6-jadval
Xo’jalik yurituvchi subyektning sekin sotiluvchi
aktivlaring aylanish tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Farqi (+, -)
|
1
|
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum
|
8 131 417 131,00
|
9 277 298 739,00
|
1 145 881 608,00
|
2
|
Sekin sotiluvchi aktivlar, ming so'mda (140, 190, 200 -satrlar)
|
9 440 412 906,00
|
9 792 238 653,00
|
351 825 747,00
|
3
|
Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish koeffitsiyenti (1/2)
|
0,86
|
0,95
|
0,09
|
4
|
Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish davri, kun (2*360/1)
|
417,95
|
379,98
|
-37,97
|
5
|
Sekin sotiluvchi aktivlarning salmog'i koeffitsiyenti (2/1)
|
1,16
|
1,06
|
-0,10
|
6
|
Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanishini tezlashishi yoki sekinlashishidan mablag'larning bo'shashligi yoki qo'shimcha jalb qilishi
|
-
|
-
|
-
|
|
a) kunda
|
-
|
-
|
-37,97
|
|
b) summada
|
-
|
-
|
-978 497 314,22
|
6-jadval ma’lumotlariga ko’ra xo’jalik yurituvchi subyektning sekin sotiluvchi aktivlarining aylanish koeffitsiyenti o’tgan yilga nisbatan 0,09 (0,95 - 0,86) birlikka ortgan. Unga mos ravishda sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish kuni 37,97 kunga kamaygan.
Shu jumladan, sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish salmog’i koeffitsiyenti ham o’tgan yilga nisbatan 0,10 (1,06 - 1,16) birlikka kamaygan. Mazkur holat xo’jalik yurituvchi subyekti uchun ijobiy holat. Negaki, sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish davrini 37,97 kunga qisqarishi xo’jalik yurituvchi subyektini 978 519 916,82 ming so’m mablag’ni iqtisod qilishga olib kelgan.
7- jadval
Xo’jalik yurituvchi subyektning to’lov qobiliyati tahlili
№
|
Ko‘rsatkich nomi
|
Satr raqami
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Farqi (+, -)
|
1
|
Jami pul mablag'lari, ming so'mda
|
320
|
842 491 942,00
|
553 579 709,00
|
-288 912 233,00
|
2
|
Qisqa muddatli investitsiyalar, ming so'mda
|
370
|
1 461 945,00
|
81 561 945,00
|
80 100 000,00
|
3
|
Debitorlik qarzlari, ming so'mda
|
210
|
1 698 781 339,00
|
2 724 617 206,00
|
1 025 835 867,00
|
4
|
Tovar-moddiy zaxiralar, ming so'mda
|
140
|
1 292 557 212,00
|
1 779 801 432,00
|
487 244 220,00
|
5
|
Joriy majburiyatlar, ming so'mda
|
600
|
2 049 399 852,00
|
1 882 406 656,00
|
-166 993 196,00
|
6
|
Mutloq to'lov qobiliyati, koeffitsiyent
|
|
0,413
|
0,339
|
-0,07
|
7
|
Oraliq to'lov qobiliyati, koeffitsiyent
|
|
1,240
|
1,741
|
0,50
|
8
|
Umumiy to'lov qobiliyati, koeffitsiyent
|
|
1,871
|
2,687
|
0,82
|
9
|
Joriy majburiyatlarda tovar-moddiy zaxiralarning tutgan ulushi, %
|
|
63%
|
95%
|
31%
|
7-jadval ma’lumotlariga ko’ra xo’jalik yurituvchi subyektning mutlaq to’lov qobiliyati yil boshi va oxirida mos ravishda 0,413 va 0,339 koeffitsiyentni tashkil etib, bu uning uchun salbiy holatdir. Negaki, xo’jalik yurituvchi subyekti yil oxiridagi mutloq to’lov qobiliyati 0,07 koeffitsiyentga kamaygan.
Tahlil natijalariga ko’ra, mutlaq to’lov qobiliyatida kamayish kuzatilgan bo’lsada, oraliq va umumiy to’lov qobiliyatlari ortganini ko’rish mumkin. Xususan, oraliq to’lov qobiliyati 0,50 (1,741 - 1,240) ga, umumiy to’lov qobiliyati esa 0,82 (2,687 - 1,871) ga ortgan.
8- jadval
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili
№
|
Ko‘rsatkich nomi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Faqri (+, -)
|
1
|
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, (480/400)
|
0,481
|
0,439
|
-0,042
|
2
|
To'lov qobiliyati koeffitsiyenti, ((320+370+210+140)/600)
|
1,871
|
2,730
|
0,859
|
3
|
Majburiyat va o'z mablag'lari manbayi o'rtasidagi nisbat koeffitsiyenti (770/480)
|
1,079
|
1,278
|
0,198
|
4
|
Tovar-moddiy zaxiralarni jami mablag'lar manbalari bilan qoplanganligi koeffitsiyanti,
((480+570+580+730+740-130)/140)
|
7,813
|
6,336
|
-1,477
|
5
|
Mablag'larning chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti, ((480+570+580-130)/480)
|
0,568
|
0,695
|
0,127
|
8-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy koeffitsiyentlarining o’zgarishini quyidagicha baholash mumkin:
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti yil boshiga nisbatan hisobot davri oxirida 0,042 (0,439-0,481) koeffitsiyentga kamaygan. Bu ko’rsatkich 0,5 dan yuqori maqsadga muvofiq bo’lishini hisobga olgan holda, xo’jalik yurituvchi subyekt tegishli choralar ko’rishi lozimdir.
Xo’jalik yurituvchi subyektning umumiy to’lov qobiliyati koeffitsiyenti esa, 0,859 (2,73 – 1,871) koeffitsiyentga ortgan. Bu xo’jalik yurituvchi subyekt uchun ijobiy holat deb qarash mumkin.
Majburiyatlar va o’z mablag’lar manbayi o’rtasidagi nisbat koeffitsiyenti 0,198 (1,278 – 1,079) koeffitsiyentga ortgan. Bu ko’rsatkich 0ga qanchalik yaqinlashib borsa shunchalik ijobiy qaralishini inobatga olgan holda, xo’jalik yurituvchi subyekt uning ortishini emas, aksincha 0ga yaqinlashishini ta’minlashni maqsad qilishi lozim hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralarni jami mablag'lar manbalari bilan qoplanganligi koeffitsiyenti esa, 1,477 (6,336 – 7,813) koeffitsiyentga kamaygan. Bu xo’jalik yurituvchi subyekt uchun salbiy siljish borligini anglatadi.
Mablag'larning chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti 0,127 (0,695 – 0,568) koeffitsiyentga ortgan. Bu xo’jalik yurituvchi subyekt uchun nisbatan ijobiy siljish hisoblanadi.
Xulosa tarzida shuni ta’kidlash kerakki, xo’jalik yurituvchi subyekt hisobot yilida faoliyati uchun uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlarni jalb etgan. Natijada, uning ayrim moliyaviy koeffitsiyentlari yuzasidan salbiy xulosalarga kelish mumkin. Masalan, mustaqillik yoki majburiyatlar va o’z mablag’lari manbayi o’rtasidagi nisbat koeffitsiyentlariga. Ammo, xo’jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy koeffitsiyentlari va ularning o’zgarishiga asosan uning umumiy moliyaviy holatini ijobiy baholash mumkin. Sababi, faoliyati uchun jalb etilgan uzoq muddatli kredit va qarzlardan samarali foydalanishi hisobiga hisobot davrida ijobiy natijalarga erishilgan. Natijada to’lov qobiliyati va tovar-moddiy zaxiralarni jami mablag'lar manbalari bilan qoplanganligi koeffitsiyentlarining ijobiy darajasi ta’minlangan, shuningdek mablag'larning chaqqon harakatchanlik koeffitsiyentida ijobiy siljish kuzatilgan. Bu xo’jalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlarni qaytarishida muammolar yuzaga kelmasligidan dalolat beradi.
XULOSA
Buxgalteriya balansi tahliliga ko’ra xulosa qilib quyidagilarni aytish mumkin:
xo’jalik yurituvchi subyekt debitorlik qarzlarini undirish ishlarini amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Negaki, debitorlik qarzlarini vaqtida undirilmasligi uning moliyaviy holatini pasaytirishi mumkin.
hisobot yilida xo’jalik yurituvchi subyekt 36 794 808 596,00 ming so’mlik mulkga ega bo’lib, uning 56,1 foizi chetdan jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllangan. O’z navbatida majburiyatlarning asosiy qismini uzoq muddatli bank kreditlari tashkil etgan. Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlardan samarali foydalanilishi yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin bo’lsa-da, mulkning kata qismi chetdan jalb qilingan mablag’lar hisobiga shaklllanishi salbiy holatdir.
buxgalteriya balansi aktivi va passivini harakatchanligiga ko’ra tahlilida ko’ringanidek, xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatida mutlaq moliyaviy barqarorlikka erishish uchun tegishli harakatlarni amalga oshirishi lozim hisoblanadi.
tovar-moddiy zaxiralarini qoplash uchun xo’jalik yurituvchi subyektning o’z mablag’lari manbalari yetishmasligi mavjud. Shu sababdan tovar-moddiy zaxiralarini qoplash uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga amalga oshirilgan.
xo’jalik yurituvchi subyektining tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga tegishli manbalar tahliligi ko’ra, uning moliyaviy holati barqarordir. Moliyaviy holatni mutlaq barqaror darajaga keltirish uchun esa tovar-moddiy zaxiralarni o’z mablag’lari manbalari hisobiga qoplashni ta’minlash o’rinlidir.
Mutlaq to’lov qobiliyatini oshirish orqali xo’jalik yurituvchi subyekt ancha barqaror holatga erishishi mumkin. Sababi, mutlaq to’lov qobiliyatida kamayish kuzatilgan bo’lsada, oraliq va umumiy to’lov qobiliyatlari o’sish bo’lgan.
Keyingi uzoq muddatli maqsadlarni ko’rib chiqishda o’z mablag’larini oshirish va mol-mulk manbalari tarkibini yaxshilashni inobatga olish o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |