlashni, biz mustaqil yurt farzandlari uchun ham qarz, ham farz deb hisoblaymiz.
2- boshlovchi: - Bugun siz azizlarga biz, maktab o’quvchilari tomonidan „ Xotira muqaddas- xotira abad“ deb nomlangan tadbirni tomosha qilishga taklif qilamiz.
1- boshlovchi: - Siz hozirgina shoirimiz Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rdan bahramand bo’ldingiz. O’zining qisqa umri, ammo manaviy olami, bisoti keng bu shoirimiz hayot bo’lganlarida 58 bahorni qarshilagan bo’lar edilar. Biroq Maqsud Shayixzoda aytganlaridek : Odamlar bo’ladiki, tirigida o’likdir,
Odamlar bo’ladiki mangulikda tirikdir.
2- boshlovchi:
Ular o’lmaganlar mangu haotlar,
Har jabhada bizga yo’ldosh- qanotlar.
Ruxi poylariga qilaylik tazim,
Xotirlar yurmoqlik savobi azim.
boshlovchi: - Xotira o’zlikni anglashga o’tmishni doimo yodda tutishga bot- bot davat etib turadigan muqaddas tuyg’u. Inson o’zining kim ekanligini Xotira va qadr tuyg’usi orqali chuqurroq anglaydi. Inson hotirasi muqaaddas , u o’z ajdodlarini esga olib, ezgu ishlarni yod etadi.
Boshlovchi: Ajdodlarini xotirlash susaysa, yani ajdodlar bilan avlodlar o’rtasida uzilish ro’y bersa, millat tanazullga yuz tutar ekan.
Xotira inosonni kelajakka teran ko’z bilan qarashga ham o’rgatadi.Muhammad Yusuf she’ri bilan „ Qodiriy bobom “ qo’shig’i ijro etiladi.
So’ng olti o’quvchi „ Xotira muqaddas “ nomli she’rni ifodali o’qiydilar.
G’amgin xotiramni qitiqlab bugun,
Yorqin xissiyotga bo’ldingiz sabab.
Ruhingiz bosh uzra uchar tunu- kun,
Har bir ezgu isgda siz menga madad,
Xotira muqaddas – xotira abad
Puchmoq bu tarixning qa’riga ketgan,
Ne bir allomalar, ne bir botirlar
Ularning har biri muhrlab bitgan
Xalqim yuragiga o’chmas hotirlar.
Xotira muqaddas – xotira abad.
1- boshlovchi: - Aziz mehmonlar Poytaxtimizdagi „ Xotira maydoni“ ga inmson hotiasi va qadri ezozlanuvchi qutluq maskanga tavof uchun har kuni yuzlab ziyoratchilar tasgrih buyurar ekan.
2- boshlovchi: - darhaqiqat, xotira maydoniga qadan qo’ygan inson borki bu yerdan taassurotlaru hayratlarsiz ketmaydi. Kimdir Xotira kitobidan yaqin kishisining ismini ko’rib ko’ziga yosh olsa, kimdir shu kunlarga лунши kelganiga shukrona aytadi. Motamsaro ona haykali poyi gulchanbarlar bilan to’lib ketadi. Bularning barchasi o’tganlar ruhiga ehtirom ifodasidir.
1- boshlobchi: - „ Xotira qadrlash “ kunini o’tkazishgan maqsad- xalqimizning Vatan ozodligi va mustaqilligi ucgun job fido etgan farzadlari hotirasini adabiylashtirish, bugun ham el- yurtimiz obro’yini yuksaltirishga biz yoshlarni tarbiyalashga xissa qo’shayotgan faxriylarni ardoqlashdir.
2- boshlovchi: - aytish mumkinki, bu nafaqat jang maydonlarida qurbon bo’lganlarni xotirlash balki, furont ortida urishdan keyingi yillarda fidokorona mehmat quchog’ida bugungi dorilamon kunlarimizda ham yorug’ dunyoni tark etib ketgan insonlarni xotirlash hamdir. Hazm kuy pardalari yuqorilashib yana pasayadi.
1- boshlovchi: - shuning bilan muhtaram qatnashchilari, bugungi tadbirimiz poyoniga yetib bormoqda biroq xotira- boqiy, xotira abad.
2- boshlovchi: - Tadbirga ishtirok etib bizga quloq tutganingiz namoyish etganlarimizni tomosha qilganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz. „ Munojot“ qo’shig’i ijro etiladi. Shu qo’shiq adog’ida qatnashchilar bir- birlari bilan hayirlashishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |