O’rta bo’g’in rahbarlari (boshqaruv bosqichiga ko’ra quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtiradi va nazorat qiladi). Keyingi davrlarda o’rta bo’g’in boshqaruvchilari soni va ahamiyati ortdi. O’rta bo’g’in raxbarlarining eng yorqin namoyondalari - bo’lim boshliqlari (biznesda), dekan, mintaqa bo’yicha savdo bo’limi boshqaruvchisi, shohobcha (tarmoq) direktori, tsex boshlig’i va h.k. Armiyada leytenantdan boshlab polkovnikkacha bo’lgan zobitlar o’z qismlarida o’rta bo’g’in rahbarlaridir. O’rta bo’g’in rahbarlarining faoliyati ham juda turli-tuman. Bazi tashkilotlarda o’rta bo’g’in rahbarlariga katta vakolatlar berilib, natijada ularning faoliyati muammolarni aniqlash, ijodiy tavsiyalar ishlash, boshqaruv qarorlari qabul qilish kabi vazifalarni hal etuvchi oliy bo’g’in rahbarlari faoliyatiga o’xshab ketadi. Masalan, sanoat korxonasidagi ishlab chiqarish bo’limi. Rahbar faoliyati quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtirish va boshqarish, maxsulot ishlab chiqarish to’g’risidagi malumotlarni tahlil etish, muhandis va boshqa
yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi bo’linmalar rahbarlari bilan o’zaro aloqada bo’lishdan iboratdir. O’rta bo’g’in raxbarlari oliy va quyi bo’g’in rahbarlari o’rtasida vositachi sifatida amal
qiladilar. Ular oliy bo’g’in rahbarlari boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun axborot tayyorlaydilar. o’rta bo’g’in rahbarlari ish vaqtining katta qismi barcha bo’g’in rahbarlari bilan muloqotda bo’lishga sarflanadi.
Yuqori bo’g’in rahbarlari — oliy tashkiliy (institutsional) daraja vakillari. Ular uncha ko’p emas, hatto yirik korxonalarda ham bir necha kishidan iborat bo’ladi. Yuqori bo’g’in rahbarlari bo’lib, biznesda-direktorlar kengashining raisi, korporatsiya prezidenti, vitse-prezident, armiyada - general, davlat arboblaridan — vazir, oliy o’quv yurtida — rektor.
Institutsional darajadagi rahbarlar faoliyati asosan uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarni ishlash, maqsadlarni belgilashdan iborat. Tashkilotni muhit o’zgarishga moslashtirish. Tashkilot va tashqi muxit, jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni boshqarishdan iboratdir. Ular tashkilot uchun muhim qarorlarni qabul qilishda masuldirlar. Yuqori bo’g’indagi kuchli rahbarlar butun tashkilot faoliyatiga tasir etadi. Muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi yuqori bo’g’in rahbarlari juda qadrlanadi va ular mehnatiga yuqori haq to’lanadi. Lekin ular lavozimning o’z qiyinchiliklari ham mavjud — yuqor bo’g’in rahbarlari kun davomida juda katta surat va hajmda ish bajaradilar, buning asosiy sababi - ular faoliyati aniq bir vaqt bilan chegaralanmaydi. Odatda bunday rahbarning ish haftasi 60-80 soatga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |