O’zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrovozni yurgizib yuborishda
o’zgartirgichlardagi yo’qotishlar.
O’zgaruvchan tok elektrovozlari
o’zgartirgichlaridagi (transformator, reaktorlar) yo’qotishlarning ba’zi
turlari yurgizib yuborish rejimiga deyarli bog’liq emas, shu sababli tortuv
dvigatellari to’liq bo’lmagan quvvatga erishganlarida (EKG 21-pozitsiyasi-
ga qadar) umumiy elektr energiyasi sarfida bu yo’qotishlar ulushi katta
81
bo’ladi; elektrovoz f.i.k. 65% gacha tushib ketishi mumkin. Bu esa
yurgizish dvigatellarning katta toklarida amalga oshirib, qisqa vaqt ichida
EKG ning yuqori, elektrovoz f.i.k. 88% ga yetadigan pozitsiyalariga
chiqish kerakligini anglatadi. Shuningdek, kichik tezliklarda qo’zg’atishni
bo’shashtirishni qo’llash ham maqsadga muvofiq emas.
Poyezd bilan birga peregon bo’ylab harakatlanish.
Poyezdlarni
tortish uchun sarflanadigan elektr energiyaning umumiy muvozanatidan
eng katta qismini poyezdlarning peregonlar bo’ylab harakatlanish sarfi
tashkil etadi. Shunga bog’liq holda poyezdlarni tejamkor boshqarishning
quyidagi asosiy qoidalari qabul qilingan.
Tushishning so’nggi qismida qisqa maydoncha va tik ko’tarilishga
o’tish joyiga kelganda tezlik keskin oshirilib, bu maydonning bir qismini
o’chirilgan dvigatellar bilan va keyingi ko’tarilishning bir qismini kichik
toklar bilan o’tish imkonini beradi.
Poyezdning 1 ts og’irligiga hisoblaganda elektr energiya sarfining,
tushish oxirida tezlik kattalashgan holidagi kamayishini, Vt-s/ts, quyidagi
formula bo’yicha aniqlash mumkin
2
1
2
2
0128
.
0
`
u
u
a
bu yerda u
2
– tushish oxirida tormozlanish rejimi o’zgarganidan keyingi
tezlik, km/s;
u
1
– avvalroq qabul qilingan tushish oxiridagi tezlik, km/s.
Masalan, yo’lni ta’mirlash tugallanganidan keyingi yo’l
qo’yiladigan tezlik 60 dan 80 km/s gacha ko’tarilgan. Bu
poyezdning 1 ts og’irligiga hisoblaganda quyidagi elektr
energiyasini tejash imkonini beradi:
tkuch
s
Vt
a
/
8
.
35
60
80
0128
.
0
`
2
2
Agar bir sutka davomida bu yo’ldan berilgan yo’nalishda og’irligi 3000
ts bo’lgan 50 ta poyezd o’tar ekan, tejalgan elektr energiyasi quyidagini
tashkil etadi:
s
kVt
sutkada
bir
s
Vt
A
5370
.
.
5370000
50
3000
8
.
35
Albatta, bunday tejashning faqat barcha poyezdlarning tushish oxirgi
qismidagi tezligi 80 km/s bo’lganida iloji bo’ladi, xolos.
Ko’tarilishdan tushishga o’tishda elektr energiyasini tejashga, agar
bunga poyezdni boshqarish shartlariga ko’ra yo’l qo’yiladigan hollarda,
82
kontrollyorni ertaroq o’chirish orqali erishiladi. 250 A li tokda va
dvigatellar parallel ulangan holda kontrollyorning bor-yo’g’i 12 soniyaga
kech o’chirilishi VL8 yoki VL10 elektrovozlarida elektr energiyasi
ortiqcha sarflanishini keltirib chiqaradi.
s
kVt
A
10
3600
12
3000
4
250
bu yerda: 4 – dvigatellarning parallel guruhlari soni;
3000 – kontakt tarmog’idagi kuchlanish, V;
3600 – soniyalarni soatga o’tkazish koeffitsiyenti. Nomuvofiq tormoz-
lanish, masalan, tushish oxirida tormozlarni kechikib qo’yib yuborish
poyezdning
avvalroq
jamlangan
kinetik
energiyasining
ortiqcha
yo’qotilishiga olib keladi. Tormozlanish boshida tezlik qancha katta bo’lib,
tormozni qo’yib yuborish momentida u qancha past bo’lsa, tormozlardagi
yo’qotish shuncha katta bo’ladi. Har bir tonna og’irlikka tormozlardagi
yo’qotishlar hisob-kitobi murakkabligi tufayli bu yerda keltirilmadi. Misol
uchun og’irligi 3500 ts bo’lgan poyezd tezlik cheklangan joyga
yaqinlashganida tormozlanish bajarilib (uzunligi 0,4 km, qiyaligi i = -1‰),
tezlik 75 dan 25 km/s ga pasaytirilsa, yo’qotilgan energiya 193,5 kVt-s ga
teng bo’ladi.
Poyezdni
to’xtatish uchun uning hisobini olmagan holda
tormozlanishda ham energiya yo’qotiladi; poyezdni bor-yo’g’i 1 m
maydonchada oldinga tortib qo’yish uchun ham poyezdning 100 ts
og’irligiga 5 Vt-s energiya sarflanadi. Shunday qilib, og’irligi 5000 ts
bo’lgan poyezdni 30 m masofaga siljitish uchun quyidagi energiya
sarflanadi
s
kVt
А
5
.
7
1000
100
30
5
5000
Og’ir vaznli poyezdlarni boshqarish aksariyat hollarda elektr
energiyasini tejash imkonini beradi, chunki bu holda bir xil yukni tashish
uchun kamroq elektrovoz talab etiladi. Ma’lumki, elektrovoz harakatiga
ko’rsatiladigan solishtirma qarshilik vagonlarga nisbatan 2-3,5 barobar
yuqoriroq.
Bundan tashqari, elektrovozning o’z ehtiyojlari (ventilyatorlar,
kompressorlar, transformatorlar, nasoslar, elektr pechlari) uchun
sarflanadigan energiya ham tejaladi.
83
Elektrovozning harakati uchun energiyaning o’rtacha solishtirma sarfi
mazkur
uchastka
uchun
belgilangan
poyezdlarni
tortish
uchun
sarflanadigan energiya solishtirma sarfidan 10 Vt-s/ts-km ga ko’proq deb
qabul qilinadi. Poyezdlarni tortish uchun energiyaning solishtirma sarfi
me’yori 18 Vt-s/ts-km ga teng bo’lganida uzunligi 180 km lik uchastkadan
og’irligi 3600 t kuch (me’yor 3200 bo’lganida)ga teng bir yuk ortilgan
poyezdni o’tkazishdan tejalgan energiya 67 kVt-s ni tashkil qiladi.
Umumiy tavsiyalar:
- gorizontal profilli yoki kichikroq ko’tarilishlari bo’lgan uchastkalarda
poyezdni tejamkor boshqarish uchun imkon qadar bir xil tezlik bilan
harakatlanish kerak bo’ladi;
- tezlikni oshirishni tushish (pastlik) va maydonchalarda amalga
oshirish
tejamliroq
bo’ladi; pastga tushishda maydoncha yoki
ko’tarilishlarda yetib olishga to’g’ri keladigan vaqtni yo’qotish noto’g’ri.
Odatda, tortuv dvigatellarini to’liq bo’lmagan quvvatiga ishga tushirish
maqsadga muvofiq (oz-ozdan tormozlanib borish zarurati yuzaga kelmasa
bo’ldi). Bunda doimiy tok elektrovozlarida dvigatellarini bo’shashtirib
qo’zg’atish pozitsiyalarida harakatlantirgan ma’qul, chunki bu holda
dvigatellarning f.i.k. dvigatellardagi to’liq ishchi kuchlanishdagiga
nisbatan pastroq ekanligiga qaramay, ammo to’liq qo’zg’atilgan holdagiga
nisbatan 1,5-2,5% yuqoriroq bo’ladi. O’zgaruvchan tokda ishlaydigan
elektrovozlarda tepadan tushishda qo’zg’atishni bo’shashtirmagan holda
quyi harakatlanish pozitsiyalarini qo’llash foydaliroq hisoblanadi;
- tik ko’tarilishlarga yo’l qo’yiladigan eng katta tezlikda yaqinlashish
va ularning birinchi qismini bo’shashtirilgan qo’zg’atishda o’tib, so’ng
asta-sekin OP ning quyi pozitsiyalariga, shundan keyin esa to’liq
qo’zg’atishga ko’chish kerak; bu, ayniqsa, vazni og’ir poyezdlarni
boshqarishda katta ahamiyatga ega bo’lib, chegaraviy darajadagi katta
toklarda to’liq qo’zg’atishda kamroq tokda hamda bo’shashtirilgan
qo’zg’atishga nisbatan tortuv kuchi ancha yuqoriroq Bu bilan dvigatel
yakorlari chulg’amlari qizib ketishi kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |