«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti


Тayanch qismlarini hisoblashning asosiy qoidalari



Download 2 Mb.
bet6/7
Sana26.01.2017
Hajmi2 Mb.
#1137
1   2   3   4   5   6   7

7.3. Тayanch qismlarini hisoblashning asosiy qoidalari
Тayanch qismlarning minimal o’lchamlari mustahkamlikka hisoblash orqali aniqlanadi. Odatda tayanch qismlarning oraliq bo’ylab eng katta o’lchami tayanch maydonchasi ustki balansir tayanish chizig’igacha o’lchamining ikki marotabasidan katta bo’lmasligi kerak (s ≤ 2h, 7.6,b-rasm).


7.6-rasm. Тayanch qismlari elementlarining hisobiy sxemasi: a) yuqori balansir sxemasi; b) tayanch qismlarining asosiy o’lchamlari; v) ostki balansir hisobiy sxemasi; g) plitaning hisobiy sxemasi

Тayanch qismlarining ko’prik o’qiga ko’nlang yo’nalishdagi o’lchami oraliq qurilmaning ostki belbog’i eniga bog’liq. Тipovoy temirbetonli oraliq qurilmalar ostiga o’rnatiladigan tayanch qismlar ostki belbog’ eniga teng bo’lgan o’lchamga ega. Тipovoy metall fermalar uchun tayanch qismlari ostki belbog’ eniga nisbatan 10...30 sm ga katta bo’lgan o’lchamga ega.

Boshqa hollarda tayanch qismlarining ko’ndalang yo’nalishdagi o’lchami qoidaga muvofiq tayanch qismlari usti va ostidagi betonni ezilishga hisoblashdan aniqlanadi.

Тayanch qismlarining hisobi soddalashtirilgan hisobiy sxemalar qo’llangan shartli xarakterga ega (7.6,a-g-rasm).

Ustki balansir belgilangan o’lchamining yetarliligi uning konsol qismini egilishga mustahkamlikka hisoblash orqali o’rnatiladi (7.6,a-rasmga q.).

Eguvchi moment aniqlangandan keyin me’yoriy kuchlanish hisoblanadi:


(7.1)
bunda M – eng katta eguvchi moment; W – balansir hisobiy kesimining qarshilik momenti; Ru – balansir po’latining egilishga hisobiy qarshiligi.

Ustki balansir o’lchami a oraliq qurilmalar materialining (po’lat yoki temirbetonning) ezilishga mustahkamlik shartidan aniqlanadi.

Ostki balansir uzunligi katoklar soni va ularning (ko’prik o’qi bo’ylab) siljishiga bog’liq.

Katoklar orasi tirqishidagi masofa katoklarning ishonchli ishi sharti, ya’ni ularning xavfsiz oraliqda aylanishining ta’minlanishidan topiladi (tayanish chizig’idan katok chetigacha eng katta qiyalikda 25 mm dan kichik bo’lmagan rezerv masofa qolishi kerak). Ushbu masofa katok enini uning perimetriga nisbatiga ham bog’liq.

Odatda katoklar orasi tirqishidagi masofa aylanali katoklar uchun 25 mm , kesilgan katoklar uchun esa 25 mm va 50 mm belgilanadi.

Katok silindrik yuzasining tekislik bilan tegish chizig’i bo’ylab sodir bo’ladigan kuchlanish formuladan aniqlanadi:


(7.2)
bunda Rk – bitta katokdagi yuk; r – katok radiusi; l – katok yoki sharnir uzunligi; Rsr.– po’latning siqilishdagi hisobiy qarshiligi.

Katok diametri yoki ustki va ostki balansirlarning sharnirli birikmalarining aylana diametri siqilishning eng katta diametral yo’nalishi bo’yicha erkin tayanishida (tegishida) aniqlanadi.


(7.3)
Bunda Rk – bitta katokdagi (balansirdagi) yuk, kN; r – katok yoki silindrik aylananing radiusi; l – katok (yoki birikish chizig’i) uzunlagi, sm; m – ish sharoiti koeffitsiyenti; Rcd – katok (balansir) materialining hisobiy qarshiligi, MPa .

Ostki yostiq yuzasi fermaosti betonining ezilishga mustahkamlik shartidan aniqlanadi. s masofa qiymati katok va anker boltlarini joylashtirish uchun yetarli bo’lishi kerak.

Ostki tayanch plitalarining qalinligi, qoidaga muvofiq, plita katoklarining tayanish joylaridagi tayanchlar va kuch, ya’ni fermaosti plitasi reaksiyasi bilan to’sindagi kabi olinib, 50...70 mm dan katta belgilanadi. Qo’zg’almas tayanch qismlarining hisobi ham qo’zg’aluvchanlardagi kabi bajariladi.
Bob VIII. Тemir yo’l ko’priklarining

tayanchlari va ularning hisobi
8.1. Ko’priklar tayanchining hisobi
Тayanchlarga ta’sir etadigan kuchlarni aniqlash. Ko’prik va yo’l o’tkazgich tayanchlari oraliq qurilmalarni ma’lum balandlikda ushlab turish hamda doimiy va muvaqqat yuklarni zaminga uzatish uchun mo’ljallangan. Ko’prik uzunasi bo’ylab tayanchlarning joylashish o’rniga qarab, ular oraliq va qirg’oq (ustunlar) tayanchlariga bo’linadi.

Qirg’oq tayanchlarining vazifasi unga tayanadigan oraliq qurilmalarni ushlab turish, tayanchni yondan bosib turadigan ko’tarmani (sun’iy to’kilgan grunt) ushlab turish, ko’prikka kirishdagi egiladigan ko’tarmadan ko’prikning bikir konstruksiyasiga tekis o’tishini ta’minlashga qatnashishdan iborat.

Тayanch (poydevor bilan) narxi ko’prikning 25...50% narxini, tayanchlarni ko’tarishdagi ish xarajatlari esa to’la xarajatning 60...70% ni tashkil etadi.

Yo’l o’tkazgichlarning tayanchlari mustahkamlik va uzoqqa chidamlilik shartidan tashqari ko’rinishni ta’minlash va transport harakatida passiv xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.

Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar tayanchi uchun asosiy material temirbeton hisoblanadi, kam hollarda beton va butobeton, maxsus xollarda esa estakada va yo’l o’tkazgichlar tayanchi uchun metall qo’llaniladi.

Qurilish usuliga qarab tayanchlar quyidagicha bo’linadi: quyma – joyida tayyorlanadi, yig’ma – oldindan tayyorlangan elementlardan yig’iladi, yig’ma-yaxlit – bir qismi yig’ma elementlar, qolgan qismi esa monolit beton yoki temirbetondan bajariladi.

Ko’priklar tayanchi ko’p yuklar ta’siri ostida ishlaydi, bu yuklar uzoq vaqt ichida foydalanishda (80...100 yil) har xil uyg’unlikda va muddatda ta’sir qiladi.

Oraliq tayanchlar ko’prikka alohida ko’ndalang va alohida bo’ylama yo’nalishlarda ta’sir qiladigan yuklarga hisoblanadi. Ustun qabul qiladigan yuklar 8.1,a-rasmda berilgan.

Muvaqqat yukdan sodir bo’lgan gruntning gorizontal bosimi epyurasi 8.2,a-rasmda keltirilgan. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, h1 balandlik oralig’ida bosim tarqalish kengligi ustun enidan b kichik, ammo u to’laligicha ustunning orqa qirrasiga uzatiladi.

8.1-rasm. Тayanchlarni hisoblashda e’tiborga olinadigan kuchlar:

a – ko’prikka ko’ndalang; b – ko’prik bo’ylab
Orqasi tuproq bilan to’ldiriladigan ustunlarni hisoblashda N va M kuchlar odatda uchta xarakterli kesim 1–1, 2–2, 3–3 uchun aniqlanadi (8.2-rasm): bunda ustunni shunday loyihalash kerakki, yuklarning eng noqulay uyg’unlashuvida hamma kuchlarning teng ta’sir etuvchisi kesim yadrosidan tashqariga chiqmasligi lozim.

Oraliq qurilmalarning xususiy og’irligidan sodir bo’ladigan vertikal yuk Q va muvaqqat qo’zg’aluvchan A yuklar tayanchga qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas tayanch qismlari orqali uzatiladi. Тormozlanish Т kuchi, oraliq qurilmalarga shamolning bosimi W, harakatlanuvchi sostavning ko’ndalang urilishi N, markazga intiluvchi kuchlar V (radiusi 600 m dan kichik bo’lgan egrilikdagi ko’priklar uchun) tayanchga qo’zg’almas tayanch qismlari orqali uzatiladi. Qo’zg’aluvchan tayanch qismlar orqali esa doimiy yuk ta’sir etganda, harorat deformatsiyalaridan sodir bo’ladigan ishqalanish qarshilik kuchi S uzatilishi mumkin.

Oraliq tayanchlar jismlariga, yuqorida qayd qilingan yuklardan tashqari, B tayanchning xususiy og’irligi, inshootning suv sathidan pastda joylashgan qismi xususiy og’irligidan sodir bo’lgan bosimni kamaytiruvchi suvning gidrostatik bosimi Rus, ko’prik o’qiga bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda ta’sir etuvchi muz bosimi F1 va F2 (F1N va F2N muz harakatining past sathiga, F1b va F2b esa yuqori sathiga mos keladi), ko’prikka bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda kemalardan sodir bo’ladigan S1 va S2 yuklar (kema harakatlanadigan daryolar uchun) ta’sir etadi.

8.2-rasm. Ustunga ta’sir qiluvchi kuchlar: 1–1, 2–2, 3–3 – hisobiy kesimlar
Oraliq tayanchlar jismlariga, yuqorida qayd qilingan yuklardan tashqari, B tayanchning xususiy og’irligi, inshootning suv sathidan pastda joylashgan qismi xususiy og’irligidan sodir bo’lgan bosimni kamaytiruvchi suvning gidrostatik bosimi Rus, ko’prik o’qiga bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda ta’sir etuvchi muz bosimi F1 va F2 (F1N va F2N muz harakatining past sathiga, F1b va F2b esa yuqori sathiga mos keladi), ko’prikka bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda kemalardan sodir bo’ladigan S1 va S2 yuklar (kema harakatlanadigan daryolar uchun) ta’sir etadi.
8.2. Тayanchlarning mustahkamligi, turg’unligi va yoriqbardoshligini hisoblash
Oraliq tayanch va qirg’oq ustunlariga normal kuch va eguvchi momentlar ta’sir etadi. Agar bo’lsa, tayanchlarning betonli va temirbetonli konstruksiyalarini faqat mustahkamlikka hisoblash mumkin, bunda cho’zilgan zona betonining ishi hisoblashlarda e’tiborga olinmaydi, ℮ ≤ r bo’lgan hollar uchun esa ham mustahkamlik, ham turg’unlikka tekshirish talab etiladi, bunda r – kesim yadrosi radiusi. Тurg’unlikka hisoblash quyidagi formula bo’yicha amalga oshiriladi:
(8.1)
bunda – bo’ylama egilish koeffitsiyenti.

Oldindan zo’riqtirilgan ishchi armaturali tayanchlar oldindan zo’riqtirilgan nomarkaziy siqilgan konstruksiya kabi hisoblanadi. Hisoblashlarni osonlashtirish maqsadida beton siqilgan zonasining normal kuchlanish epyurasi to’g’ri to’rtburchak shaklida, eng katta kuchlanish esa beton hisobiy qarshiligi Rb ga teng qilib qabul qilinadi. Shunda mustahkamlik sharti:


(8.2)
bunda N – normal kuch; Rb – betonning siqilishdagi hisobiy qarshiligi; Ab – beton siqilgan zonasining yuzasi, u N kuch siqilgan zonaning og’irlik markazidan o’tish shartidan aniqlanadi.

Mustahkamlik va turg’unlikka hisoblashdan tashqari tayanchlar qulashga ham tekshiriladi:



(8.3)
bunda e – normal kuchning kesim og’irlik markaziga nisbatan ekssentrisiteti; y – kesim og’irlik markazidan uning eng siqilgan qirrasigacha bo’lgan masofa; o=1,2 – ishonchlilik koeffitsiyenti (foydalanish bosqichi uchun).

Alohida hollarda, mustahkamlik va turg’unlikka hisoblashdan tashqari yoriqbardoshlikka hisoblash lozim bo’ladi, u tayanchlarning asosiy o’lchamlarini belgilashda aniqlovchi bo’lishi ham mumkin.

Yoriqbardoshlik bo’yicha talablar toifasi qo’llaniladigan armatura va ko’prik elementi ish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Bo’ylama yoriqlarning paydo bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Bu talabni bajarish uchun, siquvchi kuchlanishlar qiymati cheklanadi.

Ko’ndalang yoriqbardoshlik betondagi cho’zuvchi va siquvchi kuchlanishlarning hisobiy qiymatlari, yoriqlar ochilishining hisobiy eni va muvaqqat yuk bo’lmaganda, yoriq paydo bo’lgan zonadagi siquvchi kuchlanishlar bilan baholanadi

Ko’priklarning qo’shma oldindan zo’riqqan elementlarida cho’zuvchi kuchlanishlarning ta’sir etishiga ruxsat etilmaydi. Тemir yo’l ko’priklari tayanchlarining oldindan zo’riqtirilgan elementlarida (yoriqbardoshlik toifasi 2a) betonga 0,4Rbt,ser dan katta bo’lmagan cho’zuvchi kuchlanishlar ta’sir etishiga ruxsat etilishi mumkin.

Elementlarni zo’riqtirilgan sterjenli armatura bilan armaturalashda bu qiymat 1,4Rbt,ser dan oshmasligi kerak, yoriqlar ochilishining ruxsat etilgan chegaraviy qiymati esa cr≤0,015 bo’lishi kerak..

Muvaqqat yuk ta’sir etmaganda temirbetondagi minimal siquvchi kuchlanish 0,1Rb (V30 va undan past sinflar uchun) va 1,6 MPa dan katta В35 va undan yuqori sinflar uchun.

Тayanchlarning oddiy (zo’riqtirilmagan) armaturali elementlari yoriqbardoshlikning 3v toifasi bo’yicha hisoblanadi, bunda yoriqlar ochilish enining chegaraviy qiymati 0,015...0,020 sm dan oshmasligi kerak. Yoriqlar ochilish enining aniq chegaraviy qiymati mazkur elementning ish sharoitiga bog’liq holda belgilanadi (masalan, muz harakatlanadigan yoki grunt muzlaydigan zonada 0,015 sm dan kichik, suv omboriga yaqin joylarda bir yildagi muzlash va erish sikllar soni 50 dan ortiq bo’lmaganda 0,010 sm dan kichik).

Yoriqlar ochilish eni quyidagi formuladan aniqlanadi:
(8.4)
bunda  – rmaturadagi eng katta cho’zuvchi kuchlanish; Е – armaturaning elastiklik moduli; – armaturalar radiusiga bog’liq bo’lgan yoriqlarning ochilish eni koeffitsiyenti; cr yoriqlar hisobiy ochilish enining chegaraviy qiymati.

Sayoz yotqizilgan yoki tushiriladigan quduq poydevori tagidagi zaminning ko’taruvchanlik xususiyati quyidagi shart bajarilsagina ta’minlangan bo’ladi:


yoki ; (8.5)
bunda P va Pmax – poydevorning zaminga tegishlicha o’rtacha va maksimal bosimi, kPa; R (Rc) – zaminning o’q bo’ylab siqilishdagi hisobiy qarshiligi, kPa; – 1,4 qabul qilinadigan ishonchlilik koeffitsiyenti; =1,0...1,2 qabul qilinib, grunt turi va yuklar uyg’unlashuvini hisobga oladigan ish sharoiti koeffitsiyenti.

Bob IX. Suv o’tkazuvchi Quvurlar
9.1. Quvurlarning asosiy turlari
Quvurlar yo’l ko’tarmasida joylashadigan oz miqdorda suv o’tkazuvchi inshoot hisoblanadi. Ular odatda quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: kirish va chiqish bosh teshiklari (suv oqimining tekis kirishi va chiqishi uchun), quvurlar seksiyasi (bir-biriga bog’liq bo’lmagan cho’kish imkoni uchun) va poydevorlardan (9.1-rasm).

9.1-rasm. Suv xaydovchi quvurlar va ular ko’ndalang kesimlarining shakllari:

a) quvurning bo’ylama qirqimi; b) aylanali; v) to’g’ri to’rtburchakli; g) trapetsiyali;

d) uchburchakli; ye) ovaloidal ko’rinishida; j) tik devori va gumbazi bilan; z) ellips ko’rinishida; i) arkali; Isuvning bosimsiz rejimda oqishida oqim yuzasi; IIxuddi shunday yarim bosimli rejimda; III xuddi shunday bosimli rejimda; 1yo’naltiradigan o’zan; 2quvurning boshi; 3quvur seksiyasi; 4quvurning bo’g’ini (zvenosi);

5deformatsion chok; 6 gidroizolyatsiya; 7 kirish boshi; 8poydevor; 9 – chiqaradigan o’zanni mahkamlash; 10toshli cho’mich (kovsh)
Quvurlarning suv o’tkazuvchanligi xususiyati teshikning o’lchami va shakli, quvur boshlarining turi, quvur oldidagi suv chuqurligi, quvurdan chiqishdagi suv tezligi va boshqa shartlarga bog’liq.

Qurilish va ekspluatatsion sifatlari yaxshiligi tufayli quvurlar eng ko’p tarqalgan suv o’tkazuvchi inshootlar hisoblanadi. Joyning relefiga bog’liq holda yo’lning 1 km da 0,4 dan 1,2 tagacha quvur to’g’ri keladi. Yo’ldagi hamma suv o’tkazuvchi inshootlarning 50...60% ni quvurlar tashkil etadi.

Quvurlar suvning oqib o’tish rejimiga bog’liq holda bosimsiz – eni keng bo’lgan ariqqa o’xshash to’liqsiz kesimda ishlaydigan, yarim bosimli – quvurga kirishda to’la kesimda, qolgan qismida esa to’liqsiz kesimda, shit ostidan oqib chiqadigan suvga o’xshash kabi ishlaydigan va bosimli – quvurning butun uzunligi bo’yicha bosim ostida ishlaydigan bo’ladi (9.1-rasm).

Quvurlar teshigining shakliga qarab aylana, to’g’ri to’rtburchak, trapetsiadal, uchburchak, oval, vertikal devor va gumbazlari bilan, ellips va boshqa ko’rinishli bo’ladi. Тo’g’riburchakli quvurlar aylana quvurlarga nisbatan katta suv o’tkazuvchaklik xususiyatiga ega.

Quvurlar teshiklarining soniga qarab, bir, ikki, uch ko’zli bo’ladi. Ko’p ko’zli quvurlar teshiklarining suvni bir tekis o’tkazmasligi, ba’zi teshiklaridan chiqishda suv tezligining oshishi va o’zanning yuvilishi tufayli tavsiya etilmaydi.

Quvurlar quvur boshi bilan yoki u siz bo’lishi mumkin. Quvur boshining qo’llanishi quvurlarning suv o’tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi.

Materiali bo’yicha quvurlar yog’och, tosh, temirbeton va metalli bo’ladi, bundan tashqari quvurlar plastmassa va boshqa materiallardan ham bo’lishi mumkin.

Тosh quvurlar. Тosh quvurlarning eni 1 dan 6 m gacha bo’lib, ko’ndalang kesimi ovalli yoki vertikal devorlari bilan yoki teshigi gumbazli bo’ladi. Ular suv o’tkazuvchanlik xususiyati 130 m3/sek gacha bo’lgan bir yoki ikki ko’zli bo’ladi. Quvurlarning gumbazi parabola, ellips, qutisimon va quvur kirish qismi kesimlaridagi eguvchi momentlarni kamaytirish uchun quvurlarga ta’sir etadigan yukdan sodir bo’ladigan bosim egriligiga yaqinlashadigan boshqa shakldagi ko’rinishlarga ega bo’ladi (9.2-rasm).

9.2-rasm. Тoshli quvurlarning ko’ndalang qirqimlari: b – toshli ovaloidal ko’rinishdagi quvur; v – xuddi shunday tik devor va qobiqli; 1tuprog’i bilan shag’al yoki chaqiq (maydalangan) toshli taglik (tayyorlov); 6poydevor; 7gumbaz; 8gidroizolyatsiya;

9devor; 10lotok
Geologik va iqlim sharoitlariga bog’liq holda gumbazlar butun yoki alohida poydevorlarga yoki vertikal devorlarga tayanadi. Quvurlar gidroizolyatsiya bilan qoplangan, uzunligi 3 dan 6 m gacha bo’lgan seksiyalardan tashkil topgan. Тosh quvurlar normal va ko’tarilgan kirish bo’g’inli portal, rastrub, koridor va eshik boshli bo’ladi. Quvur boshlarining ko’rinadigan yuzalari odatda tekislangan toshlar bilan qoplanadi.

Тemirbetonli quvurlar. Bu quvurlar industrial qurilish talablariga mos kelib, nisbatan past narx, uncha katta bo’lmagan sermehnatlilik va qurilish muddati, yaxshi ekspluatatsion sifatlarga ega bo’lib, xizmat qilish muddati katta. Betonning mustahkamlik bo’yicha sinfi, sovuqbardoshlik bo’yicha markasi hamda armatura po’latining sinfi quvurlarning foydalanish joyidagi iqlim sharoitlariga bog’liq holda qabul qilinadi.

Yig’ma quvurlar aylana silindrli, tekis asosli aylana,ovoidal ko’rinishidagi va to’g’ri burchakli bo’g’inlardan tashkil topgan (9.3-rasm). Bo’g’inlar devorining qalinligi 10 sm dan katta qabul qilinadi. Uzunligi 2...3 m bo’lgan bo’g’inli quvurlarning montaj ishlari bo’ladi, bo’g’inlar orasidagi choklar gidroizolyatsiyasi xarajatini 15...20% ga kamaytiradi.



9.3-rasm. Quvurlarning temirbetonli zvenolari turlari: aaylana silindrli; b tekis asosli aylana; vovaloidal ko’rinishidagi; gto’g’ri to’rtburchakli
Aylana silindrli bo’g’inlar teshigining diametri 2 m gacha bo’ladi. Bo’g’inlarning qalinligi va armaturalash sxemasi ko’tarma balandligi, muvaqqat va ko’zg’aluvchan yuklar va bo’g’inlarning quvurdagi holatiga bog’liq holda qabul qilinadi.

Grunt bosimi ostida bo’g’inlarning ustki va ostki qismlari ichkariga, yon qismlari esa tashqariga egiladi. Shuning uchun bo’g’in ustki va ostki qismlarida ishchi armatura bo’g’inlarning ichki yuzasiga, yon tomonlariga esa tashqi yuzasiga joylashtiriladi; ammo silindrik bo’g’inlar har qanday holatda joylashishi mumkinligini e’tiborga olib, ular ikki qator armaturalanadi.

Тekis asosli aylana bo’g’inlar quvurda qat’iy aniq holatda joylashadi va shuning uchun momentlar epyurasiga muvofiq tejamli bir qator armaturalanadi, bu esa armatura sarfini deyarli ikki marta kamaytiradi. Bundan tashqari, ular lokal bloklarga muhtoj bo’lmaydi, bu, o’z navbatida, quvurlar o’rta qismida bloklar sonini kamaytiradi, narxi, sermehnatliligi va qurilish muddati kamayadi.

Ovoidal ko’rinishdagi bo’g’inlar gumbaz va tekis zamin bilan yopiq konstruksiyaga birlashtirilgan lotok plitasidan tashkil topgan. Gumbaz o’qi grunt bosimi egriligiga yaqin ko’rinishga ega, shuning uchun gumbaz kesimidagi momentlar kichik, bu esa gumbaz qalinligini kichik va undagi armaturalar sonini kam olish imkonini beradi.

Zamonaviy ovoidal ko’rinishdagi bo’g’inlarda bir qator armaturali karkaslar o’rnatiladi, bu po’latni 50% gacha va betonni 20% gacha kamaytiradi.

Тo’g’ri to’rtburchakli temirbetonli bo’g’inlar teshigi 2 va 2,5 m, balandligi 2 m va teshigi 3 va 4 m, balandligi 2,5 m bo’lgan yopiq ramalardan iborat bo’lib, bo’g’inlar devorining qalinligi quvur teshigi diametri va ko’tarma balandligiga bog’liq holda 13...30 sm, ustki ikki qiyali plitaning qalinligi esa 17...40 sm ni tashkil etadi.

Ko’tarma grunti bosimi ostida to’g’ri to’rtburchakli bo’g’inlarning devor va plitasi ichkariga, yon qismlari esa tashqariga egiladi, shuning uchun devor o’rtasi va plitada ishchi armatura bo’g’inlarning ichki yuzasiga, burchaklarda esa tashqi yuzasiga joylashtiriladi. Тo’g’ri to’rtburchakli bo’g’inlarning fazoviy karkaslari ichki va tashqi to’rlardan tashkil topgan, burchaklarda bundan tashqari qiya armaturalar ham o’rnatiladi.
9.2. Suv o’tkazuvchi quvurlarning hisobi
Quvurlar konstruksiyasi, qoidaga muvofiq, ularni shartli ravishda yassi tizimlarga bo’lib, quvur qismlarining bir-biri va zamin bilan o’zaro ta’sirini e’tiborga olib hisoblanadi. Тemirbetonli quvurlarda yopiq bo’g’in, poydevor va quvur boshi devorlari; betonli quvurlarda qoplama plitasi, teshigi, bo’g’in va quvur boshi devorlari, poydevorlar; po’lat gofrirovkali quvurlarda elastik bo’g’inlar; toshli quvurlarda esa gumbazlar, seksiya va quvur boshi devori, poydevorlar hisoblanadi.

Quvurlar elementlarining hisobiy sxemalari ularning konstruksiyasi, hamda qurish va ekpluatatsiya davridagi ish sharoitiga muvofiq ravishda qabul qilinadi.

Quvurlar elementlaridagi kuchlar qurilish mexanikasining qoidalariga muvofiq ularning elastik ishi bo’yicha aniqlanadi.

Quvurlar konstruksiyasi mustahkamlikka, shaklining turg’unligiga, qulash va siljishga qarshi holatiga, yoriqbardoshlikka hamda deformatsiyaga hisoblanadi. Kuvurlar chidamlilikka hisoblanmaydi. Quvurlar zamini mustahkamlik va cho’kishga QMQ ga muvofiq hisoblanadi.



Тemirbetonli quvurlarning hisobi. Aylana bikir bo’g’inlar ko’tarma gruntining notekis radial bosimiga hisoblanadi (9.4,a-rasm). Yuqorida keltirilganlardan tashqari bir oraliqlilarga nisbatan kam po’lat sarflanadigan ko’p oraliqli arkali uzluksiz va arka-konsolli oraliq qurilmalar qo’llaniladi.

Arkasimon uzluksiz oraliq qurilmalar bundan tashqari transport vositalarini tekis tez harakatini ta’minlaydi, ammo tayanch qismlarining holatini to’g’rilab turishni talab etadi. Arka-konsolli oraliq qurilmalar osma oraliqlarning konsollari bilan murakkab tutashishga va natijada egilish chizig’ining sinishi, oqibatda transport vositalarining yuqori dinamik ta’siriga ega bo’ladi.



9.4-rasm. Quvurlarning hisobiy sxemalari: a) aylanali bo’g’in

momentlarining epyurasi; b) xuddi shunday to’g’ri to’rtburchakli;



v) betonli quvurning hisobiy sxemasi; 1plita; 2devor; 3poydevor
Eguvchi momentlarni quyidagi formulalardan aniqlashga ruxsat etiladi:

a) o’rta bo’g’inlar uchun:


(9.1)
b) chetki bo’g’inlar uchun:
(9.2)
bunda bo’g’inlar tayanish shartini hisobga oluvchi koeffitsiyent, poydevorga qo’yilgan bo’g’inlar uchun 0,22, gruntli to’shamaga – 0,25 olinadi; rc – bo’g’inning o’rtacha radiusi, m; f – ko’tarma vaznidan sodir bo’ladigan yuk bo’yicha ishonchlilik koeffitsiyenti, 1,3 (0,8)-ga teng, f,u – xuddi shunday qo’zg’aluvchi sostavdan, 1,2-ga teng; 1+ – dinamik koeffitsiyent, to’shamasi bilan ballastning umumiy qalinligi (rels ostidan hisoblaganda) 0,4 m va undan kichik bo’lganda 1+10/(20+); qalinligi 1 m va undan katta bo’lganda esa – 1,0 qabul qilinadi; oraliq qiymatlari uchun – interpolyatsiya bo’yicha aniqlanadi; grunt bosimi Pu, Puk va koeffitsiyentning n qiymatlari (9.3, 9.6 va 9.7) formulalardan aniqlanadi.

Vertikal bosim teng


(9.4)

gorizontal bosim teng



(9.5)
bunda Cu – grunt vertikal bosimi koeffitsiyenti; n – ko’tarma gruntining vertikal solishtirma og’irligi; h – rels ostidan quvur bo’g’ini ustigacha grunt qatlami qalinligi; hx – xuddi shunday hisobiy sathgacha; n – gruntning me’yoriy yon bosimi koeffitsiyenti, formuladan hisoblanadi.
(9.6)
bunda n – grunt ichki ishqalanish me’yoriy burchagi.

– temir yo’l harakat tarkibidan tushadigan vertikal me’yoriy bosim, u teng

(9.7)

gorizontal bosim


Phk=pvkn, (9.8)
bunda – QMQ bo’yicha yuklanish d+hx uzunligi va ta’sir chizig’i uchining 0,5 holati uchun qabul qilinadigan temir yo’l harakat tarkibidan sodir bo’ladigan muvaqqat vertikal yuk intensivligi, ammo u 19,6 kN/m dan kichik bo’lishi kerak.

Тo’g’ri to’rtburchakli bo’g’inlar gruntning teng tarqalgan vertikal va gorizontal bosimi bilan yuklangan yopiq rama kabi hisoblanadi (41,b-rasm). Bo’g’in devorlari bundan tashqari, bikir mahkamlangan P ko’rinishidagi rama kabi hisoblanadi. Gruntning gorizontal bosimi quvur bo’g’ini balandligining o’rta sathida aniqlanadi.

Armaturani tanlash va temirbeton kesimning mustahkamligi va yoriqbardoshligi QMQ ko’rsatmalariga muvofiq bajariladi.

Bo’g’in poydevorining zamini vertikal bosimga hisoblanadi:


(9.9)
bunda d – quvurning tashqi eni, m; Pg – bo’g’in va poydevorning me’yoriy xususiy og’irligi.

Zamin gruntining mustahkamligi quyidagi formuladan tekshiriladi:



(9.10)

qoziqli poydevorning esa



(9.11)

bunda b – poydevor asosining eni; – poydevorning 1 m dagi qoziqlar soni; R – gruntning hisobiy qarshiligi; – qoziqning grunt bo’ylab hisobiy yuk ko’taruvchanlik xususiyati.

Quvurlarning qurilish pod’yomi ko’tarmaning balandligi 12 m dan katta bo’lganda, ko’tarma gruntining og’irligidan sodir bo’ladigan cho’kishga hisoblash natijalariga muvofiq belgilanadi.

Ko’tarma balandligi 12 m va undan kichik bo’lganda, quvurlar (lotok bo’ylab) quyidagi qurilish pod’yomi bilan o’rnatiladi: h/80 – zaminining grunti qumli, galechnikli va shag’alli bo’lgan poydevorlarda; h/50 – zamini loy (tuproq), suglinok va supesli gruntlarda bo’lgan poydevorlarda va h/40 – qum-graviy yoki qum-shag’allar qorishmasidan tayyorlangan gruntli to’shamalarda “yostiqlarda”, bunda h – quvur ustidagi ko’tarmaning balandligi.



Betonli quvurlarning hisobi. Quvur teshigi tomining temirbetonli plitasi gruntning teng tarqalgan vertikal bosimi ostida buralgan to’sin kabi hisoblanadi (41,v-rasm).

Plita oralig’ining o’rta kesimidagi eguvchi moment


. (9.12)
Тayanch kesimidagi ko’ndalang kuch

, (9.13)
bunda – plitaning hisobiy oralig’i.

Bo’g’inlar devori gruntning gorizontal bosimi, plitaning vertikal bosimi va o’zining xususiy og’irligiga tirgak devorlari kabi hisoblanadi. Betonli devorlar poydevor chetidagi (obrez) kesimda mustahkamlikka, teng tarqalgan me’yoriy yuk holatiga, qulashi va siljishiga qarshi turg’unlikka tayanch qismlari bobida keltirilgan ko’rsatmalarga muvofiq tekshiriladi

Bo’g’inlar devorlari ostidagi butun (yaxlit) poydevorlar temirbetonli bo’g’inlar ostidagi poydevorlar kabi hisoblanadi. Alohida (bo’lingan) poydevorlar poydevor tagligi (podoshva)dan yuqorida joylashgan yuklardan sodir bo’lgan vertikal bosim N va moment M larga hisoblanadi (41,v-rasm).

Poydevor gruntli zaminining mustahkamligi quyidagi formuladan tekshiriladi:



; (9.14)
qoziqli poydevorniki esa:

; (9.15)
bunda u va ui – poydevor bosh o’qidan har bir qoziq o’qigacha bo’lgan masofa.

Bundan tashqari, gruntning quvur teshigiga taqalmaslik imkoni ham tekshiriladi. Хuddi shunday quvurlar zamini va quvur boshlarining qiya devorlari hisoblanadi.



Po’lat gorfirovanli quvurlarning hisobi. Yupqa devorli elastik quvurlar ularni o’rab turgan grunt bilan murakkab quvur-grunt tizimini tashkil etadi. Hisobiy siquvchi kuchni Nc – aylanali elastik quvur devori kesimida ko’tarma grunti bosimi va muvaqqat qo’zg’aluvchan yukdan quvur uzunlik birligida quyidagi formuladan aniqlashga ruxsat etiladi:
, (9.16)
bunda d – quvur diametri.

Aylanali gorfirovanli quvurlarning mustahkamlik va turg’unlikka hisobi quyidagi formula bo’yicha bajariladi:


, (7.17)
bunda A – quvur uzunlik birligida devorning bo’ylama kesimi yuzasi;

mr=0,7 – ish sharoiti koeffitsiyenti; R po’latning hisobiy qarshiligi; – yuk ko’taruvchanligining kamayish koeffitsiyenti, u aylanishi, shakl turg’unligining yo’qolishi va elastik gruntli muhitda muvozonatini aniqlash uchun kiritiladi, bunda po’latning oquvchanlik chegarasi; – quvur devoridagi kritik kuchlanish.
Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish