Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi
Internet yangiliklari
Xalqaro standartlar va eksport mahsulotlariga qoʻyilgan sifat talablari boʻyicha seminar oʻtkazildi
Chop etish uchun
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro savdo yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar, professor oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va potensial mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan oʻtkazilgan trening davomida xalqaro standartlarni ishlab chiqarish korxonalarida joriy qilishning afzalliklari, eksport mahsulotlariga qoʻyilgan sifat talablari borasida qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga atroflicha javob oldilar.
Internet yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-2022-yillarda yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar) ga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha oʻtkazilgan ikkinchi bosqich saralash tanlovlar natijalarini eʼlon qildi.
“Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisida” Nizomga va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Maxsus ekspert guruhining hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining tegishli qarorlariga asosan tanlovda gʻolib deb topilgan 101 nafar yosh olimlar qatorida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining 3 nafar yosh, metrolog olimlari ham bor.
Institut mutaxassisi Nishonov Voxobjon Xamidulla oʻgʻli ham gʻolib boʻlib, u “Verlab” ltd Tibbiyot oʻlchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi (Bosniya va Gersegovina)da uch hafta davomida ilmiy stajirovka oʻtashi belgilandi.Navbatdagi mutaxassis Raxmanova Nozima Ravshanovna Turkiya milliy metrologiya institutida metrologiya yoʻnalishida malaka oshirib qaytadi.
Ulugʻbek Panjiyev Ukrainaning Dnepr metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish ilmiy- ishlab chiqarish markazida malaka oshirishga yoʻllanma oldi. Institutning bu 3 nafar yosh olimi tanlovda xorijiy tillarni oʻzining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻlgan darajada bilishi va qoʻllay olishi, stajirovka maqsad va vazifalarining dolzarbligi hamda ilmiy yoki iqtisodiy samaradorligini yoritib bera olganligi, stajirovkaning oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotning yoʻnalishlari, ehtiyojlari va talablariga mosligi boʻyicha yuqori ballar bilan gʻoliblar safidan oʻrin olishdi.
Internet yangiliklari
Chop etish uchun
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax filiali masʼullari tomonidan Zomin tumanidagi “Zomin asl ipak tolasi” korxonasiga xalqaro oyeko-tex standarti taqdim etildi.
Bunday imkoniyat natijasida mazkur korxona mahsulotlari jahon bozorlarida oʻz oʻrniga ega boʻladi deganidir.
Internet yangiliklari
Chop etish uchun
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bevosita ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini chet davlatlarga eksport qilishi bilan bogʻliq. Shu jihatdan "UzTest" davlat muassasasi Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi хodimlari tomonidan hududlardagi yirik eksportyor korxonalarni o’rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan "BUMFA GROUP ASIA" hamda Ohangaron shahrida faoliyat yurituvchi "LIMAX GOLD TEXTILE" korxonalarida ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish, xalqaro standartlarning ahamiyati va afzalliklari boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, korxonalarga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan zarur konsultativ xizmatlar koʻrsatildi.
Internet yangiliklari
“SE” markirovkasini tasdiqlovchi sertifikat yana bittaga koʻpaydi
Chop etish uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorligida Urgut tumanida joylashgan “Sam Nur Tavfiz” qoʻshma korxonasiga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida talab etiladigan “SE” markirovkasini tasdiqlovchi sertifikati topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |