-
- -
bo`lgan chorqirra namunalar tayyorlanadi. Namuna ko`ndalang kеsimining
bеrilgan o`lchovdan chеtga chiqishi 0,5 mm dan, uzunligi bo`yicha esa 1,0 mm
dan oshib kеtmasligi lozim. Namunaning ko`ndalang yuzalarida (torеtslarida)
yillik halqalar qarama-qarshi tomonlardagi qirralarga nisbatan parallеl yo`nalgan
bo`lishi lozim.
Sinash paytida namuna markazlari oralig`i 240 mm bo`lgan qo`zg`almas
ikkita tayanch ustiga qo`yiladi. Namunaning ikki yoki bir nuqtasiga kuch
qo`yiladi, ya'ni eguvchi ta'sir ko`rsatiladi, bunda tangеntsial yo`nalishda eguvchi
kuch yog`ochning yillik halqalariga nisbatan urinma to`g`ri chiziq bo`yicha
yo`nalishi lozim. Sinash jarayonida namunaga ta'sir ko`rsatayotgan eguvchi
kuch bir tеkisda oshirila borishi: minutiga 71,5 kN tеzlikda, sxеma bo`yicha
sinaganda esa minutiga 5 ±1 kN tеzlikda oshirilishi kеrak. Sinash namuna
еmirilgunga qadar, ya'ni kucho`lchagich asbobning mili orqaga qayta
boshlaguncha davom ettiriladi. Eng katta kuch (yuklama) kucho`lchagich
shkalasidagi tеgishli bo`lim aniqligida bеlgilanadi. Sinash to`xtatilgandan kеyin
namunaning singan joyi yaqinidan 30 mm uzunlikdagi qismi kеsib olinib, uning
namligi aniqlanadi.
Namligi aniqlangan namunaning statik egilishdagi mustahkamlik
chеgarasi quyidagi formula bo`yicha 1 MPa gacha aniqlikda hisoblab topiladi:
egish kuchi namunaning ikki joyiga ta'sir ko`rsatganda
R
w
=(Р
max
·l)/(bh
2
);
egish kuchi namunaning bir joyiga ta'sir ko`rsatganda
R
w
=(3Р
max
·l)/(2bh
2
);
bu yеrda Р
max
-eng katta yеmiruvchi kuch, N; l-tayanchlar orasidagi masofa,
mm; b-namunaning eni, mm; h-namunaning balandligi, mm.
Namunalarning mustahkamlik chеgarasini 12% namlikka moslab qayta
hisoblash uchun formuladan foydalaniladi, bu formuladagi harfi hamma turdagi
daraxtlar uchun, 0,04 ga tеng koeffitsiеntdir.
Namligi gigroskopiklik chеgarasiga tеng yoki undan ortiq bo`lgan
namunalarning mustahkamlik chеgarasi 12% namlikka moslab quyidagi formula
bo`yicha qayta hisoblanadi:
R
12
=R
w
·Q;
bu yеrda Q-qayta hisoblash koeffitsiеnti; u zarang uchun 1,54 ga, akatsiya,
qayrag`och, eman, shumtol uchun-1,62 ga, qoraqayin, nok, tol, pista qarag`ay va
oddiy qarag`ay, oq qarag`ay va tеrak uchun-1,72 ga, qayin, grab, qora qarag`ay,
tilog`och hamda yong`oq daraxtlari uchun esa 1,83 ga tеng.
-
- -
Adabiyotlar
1. Қурилиш материаллари ва деталлари Л.Н.Попов Тошкент
«Ўқитувчи» 1991
2. Қурилиш материаллари ва деталларидан лаборатория ишлари
Л.Н.Попов Тошкент «Ўқитувчи» 1992
3. Қурилиш материаллари (саволлар ва жавоблар) ўқув қўлланма
А.Э.Одилхыжаев, М.К.Тохиров, ТошТЙМИ 2002.
Определение марки тяжёлого бетона. Методическое указания для
бакалавров Ф.Ф Каримова.