68
Rekuperativ tormozlashni o’chirish uchun mashinist kontrollyoridagi
tormozlash dastagi kichik vaziyatlar tomonga rekuperatsiya toki nolga
yaqin bo’lgan holatga o’tkaziladi. So’ngra bosh dastak, undan so’ng
tormozlash dastagi nolli vaziyatga o’tkaziladi. Reversiv-selektiv dastak M
vaziyatiga o’tkaziladi. Tormozlash o’zgartirgichlarni vallari tortish
rejimiga o’tishi va sxema tortish rejimida ishlashga tayyor bo’lishi uchun
bosh dastak qisqa muddatga (1-3 soniya) 1-vaziyatga qo’yiladi. So’ngra
o’zgartirgichlar o’chiriladi. VL80
R
o’zgaruvchan tokli elektrovozda
harakat tezligiga ko’ra rostlash zonasi tanlanadi:
60-80 km/soat tezlikda 4-zonani
45-60 km/soat tezlikda 3-zonani
20-40 km/soat tezlikda 2-zonani
0-20 km/soat tezlikda 1-zonani qo’llash tavsiya etiladi.
Shturval tanlangan zonaga o’rnatiladi va tormozlash dastagi P
vaziyatga o’tkaziladi. Tormozlash sxemasi yig’ilganligi to’g’risida
mashinist boshqaruv pultidagi R chiroqchasi o’chib-yonishidan xabar
topadi. Tormoz dastagi bilan bir tekisda qo’zg’aluvchanlik tokini oshirib,
rekuperativ tormozlash rejimiga erishiladi va I
ya
langari toklari nisbati va I
v
tortuvchi elektr dvigatellarning qo’zg’aluvchanligi belgilanadi, bu holda
I
v
/I
ya
nisbati 0,43 dan past bo’lmasligi kerak.
Agar tezlikni pasaytirish zarur bo’lsa, nisbatan yuqori tormozlash kuchi
qo’zg’aluvchanlikni yuqori toki va langarni yuqori tokini qo’llash
hisobidan olinadi. Bu esa o’z navbatida kontrollyor shturvalini rostlashning
quyi zonalariga qarab bir tekis aylantirish hisobidan kelib chiqadi.
Rostlashning 1-zonasida shturvalni NR holatiga o’tkazishda tizim tortuvchi
dvigatellari ishga tushishiga qarshi rejimda o’tadi. Tortish rejimda
rekuperativ tormozlashdan oldin shturvalni P1 holatiga qo’yish mumkin va
tortish rejimining toki hamda tortish kuchi pasaygach tormozlash dastagi P
holatiga o’tkaziladi. Shundan so’ng shturval kerakli holatga o’rnatiladi va
tormozlash kuchi yuqorida ko’rsatilgan usullar bilan rostlanadi.
Tormozlash rejimi sxemasini yig’ish uchun shturvalni nolli vaziyatdan
keskin tarzda PO holati orqali o’tkazish zarur. Bunda tortish rejimining
sxemasi yig’ilmasligi kerak va tortuvchi elektr dvigatellar ampermetrlari
nolni ko’rsatishi kerak. So’ngra interval kerakli holatga o’rnatiladi va
sxema tormozlash dastagini P holatiga o’tkazish bilan teriladi.
Rekuperatsiya rejimini bekor qilish uchun avval tormozlash dastagi,
so’ngra shturval nolli holatga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: