b) Tinglovchilar:
Institut qoshidagi kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash temir yo’l Markazida o’qiyotgan shaxslar tinglovchi hisoblanadi. Tinglovchilarning ta’lim olishdagi maqomi institut talabasi maqomining ba’zi qismlariga mos.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o’qitish shartlari va huquqlari kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash temir yo’l Markazi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Institutda ta’limning ishlab chiqarishdan ajralmagan holdagi o’quv shakllarida muvaffaqiyatli o’qiyotgan tinglovchilarga ularning ish joyidan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida, Tarmoq bitimi va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan imtiyozlar (maoshi saqlangan yoki saqlanmagan holda qo’shimcha ta’til, oliy ta’lim muassasasi joylashgan manzilga borish va kelish uchun yo’l haqi va boshqalar) berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |